O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Bitimlarni imzolashning asosiy qoidalari



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

2.1. Bitimlarni imzolashning asosiy qoidalari 
Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  faoliyati    shartnomalar  tuzish  vositasida 
amalga  oshiriladi.  Umuman  shartnoma  –  bu  avvalom  bor,  shartnoma  tuzuvchi 
tomonlarning  ixtiyorlarini  ifodalovchi,  tomonlarning  o‘zaro  foydali  manfaatlarini 
bajarishga yo‘naltirilgan hujjatdir. Uni tuzishda bir qator qoidalarga ahamiyat berish 
zarur.      
  Birinchi  qoida  –  Siz  nima  “boshladingiz”,  nima  qilmoqchisiz  va  natijada  
nima  olmoqchisiz  -  aniq  bilishingiz  zarurdir.  Tabiiyki,  siz  shartnomadan 
maksimal  darajada  iqtisodiy  samara  olishni  istaysiz.  Buning  uchun  siz  nima  ish 
rejalashtirishingizni aniq belgilab olishingiz kerak va maqsadga erishish mexanizmini 
shakllantirishingiz  zarur.  Vaholanki  “nima  istashingni  o‘zing  aniq  bilib  ol”,  degan 
aqidaga  hamma  ham  rioya  qilmaydi.  Bo‘lajak  operatsiyaning  aniq  ideal  modelini  
yaratishga  harakat  qiling.  Amallar  ketma-ketligini,  siz  bajaradigan  amallar, 
hamkoringiz  bajaradigan  amallar  va  h.k.belgilab  oling.    Bo‘lajak  operatsiyaning 
ta’hminiy  chizmasini  chizib  oling.  Uni  bosqichlarga  va  muddatlarga  bo‘lib  oling. 
Shartnoma  tuzilishidan  boshlab  to  uni  bajarishgacha  bo‘lgan  davrning  har  bir 
bosqichida  nima  va  qanday  bajarilishi  kerak,    buning  uchun  nima  kerak.  
Tavakkalchilik darajasini hisoblab chiqing. Bundan keyin, siz  bo‘lajak tadbir haqida  
aniq  tasavvurga  ega  bo‘lasiz  hamda  vaziyatdan  voqif  bo‘lasiz.      So‘nggi  maqsadga 
erishish  oldidan  qo‘yiladigan  maqsad,  masalan,  vositachilik  va  “konsalting” 
xizmatlarini amalga oshirish, “umumiy ovqatlanish” nuqtasini yoki tijorat  do‘konini 
ochish,  ishlab  chiqarish  yoki  qayta  ishlashni  tashkil  qilish  va  boshqalar  bo‘lishi 
mumkin.  Mazkur  boshlang‘ich  maqsadga  erishish  mexanizmini  amalga  oshirish 
uchun uni  sizga  “nima”, “qancha”, ”qachon” kerakligi va oxir oqibatda bu “kimga” 
kerakligini aniqlashga keltiriladi.       
Faraz  qilaylik,  siz  xalq  iste’moli  mollari  yoki  oziq-ovqat  mahsulotlarini  o‘rash 
bilan  shug‘ullanmoqchisiz.    Demak,  siz  –  “nima”  -qanday  mutaxassislar,  asbob-
uskuna,  bino  va  boshqalar  kerak  bo‘lishini,  «qancha”  -  qanday  moliyaviy  resurs  
sizda  mavjudligini  aniqlashingiz  zarur.    Kredit  olishingiz  natijasida    qanday  sarf-
xarajatlar  ro‘y  berishini;  “qachon”  –  mazkur  g‘oyani  amalga  oshirish  qancha  vaqt 
talab  etishi  va  birinchi  daromadni  qachon  olishingizni  hisoblay  biling.  Sizning 
buyurtmachingiz  kim  bo‘lishini  aniqlab  olishingiz  kerak.  G‘oyada  oxirgi  savolga, 
yani “kimga”degan savolga birinchi navbatda javob berish   zarur. Vaholanki, aynan 
shu javobga niyatingizning muvaffaqiyati va ahamiyati bog‘liqdir.     


23 
 
Barcha  ro‘y  beradigan  xarajatlarni  maksimal  aniqlikda  hamda  ularning 
qoplanish  muddatini  va  keyinchalik  daromad  olinishini  hisoblab  chiqish  zarur. 
Umuman,  bu  ish  boshlashga  arziydimi  yoki  yo‘qmi  –  shuni  aniq  hisoblab  chiqish 
kerak.    
Siz savdo munosabatlari o‘rnatmochi bo‘lgan mos xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
mavjudligini  aniqlab  olishingiz  kerak.  Siz  “nima”,  “qancha”,  “qachon”  va  “kimga” 
savollarga  javob  berdingiz.  Endi  o‘z  niyatingizni  “kim”ning  yordamida  amalga 
oshirishingizni  aniqlashtirib  oling.  “Kim”  bilan  shartnoma  tuzasiz?  Bizningcha 
quyidagilarni aniqlab olish zarur: 
-Talab etilayotgan asbob-uskunani kim yetkazib beradi?  
-Asbob uskunalarni kim ishga tushirib yuboradi?   
-Binoni kim  talab etilgan darajada ta’mirlab beradi?   
-U bilan bevosita kim ishlaydi?   
-Mazkur xizmatni kim sotib oladi?   
-Mazkur xizmatni kim sotadi? 
-Mazkur korxonani kim moliyalashtiradi?   
Yuqorida  sanab  o‘tilgan  savollarga  javob  berib  bo‘lgandan  so‘ng  shartnoma 
shartlarini ta’riflashga o‘tish, mutaxassislardan maslahat olish uchun  murojaat etish, 
barcha zarur hujjatlarni tayyorlash mumkin.    

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish