Rektifikatsiya jarayoni maxsus tarelkalar bilan jihozlangan kolonna tipidagi vertikal
silindrik shakldagi qurilmada olib boriladi. Rektifikatsiya jarayonida qarama - qarshi
harakatlanayotgan bug‘ va suyuq fazalar ko‘p marta bir-birlari bilan to‘qnashadi,
bug‘ faza past haroratda qaynaydigan komponent bilan, suyuq faza yuqori haroratda
qaynaydigan komponent bilan boyitiladi.
Neftni birlamchi haydash atmosfera sharoitida, qoldiq qismi esa vakuumda
haydaladi. Haydashdan hosil bo‘lgan distillyatlar tarkibidan
engil komponentlarni
ajratish uchun “o‘ta qizdirilgan bug‘” ishlatiladi. Suv bug‘ining sarfi atmosfera
kolonnasi uchun neftga nisbatan 1,5-2,0 % (mass), bug‘latuvchi kolonnada esa 2,0-
2,5 % (mass) ni tashkil etadi.
Neftni atmosferali haydash qurilmalarida asosan neftdan yoki neft
aralashmasidan to‘rt distillyatli fraktsiyaga va qoldiq mazutga ajratiladi.
Uglevodorodli gazlar va vodorod sulfidli gazlar yonaki mahsulot hisoblanadi.
Qurilmaning texnologik sxemasi 4.12 - rasmda tasvirlangan.
Xom-ashyo ikki karra bug‘latishda ikki kolonnali (birinchisi oddiy, ikkinchisi
murakkab) qurilma texnologik tizimini ko‘rib chiqamiz. Neft birinchi rektifikatsion
kolonnaga kelguncha bir yoki bir necha oqimda issiqlik almashtirgichlarda 200-
220°C haroratda qizdiriladi. Birinchi kolonna yuqori mahsulotlari engil benzin va
kam miqdordagi gaz hisoblanadi. Qolgan distillyatlar ikkinchi kolonnada olinadi.
Har ikkala kolonna uchun umumiy holda quvurli pech xizmat qiladi.
Oddiy kolonna yuqorisidan ajraluvchi engil benzin bug‘lari (oxirgi qaynash
harorati 160°C gacha bo‘lgan fraktsiyalar) 3
- havoli sovutgichda
kondensastiyalanadi, so‘ngra kondensat va gazlar 4 - suvli sovutgichda sovutiladi va
5 - gaz separatorida ajratiladi. Bu erdan 7 - nasos yordamida barqarorlashtirish
blokiga yoki ikkilamchi haydashga yuboriladi. Engil benzinni bir qismi 2 - kolonna
yuqori tarelkasiga sovuq sug‘orish sifatida qaytariladi. Qisman benzinsizlantirilgan
neft 2 - kolonna pastki qismidan 1 - nasos yordamida 6 - zmeevikli pechga kiritiladi.
Pechda bug‘-suyuqlik holatida (330360°C) qizdirilgan neft asosiy 14 - rektifikatsion
kolonnaga beriladi. Pechda qizdirilgan neftning bir qismi 2 - kolonnada retsirkulyat
sifatida qo‘llaniladi. Kolonna yuqorisidagi mahsulot benzin fraktsiyasi bo‘lib, uni 2
- kolonnadan olingan benzin bilan taqqoslaganda biroz og‘irdir. 14 - kolonna
bo‘ylab chiqayotgan benzin bug‘lari,
shuningdek, suv bug‘lari 15 - havoli
sovutgichda kondensatsiyalanadi. 16 - suvli sovutgichdan so‘ng 17 - gaz
separatorida gaz, benzin va suvga ajratiladi. Suyuq benzin fraktsiyasi 22
- nasos
yordamida ikkilamchi haydashga beriladi, bir qismi esa 14 - kolonnani yuqori
tarelkasiga “sovuq sug‘orish” sifatida qaytariladi. Bug‘latuvchi kolonnalar 18 va 19
orqali 20 va 21 nasoslar yordamida 140°C - 240°C va 240
-350°C (yoki 140-220°C
va 220-350°C) da qaynovchi fraktsiyalar chiqariladi. Birinchisi kerosin fraktsiyasi
issiqlik almashtirgich 23, havoli sovutish qurilmasi 24
va suvli qobiq quvurli
sovutgichdan so‘ng qurilmadan chiqariladi. Ikkinchi dizel yoqilg‘isi isiqlik
almashtirgich 26, sovutgich 27 va 28-suvli sovutgichdan so‘ng qurilmadan
chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: