136
topgan va keng qo‘llaniladigan “Savdo atamalari”
(Inkotermes-2000)dan
foydalanmoq lozim (Masalan, SIF, FOB, va boshqa terminlar).
Shartnomada tomonlar javobgarligi, nizolarni hal etish tartiblari va boshqa
muhim xususiyatlar batafsil aks ettirilmog‘i lozim.
Import va eksport kontraktlari belgilangan tartibda davlatning vakolatli
organlarida qayd etilishi hamda hisobga olinishi lozim.
Xalqaro savdo-iqtisodiy shartnomalar yuzasidan hisob-kitob qilish shakllari va
tartiblari shartnoma taraflari o‘zaro kelishuviga ko‘ra shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Amalda ko‘proq valyuta tovar narxining valyutasi bilan mos kelmasligi mumkin.
Shuning uchun kontraktda qanday pul bozorining pul kursidan to‘lashda foydalaniishi
ko‘rsatiladi. Bunda bank orqali pul ko‘chirish, inkasso, hujjatli akkreditiv kabi
shakllardan keng foydalaniladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatga oid shartnoma munosabatlaridan kelib chiquvchi
nizolarni hal etilishi tomonlar kelishib belgilaydigan tartibda muayyan milliy huquqiy
tizim asosida yoki xalqaro vositalardan foydalanilgan holda hal etiladi. O‘zbekiston
Respublikasi subyektlari bilan tuzilgan tashqi iqtisodiy faoliyat kontraktlari bo‘yicha
nizolar kelib chiqqan hollarda O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlari tomonidan
ham ko‘rib chiqilishi O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik prostessual kodeksi
normalarida o‘z ifodasini topgan.
Xalqaro amaliyotda bunday nizolarni hal etuvchi xalqaro arbitraj organlari
tizimi tarkib topgan. Kontraktda mana shunday arbitrajlardan yoki boshqa xohlagan
hakamlik sudlari nizolarni hal etilishi uchun tanlanishi mumkin. Amaliyotda
shunday
organlardan Stokgol’m shahri Savdo palatasi qoshidagi arbitraj, Parijdagi xalqaro
savdo palatasi qoshidagi Arbitraj sudi, London xalqaro hakamlar sudi kabilar nizolar
hal qilinishida ko‘proq qo‘llaniladi.
Respublikamizda nizolar hal qilinishida muhim bo‘lgan, Mustaqil Davlatlar
hamdo‘stligiga a’zo va boshqa davlatlarning xo‘jalik, iqtisodiy va arbitraj sudlari hal
qiluv qarorlari, xorijiy davlatlar arbitraj va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari
xo‘jalik sudlarining ijro hujjatlari qatoriga kirishini nazarda tutuvchi "Xo‘jalik
sudlarining hujjatlari ijrosini amalga oshirish tartibi to‘ғrisida "gi Yo‘riqnoma ham
qabul qilingan. Ushbu hujjatga binoan boshqa davlatlar arbitraj sudlari tomonidan
qabul qilingan qarorlari ham qonunchilikda belgilangan tartibda ijro etiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy tartibga solishning obyekti bo‘lib, xo‘jalik
yurituvchi subyektlar o‘rtasida mahsulotlarni eksport va import qilish bo‘yicha
yuzaga keladigan hamda boshqa mamlakat hududida xizmatlar ko‘rsatish va ish
bajarish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar hisoblansa, tashqi iqtisodiy
faoliyat obyektlari deganda oldi-sotdi yoki ayriboshlash mumkin bo‘lgan tovarlar
(ishlar, xizmatlar), har qanday mol-mulk, shu jumladan qimmatbaho qoғozlar,
valyutalar va
valyuta qimmatliklari, elektr, issiqlik energiyasi va
energiyaning boshqa
turlari, transport vositalari, intellektual mulk obyektlari tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida” gi
qonuniga ko‘ra mamlakatimizda jismoniy shaxslar ham tashqi iqtisodiy faoliyat
subyektlari bo‘la olishi belgilangan bo‘lib, ular tomonidan xorijiy mamlakatlarning
yuridik va jismoniy shaxslari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali
137
iqtisodiy munosabatlar o‘rnatilib mamlakatimiz iste’mol bozorining to‘ldirilishiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Aynan jismoniy shaxslarning tashqi iqtisodiy faoliyat
sub’-ektlari sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida
davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozimligi qonun hujjatlarida belgilangan. Davlat
ro‘yxatidan o‘tma-gan holda bunday faoliyat bilan shug‘ullanish ta’qiqlanadi.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat
subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga
aralashishga haqli emas. O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari tashqi
iqtisodiy faoliyat subyektlarining ushbu qonunda belgilangan huquqlarini buzuvchi
hujjatlar qabul qilgan taqdirda, ularga etkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlariga
muvofiq qoplanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyat
sohasidagi o‘z huquqlari va manfaatlariga daxldor bo‘lgan va maxfiy tusda
bo‘lmagan axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlaridan
olishga haqlidir.
O‘zbekiston RespublikasiSavdo-sanoat palatasi huzurida Xalqaro tijorat arbitraj
sudi 2010- yilning 6- sentyabr kuni tashkil etildi. O‘zbekiston RespublikasiSavdo-
sanoat palatasi huzurida Xalqaro tijorat arbitraj sudining Reglamenti va Nizomi
ishlab chiqilib tasdiqlandi. O‘zbekiston RespublikasiSavdo-sanoat palatasi huzurida
Xalqaro tijorat arbitraj sudida xorijiy tadbirorlik subyektlari, mahalliy tadbirkorlik
subyektlari ishtirokidagi xo‘jalik nizolari ko‘rib chiqilishi mumkin. Xalqaro tijorat
arbitraj sudi sudloviga tegishli bo‘lgan nizolar kelib chiqqan taqdirda O‘zbekiston
RespublikasiSavdo-sanoat palatasi huzurida Xalqaro tijorat arbitraj sudiga murojaat
etish mumkin.
Murojaatlar uchun O‘zbekiston RespublikasiSavdo-sanoat palatasining
“Yuridik ekseprtiza va tadbirkorlikni huquqiy ximoya qilish bo‘limi”ga murojaat
qilishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: