O’E-4.3. Parchalanish reaksiyalari.
Alkanlarni yuqori temperaturagacha qizdirganda C-C bog’ida uzilish sodir
bo’ladi. Natijada to’yingan va to’yinmagan uglevodorodlar hosil bo’ladi.
Parchalanish reaksiyalari (uglevodorodlarning) kreking deb ataladi. Uzilishning
yo’nalishini aniqlash murakkab masaladir.Masalan, metan nikel katalizatori
ishtirokida uglerod va vodorodga parchalanadi.
CH4^ C +2H 2
Juda yuqori (15000C ) temperaturada atsetilen hosil bo’ladi.
2CH4^ C 2H2+3H2
Butan parchalanganda etan va etilen hosil qiladi.
C4H10^C2H6+C2H4
Mustaqil ravishda dekanning parchalanish reaksiyasini yozing. Parchalanish
o’rtadan ketishini hisobga oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |