Fraxta qilishga ariza – tovar yetkazib beruvchi tomonidan yuk tashuvchining
istalgan transport vositasi, yukni jo‘natish vaqti va shu kabilarni ko‘rsatgan holda yuk
uchun joy band qilib qo‘yishni so‘rab jo‘natiladigan hujjat.
Yuklash yo‘riqnomasi – yuk va uni tashish munosabati bilan eksport
qiluvchining talabi haqidagi batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Yetkazib berishga ruxsatnoma – xaridor tomonidan beriladigan hujjat bo‘lib,
u tovarning yuklab-jo‘natishga tayyor ekanligi haqida sotuvchidan xabar olgandan
keyin tovarlarni jo‘natishga ijozat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |