1.Butan va siklobutanlarni laboratoriyada olinish usulini tavsiya eting.
2.O’zgarishlarni amalga oshiring.
CH
4
——
? ——
C
2
H
6
Variant B.
Propan olishning 2 ta usulining reaksiya tenglamalarini yozing.
O’E - 6.3. Yonish mahsulotlari bo’yicha kimyoviy formulalarni keltirib
chiqarishga oid masalalar yechish.
Yonish mahsulotlari bo’yicha modda formulasini chiqarishga oid masala
yechish algoritmi.
1.Nisbiy zichlikdan foydalanib, moddaning nisbiy molekulyar massasini
toping. Buning uchun moddaning nisbiy zichligini taqqoslanayotgan gazning
nisbiy molekulyar massasiga ko’paytiring.
2.Dastlabki modda tarkibidagi uglerodning massasini CO2 ning massasi yoki
hajmi bo’yicha toping( dastlabki hajmdagi, dastlabki modda miqdoridagi).
3.Dastlabki modda tarkibidagi (dastlabki hajmdagi, dastlabki modda
miqdoridagi) vodorod massasini hosil bo’lgan suvning massasi bo’yicha toping.
4.Berilgan modda namunasi o’zida kislorodni tutadimi, shuni aniqlang.
Buning uchun uglerod va vodorodning massalarini qo’shing. Modda massasi bilan
uglerod va vodorod massalarining farqidan siz namunadagi kislorod massasini
topasiz.
5.Sizga ma’lum bo’lgan algoritm bo’yicha moddaning eng oddiy formulasini
toping.
6
.Moddaning eng oddiy formulasining nisbiy molekulyar massasini
taqqoslang. Moddaning molekulyar oddiy formulasining molekulyar massasiga
bo’ling. Hosil bo’lgan natijani oddiy modda formulasidagi indekslariga
ko’paytiring.
Masala:
6
gr organik moddani yoqqanda 17,6 g CO2 va
10,8
g suv hosil bo’ldi.
Vodorod bo’yicha moddaning zichligi 15 ga teng. Modda formulasini aniqlang.
Yechilishi:
1. Moddani nisbiy molekulyar massasini topamiz.
M 1(modda) = D Vodorod • M (H2 ) =
30
41
2. 17,6 g CO2 da uglerodning massasini topamiz:
M2(CO2) =44; Ar (C) =12
44 gr CO2 da -
12 gr C bo’lsa,
17,6 gr CO2 da - X gr C bo’ladi.
X=4,8 gr.
3. 10,8 gr suvdagi vodorodning massasini topamiz.
M ( H2O ) = 18
Mr (H2) =1
18 gr suvda -
2
gr vodorod bor,
10,8 gr suvda - X gr vodorod bo’ladi
X=1,2 gr.
4. Dastlabki moddada kislorod bor yoki yo’qligini aniqlaymiz.
m(O) = m(namuna)-m(C+H);
m(O)=6-(4,8+1,2)=0
5. Moddaning eng oddiy formulasini chiqaramiz.
C:H=4,8/12:1,2/1=0,4:1,2=1:3
Oddiy formula CH
3
6
. Moddaning haqiqiy formulasini topamiz.
7. Mr(CH3)=15;
Mr(modda)=30;
30\15=2
Oddiy formuladagi indekslarni 2 ga ko’paytiramiz, shu sababli modda
formulasi C2H6 bo’ladi.
Javob: modda formulasi
-
C2H6
Mustaqil ish.
28 betdagi
20
masalani yeching.
Endi bu mavzuni o’rganishdagi bilimlarni umumlashtiramiz. Buning uchun
jadvalni to’ldramiz. To’ldirishda ko’rsatilgan xarakteristikalarga e’tibor beriladi.
Agar uglevodorod reaksiyaga kirishmasa mos ravishda shu grafaga chiziqcha
qo’yiladi. Agar kirishsa mos ravishda reaksiya tenglamasini yozing. Darslik yoki
daftarga qaramang. Chunki bu o’z-o’zini nazorat qilishdir. Bu siz uchun foydadan
holi emas, real bilim va ko’nikmalaringizni o’zingiz baholay olasiz, keyinchalik
nazorat ishlariga yaxshi tayyorlanishingiz imkonini beradi.
42