7-maruza. Motorlarni qizish va sovush jarayonlari Reja: Motorlarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri qizishi bo‘yicha umumiy tushunchalar



Download 46,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana02.06.2023
Hajmi46,63 Kb.
#948199
  1   2   3
Bog'liq
И 7м (1)



7-maruza. Motorlarni qizish va sovush jarayonlari 
Reja: 
1.Motorlarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri qizishi bo‘yicha
 
umumiy tushunchalar 
2.Turli ish rejimlarida dvigatelning xarorat xarkteristikalari 
1.Motorlarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri qizishi bo‘yicha
 
umumiy tushunchalar 
Elektr motor ishlashi davomida, qo‘llanilgan izolyatsion materiallarning issiqlikka 
chidamlilik klassi bo‘yicha ruxsat etilgan ma’lum haroratgacha qiziydi. Elektr motorni ishlab 
chiqargan korxonaning motorning qizishi bo‘yicha nominal ko‘rsatkichlarida keltirilgan
cheklashlarga rioya qilinganida, uning o‘rtacha ishlash muddati 15 – 20 yilni tashkil etadi. 
Motorning ruxsat etilgan haroratdan yuqori haroratda ishlashi chulg‘am izolyatsiyasining 
muddatdan avval eskirishiga va motornining ishlash muddatini kamayishiga olib keladi. Masalan, 
A klassiga mansub bo‘lgan chulg‘am izolyatsiyasining ruxsat etilgan haroratdan 8–10 
0
S ga 
oshishi, motorning ishlash muddatini deyarli ikki marta kamayishiga olib keladi. 
Zamonaviy elektr motorlarda issiqlikka chidamlilik darajasi bo‘yicha quyidagi olti 
klassdagi izolyatsion materiallar qo‘llaniladi va ular uchun ruxsat etilgan haroratlar: A – 105 
0

gacha, E– 120 
0
S gacha, B – 130 
0
S gacha, F – 155 
0
S gacha, H – 180 
0
S gacha, C – 180 
0
S dan 
yuqori.
Motorni qizishi bo‘yicha tekshirish, motor ishlab turgandagi haroratni ruxsat etilgan 
harorat bilan solishtirishdan iborat. Agar motor ishlab turganidagi ishchi harorati ruxsat etilgan 
haroratdan oshib ketmagan bo‘lsa, u holda motor ruxsat etilgan issiqli rejimida ishlayotgan bo‘ladi 
va aks holda esa teskarisi bo‘ladi. Odatda motorning issiqlik rejimi absolyut haroratlarda emas 
balki atrof – muhit harorati 
м
a
.

ga nisbatan ortirma qizishi 

bilan baholanadi: 
м
а
а
.





, (7.1.8)
bu yerda, 
а

- motor haroratining absolyut qiymati, 
0
S. 
Issiqlik hisoblarini hisoblashda atrof – muhit harorati Davlat standartlari bo‘yicha 40 
0
S ga 
teng deb qabul qilingan. Motor pasportidagi quvvatning qiymati aynan shu atrof – muhit haroratga 
mos keladi. Atrof – muhit harorati 40 
0
S dan past bo‘lganida motor pasportida ko‘rsatilgan nominal 
quvvatidan ko‘proq yuklanish bilan ishlatish mumkin. Atrof – muhit harorati 40 
0
S dan yuqori 
bo‘lganida esa motor pasportida ko‘rsatilgan nominal quvvatidan kamroq yuklanish bilan ishlatish 
yoki bo‘lmasa motorni sovutish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish kerak bo‘ladi yoki kattaroq 
quvvatli motor bilan almashtirish kerak bo‘ladi. 
Orttirma harorat tushunchasidan foydalanganimizda motorning ruxsat etilgan issiqlik 
rejimida ishlashi quyidagi shart asosida amalga oshiriladi 
рух



max
, (7.2)
bu yerda, 
рух

- izolyatsiya klassi bo‘yicha motorning ruxsat etilgan orttirma harorati, 
max


motorning ishlashi davomidagi maksimal orttirma harorati.
Elektr motorni (7.2) shart bo‘yicha to‘g‘ridan – to‘g‘ri tekshirish uchun motorning ish sikli 
bo‘yicha unin qizish tavsifi 
)
(
t

ini hisoblash va uni qurish kerak bo‘ladi. Bu tavsifdan 
max



aniqlanadi va u 
руx

bilan solishtiriladi. Motorni qizishi bo‘yicha to‘g‘ridan – to‘g‘ri tekshirish 
uchun motor issiqlik rejimining matematik ifodasi bo‘lishi kerak. 
Dvigataelda ΔR yo‘qotishlarning ajiralishi uning tanasida qizish paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Qizish va sovushning soddalashtirilgan tahlilini ko‘rib chiqamiz. Dvigatelni issiqlikka munosabati 
bo‘yicha bir jinsli jism deb qabul qilamiz va quyidagi xarakterga ega bo‘ladi: 
- S – issiqlik sig‘imiga ega, 
- A – issiqlik uzati koeffitsienti. 
Issiqlik muvozanati quyidagicha bo‘ladi: 
ΔR ∙ dt = C∙dτ + A ∙ τ∙dt,
(7.3) 
Bu yerda τ – dvigatel xaroratining atrof – muhit xaroratidan oshgan qismi. 
(7.3) tenglamaning birinchi qismi dvigatelning issiqlikka aylanadigan yo‘qotishlarini, ikkinchi 
qismi – dvigatelni qizdirishga ketadigan issiqlik, uchinchi qismi – dvigatel atrof – muhitiga 
beradigan issiqlik miqdorini bildiradi. Dvigatel qizib borishi jarayonida issiqlikning asosiy qismi 
atrof – muhitiga uzatiladi, uzatilayotgan issiqlik miqdori bilan ajiratilayotgan issiqlik miqdori 
tenglashganda issiqlik (xarorat) yuzaga keladi. 
ΔR = const deb qabul qilib, (7.3) tenglamani quyidagi ko‘rinishga keltiramiz. 
𝑆
𝐴

𝑑𝜏
𝑑𝑡
+ 𝜏 = 𝜏
𝑢𝑠𝑡

Bu tenglamaning yechimi quyidagicha 
τ = 
𝜏
𝑢𝑠𝑡
+ (
𝜏
𝑛𝑎𝑔

𝜏
𝑢𝑠𝑡
)ye
-t/T

(7.4) 
Odatda atrof – muhit xarorati qizishning boshlang‘ich xarorati sifatida olinadi. Unda 
𝜏
𝑛𝑎𝑔
=0 
τ = 
𝜏
𝑢𝑠𝑡
(1-ye
-t/T
n

(7.5) 
hosil qilingan ifodalarda 
𝜏
𝑢𝑠𝑡
= ΔR/A – xaroratningo‘rnatilgan qiymati. U dvigateldagi 
yo‘qotishlar qiymatiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni yuklamaga. T
n
= S/A – dvigatel qizishining doimiysi. 
7.1- rasmda dvigatel qizishining o‘tish xarakteristikasi keltirilgan, u eksponensial 
xarakterga ega. T
n
vaqt davomida dvigatel 0,63
𝜏
𝑢𝑠𝑡
qiymatgacha qiziydi. 

Download 46,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish