Antropotexnika usuli - odamni fizik imkoniyatlariga mos
yangi buyumlami loyihalash usulidir. Hattoki avangard modellarida
ham odam tana proporsiyalari, buyumning qulayligi inobatga
olinishi kerak. Masalan, cho‘ntaklami joylanishi foydalanishga
qulay bo'lishi kerak, sumkaning taqilmasi bir qo‘l bilan ochilishi
kerak.
Empatiya usuli loyihalayotgan buyumni “roliga kirish”. Bu
usul bilan teatr aktyorlari foydalanadi. Masalan, shahar transportida
yurish uchun kiyim yaratish. Dizayner bu buyum “roliga kirib”, uni
nuqtayi nazaridan an’anaviy yechimlarini tahlil etadi. Demak,
gazlamasi silliq bo‘lishi kerak, osilgan detallari boMmasligi kerak
va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |