Urganch davlat universiteti tabiatshunoslik va geografiya fakulteti «u m u m iy k im y o» k a fe d r a si


  O’qitishni differensiallash va individuallashtirish



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/53
Sana30.12.2021
Hajmi0,7 Mb.
#94395
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
Bog'liq
Urganch davlat universiteti tabiatshunoslik va geografiya fakult

1.2.  O’qitishni differensiallash va individuallashtirish

G.K.Selevko  tadqiqotlarida  o’qitishni 

differensiallash(tabaqalashtirish) 

o’quv jarayonini tashkil etish shakli  sifatida izohlanadi,  o’zida bilim darajasi bir xil 

bo’lgan,  u  yoki  bu  jihatdan  o’quv  jarayonida  umumiy  sifatlarga  ega  bo’lgan 

o’quvchilar  guruhi  bilan  o’qituvchi  ishlaydi.  O’qitishni  differensiallash  o’quv 

jarayonidagi 

ta’liim 


oluvchilarning 

turli 


guruhlarini 

ixtisoslashtirilishini 

ta’minlaydigan  umumiy  didaktikaning  bir  qismi  sifatida  ham  belgilanadi[

6

]. 



O’qitish  tizimining  qurama  texnologiyasi  (N.P.  Guzik)  [7].«O’qitish  tizimining 

qurama  texnologiyasi»  saviyasiga  va  darslarda  mavzu  bo’yicha  davriylikni 

rivojlantirishga  ko’ra  sinf  ichidagi  o’qitishning  differensiallashi  deb  qaraladi. 

Darslar har bir mavzu bo’yicha ketma-ket joylashgan besh tipdan iborat bo’ladi:

1

) mavzuni umumiy tahlil qiluvchi darslar (ular leksiyalar deb yuritiladi);



2

)  ta’lim  oluvchilarning  mustaqil  ishlari  jarayonida  o’quv  materialining 

chuqurlashtirib  ishlab  chiqishini  ko’zda  tutgan,  tuzilgan  seminar  mashg’ulotlari 

(bunday darslar uchtadan beshtagacha bo’lishi mumkin);

3)  bilimlarni  umumlashtirish  va  tartibga  tushirish  (gurahlash)  darslari 

(mavzular bo’yicha sinovlar);

14



4)  fanlararo  materiallarni  umumlashtirish  (mavzular  bo’yicha  vazifalarni 

himoya qilish);

5) dars-praktikumlar.

Keyingi 


bosqichda 

o’qituvchi 

o’quvchilarning 

saviyalariga 

ko’ra 

differensiallashtirish  ishlarini  tashkil  etadi.  Bu  ish  yangi  materialni  berish,  uni 



mustahkamlash va takrorlash, bilim,  malaka va ko’nikmalarni  nazorat qilish orqali 

amalga oshiriladi.

Bu 

texnologiyada 



uchta 

differensiallashtirishning 

turli 

darajadagi 



qiyinchiliklari:  «A»,«B»,«C» dasturlari ajralib turadi.

Dasturlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:

• muayyan darajadagi bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashni ta ‘minlaydi;

•  ta’lim  oluvchilarning  ma  ‘lum  darajadagi  mustaqilligini  ta’minlaydi;  «C» 

dasturi tayanch standart sifatida qayd qilinadi.  Uni bajarish orqali ta’lim oluvchilar 

fan  bo’yicha  o’quv  materialini,  uni  qayta  tiklay  olish  darajasida  o’zlashtiradilar. 

«C»  dasturi  vazifalarini  nisbatan  qiyin  dasturga  o’tmasdan  oldin  har  bir  o’quvchi 

bajara olishi lozim.

«B»  dasturi mavzuni  qo’llash bilan bog’liq masalalarni  yechish uchun zarur 

bo’lgan  o’quv  va  aqliy  faoliyatining  umumiy  va  o’ziga  xos  usullari  bilan  birga 

egallashni  ta’minlaydi.  Ushbu  dasturga  kiritiladigan  qo’shimcha  ma’Iumotlar 

birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi,  asosiy bilimlarni isbotlaydi,  namoyish 

etadi  va  oydinlashtiradi  hamda  tushunchalarning  amal  qilish  va  qo’llanishini 

ko’rsatib turadi.

«А»  dasturi  o’quvchilarning bilimlarini  to’la  anglash,  ijodiy  qo’llash  darajasiga 

ko’taradi.  Bu  dasturda  ijodiy  qo’llash  istiqboli  tobora  takomillashib  boruvchi 

ma’lumotlar, 

chuqurlashtiriladigan 

materiallar, 

hamda 


uning 

mantiqiy 

asoslanganligi joylashtirilgan.

Materiallarni  takrorlashda  turli  darajadagi  vazifalarni  erkin  tiklash 

metodikasi qo’llanadi.

Differensiallashtirilgan  vazifalarni  nazorat  qilishda  individuallikka  o’tiladi 

va u chuqurlashtiriladi.

15



Differensial o’qitish ta’lim texnologiyasi o’quvchilarning muayyan hajmdagi 

o’quv  materialini  berilgan  vaqt  oralig’da  o’zlashtirib  olishda  qancha  vaqt 

sarflashiga  qarab  differensial  guruhlarga  ajratishga  asoslanadi.  Agarda  har  bir 

o’quvchi  o’z  qobiliyati  va  imkoniyatlariga  muvofiq  o’rganilishi  lozim  bo’lgan 

materialni  samarali  o’zlashtirishlari  uchun  yetarlicha  vaqtga  ega  bo’lsa 

umumta’lim,  o’rta  maxsus  va  kasb-hunar  ta’limi  dasturini  to’la  ozlashtirishlari 

kafolatlanadi.

Pedagogik  adabiyotlarda  bir-biriga  yaqin  bo’lgan  ichki  va  tashqi 

differensiallash atamalari uchraydi.

Tashqi  differensiallashda  o’quv  jarayonini 

o’quvchilarning 

shaxsiy 


xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  maxsus  differensial  guruhlarga  birlashtirgan 

holda  tashkil  etish  ko’zda  tutiladi.  M a’lumki  rivojlanish  sur’ati  tez,  o’zlashtirish 

darajasi yuqoriroq bo’lgan o’quvchilarda ijobiy sifatlar o’z tengdoshlariga nisbatan 

ertaroq shakllanadi.  Ularning fikrlash doirasi kengroq bo’lganligi bois ular turlicha 

bilim  darajadagi  o’quvchilar  o’qiydigan  sinflarda  o’qish  toliqtiradi,  o’qishga 

bo’lgan  qiziqishi  va ruhiy jihatdan rivojlanish  sur’atini  pasayishiga  sabab  bo’ladi. 

Bunday  o’quvchilar  uchun  qulay  o’quv  sharoitini  faqat  maxsus  sinflarda  o’qish, 

undan  ham  yaxshirog’i  muayyan  o’quv  predmetlarini  qiyinlashtirilgan  va 

chuqurlashtirgan  o’quv  dasturi  bo’yicha  o’qitiladigan  maktablarda  yaratish 

mumkin.  Muayyan  predmetlarni  chuqurlashtirilgan  holda  o’qitiladigan  sinflarga 

ega  bo’lmagan  maktablarda  tashqi  differensiallash  u  yoki  bu  fakultativni 

o’quvchilar tomonidan ixtiyiriy tanlashi orqali amalga oshiriladi.

O’qitishni individuallashtirish texnologiyasi

Inge Unt, A.S.  Graniskaya,  V.D.  Shadrikov tadqiqotlarida individual o’qitish 

o’quv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi[8,9].

Unda:


• pedagog faqat birgina talaba bilan o’zaro munosabatda bo’ladi;

• bir talaba faqat o’qitish vositalari (kitoblar, kompyuter va b.) bilan 

o’zaro aloqada bo’ladi.

16



Individual  o’qitishda  faoliyatning  mazmuni,  metodlari  va  sur’ati  talabaning 

xususiyatlariga moslashtiriladi.

Shaxsiy yondoshish deganda:

•  pedagogikaning  tamoyili  bo’lib,  unga  ko’ra  pedagog  o’quv  —  tarbiya 

ishlari  jarayonida  talabalarning  shaxsiy  xislatlarini  hisobga  olgan  holda  ayrim 

talabalar  bilan  individual  model  bo’yicha  o’zaro  munosabatda  bo’lish  hamda 

individual xususiyatlarga asoslanish;

• o’quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish;

•  barcha  talabalarning  rivojlanishigina  emas,  balki  har  bir  talabaga  alohida 

rivojlanish uchun psixologik—pedagogik tadbirlaryaratish tushuniladi.

O’qitishni individuallashtirish;

• o’quv jarayonini tashkil etish bo’lib, unda o’qitish usullari,  sur’atini tanlash 

talabaning individual xususiyatlari bilan bog’lanadi;

•  individual  yondashuvni  ta‘minlovchi  turli  o’quv-metodik,  psixologik- 

pedagogik va tashkiliy-ma  ‘muriy tadbirlardir.

Shunday  qilib,  didaktika  bo’yicha  amalga  oshirilgan  tadqiqotlarga  ko’ra 

o’qitishni  individuallashtirish  o’quv jarayonining  shunday tashkil  qilinishiki,  unda 

individual  yondashuv  va  individual  shakl  ustuvor  hisoblanadi.  O’qitishni 

individuallashtirish quyidagi mualliflik texnalogiyalarida asoslab 

berildi:


• Inge Untning o’qitishni individuallashtirish texnologiyasi;

• A.S.  Granitskayaning moslashuvchan o’qitish texnologiyasi;

•  V.D.  Shadrikovning  individuallikka  qaratilgan  reja  asosida  o’qitish 

texnologiyasi.

Inge  Untning  o’qitishni  individuallashtirish  texnalogiyasidagi  asosiy 

konsepsiya  hozirgi  sharoitda  o’qitishni  individuallashtirishning  muhim  shakli 

o’quvchilarning  maktabdagi  va uydagi  mustaqil  ishlari  deb  qoidalashtirilgan.  Inge 

Unt  uning  mazmuni  va  metodikasi  deb  mustaqil  ishlar  uchun  individual  o’quv 

vazifalari, joriy  o’quv  adabiyotiga  moslashtirilgan,  individuallashtirilgan  mustaqil 

ishlar qo’llanmasi asosida nashr etilgan ish daftarlarini tushunadi.

17



A.S.Granitskaya o’zining  moslashuvchan o’qitish tizimini  sinf-dars tizimida 

tashkil  etish  va  unda  o’qituvchi  60-80%  vaqtini  o’quvchilar  bilan  individual 

ishlashga  ajratish  mumkinligini  qayd  qiladi.  A.S.Granitskaya  metodikasining 

o’ziga xosligi uning darsni muayyan g’ayriodatiy qurilma asosida tashkil etishidir:

• Birinchi qism -  barchani o’qitish;

•  Ikkinchi  qism  -   ikki  parallel jarayon:  o’quvchilarning  mustaqil  ishlari  va 

o’qituvchining  ayrim  o’quvchilar bilan individual  ishlashi,  ya’ni  umumlashtirilgan 

sxemalardan  foydalanish,  almashinib  turuvchijufi  o’qituvchi  bo’lib  ishlash, 

moslashuvchan ko’p qirrali vazifalar va b.

V.D.Shadrikov  gipotezasiga  ko’ra  agar  bolaga  murakkablashib  boruvchi 

vazifalarning  tafsiloti  berilsa,  unga  o’rganish  jarayonini  motivasiyalash  taklif 

etilsa,  lekin  bolaga  shu  bugun  uning  uchun  mumkin  va  qulay  ishlash  imkoniyati 

qoldirilsa,  o’quvchilar  qobiliyati  samarali  rivojlanadi  deb  hisoblanadi[5]. 

V.D.Shadrikov  metodikasi  asosini  har  bir  o’quvchining  qobiliyatiga  qarab 

o’qitishga  imkon  beradigan  olti  darajadagi  o’quv  rejasi,  dastur  va  metodik 

qo’llanma tashkil  etadi.  Hag bir fanning murakkablik darajasiga ko’ra kuchi  etgan 

variantni  tanlab  olib,  o’quvchilar  sinfda  tez-tez  almashib  turadi  va  fanning  hajmi 

va  mazmunini  qo’ldan  chiqarmay  birgalikda  o’quv  dasturini  o’zlashtirishga 

harakat  qiladilar.  Murakkablik  darajasini  tanlash  tezlikda  amalga  oshiriladi  va 

«ba’zan»  uni  amalga  oshirib  bo’lmaydi.  Chunki  u  sinfdagi  o’quvchilarning 

tenglashish,  qobiliyati  holatiga  bog’liq  bo’ladi.  Murakkablikning  olti  darajasi 

amalda  barcha  bolalarga  e’tibor  berishga,  barchaning  kuchi  etadigan  hamda 

o’quvchining  qobiliyatiga,  uning  rivojlanishiga  moslangan,  o’quv  jarayonini 

tashkil  etishga  imkon  beradi:Bu  o’qitishni  individuallashtirish  mualliflik 

texnologiyasi negizida umumiy tamoyillar mavjud:

• individuallashtirish o’qitish jarayoni strategiyasidir;

• individuallashtirish -  individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;

•barcha 


o’rganiladigan 

fanlarda 

individuallashtirilgan 

o’qitishdan

foydalanishning mumkinligi;

18



•individual 

ishlarni 

o’quv 

faoliyatining 



boshqa 

shakllari 

bilan 

integrasiyalash;



• individual suratda, uslubda o’rganish.

Individuallashtirish  texnologiyasining  umumiy  xususiyatlariga  quyidagilar

kiradi;

• o’zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish;

•  fikrlash  jarayonida  bilim,  malaka,  ko’nikmalarni  egallash  asnosida 

individual kamchiliklarni tuzata olish usullari;

•  oila  tarbiyasidagi  motivasiyaning  bo’linmasligi  hamda  iroda  sustligi 

kamchiliklarini qayd qilish va enga olish;

•  qobiliyatli  va  iste’dodli  o’quvchilarga  nisbatan  o’quv  jarayonini 

optimallashtirish (ijodiy faoliyat,  sinfva sinfdan tashqari ishlarni hisobga olish);

• o’qitish jarayonini tanlash erkinligini berish;

• umumiy o’quv malakalari va ko’nikmalarini shakllantirish;

• o’quvchilarning o’z-o’ziga mos baho bera olishini shakllantirish;

• (o’qitishning texnik vositalaridan,  shuningdek, EHMdan foydalanish.

O’qitishni individuallashtirish texnologiyasiga quyidagilar kiradi:

Batov  tizimi.  AQSHda  ishlab  chiqilgan  bu  tizimda  o’quv  jarayoni  ikki 

qismga bo’linadi:

Birinchi qism- butunicha sinf ishi.

Ikkinchi qism- individual mashg’ulotlar.

Bunday  mashg’ulotlar  unga  zaruriyat  sezgan  o’quvchilar  bilan  yo  umum 

tomonidan  qabul  qilingan  me’yorlardan  orqada  qolmaslik  yoki  nisbatan 

rivojlangan  qobiliyatlari  bilan  ajralib  turganlar  bilan  bir  qatorda  bo’lishini 

ta’minlash  maqsadida  o’tkaziladi.Yuqori  qobiliyatli  kategoriya  o’quvchilar  bilan 

o’qituvchi,  nisbatan  kamroq  qobiliyatli  va  qoloq  o’quvchilar  bilan  o’qituvchi 

yordamchisi shug’ullanadi.

Tramp  rejasi  -  bu  texnologiya  AQSHda  juda  mashhur.  Bu  o’qitish 

shakllarimng  shunday  tizimiki,  unda  katta  auditoriyadagi  mashg’ulotlar  kichik 

guruhlardagi individual mashg’ulotlar bilan qo’shib olib boriladi.

19



Zamonaviy  texnik  vositalar  yordamida  100-150  kishidan  iborat  katta 

guruhlarda  yuksak  malakali  o’qituvchilar,  proffcssorlar  leksiya  o’qiydilar.  10-15 

kishidan iborat kichik  guruhlar esa leksiya materiallarini  muhokama qiladilar,bahs 

yuritadilar.Individual 

ishlar 

esa 


maktab 

kabinetlarida, 

laboratoriyalarida 

o’tkaziladi.  Leksiya  mashg’ulotlariga  40%,  kichik  guruhlardagi  mashg’ulotlarga 

20%,  kabinet  va  laboratoriyalardagi  individual  ishlarga  esa  40%  ajratiladi. 

Odatdagi sinf tushunchasi yo’q, kichik guruhlar ham doimiy emas.




Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish