Takrorlash uchun savollar:
1. Menejer faoliyatida informatsion ta’minotning ahamiyati.
2. Informatsion ta’minotning mazmuni: sport informatsiyasi,
statistik informatsiya, hisobot ma’Iumotlari.
3. Innovatorlik holati, boshqaruv sikllari.
4. Qaror qabul qilish tamoyillari va motivatsiya haqida infor-
matsion ta’minot.
5. Kommunikatsiya - ikki yoki undan ortiq kishilar o'rtasidagi
axborot ayirboshlash jarayonimi?
6. Sport menejeri faoliyatida informatsion texnologiyalar nima?
7. «Informatsiya» axborot - atamasi lotincha so‘z (xabardorlik)
nima?
6.2.
Jismoniy tarbiya boshqaruv jarayonini axborot bilan
ta’minlash
Reja:
Jismoniy tarbiya boshqaruv jarayonini amalga oshirishda
axborot (informatsiya).
«Informatsiya» axborot atamasi, xabardorlik, biror hodisa yoki
biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo‘lish.
Axborot boshqaruv tizimiga faol ta’sir etish.
JKda ma’lumotlar yig‘indisi, yetarli va aniq axborotga ega bo‘
lish.
Sport tovarlari ishlab chiqarish axboroti.
JKda boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‘rtasida aloqa.
Boshqaruvchi tizimning boshqariladigan tizimdan axborot
olishi.
229
Boshqaruvchi tizimgning olingan axborot asosida boshqari-
luvchi tizimni takomillashtirishi.
Boshqarish jarayoni, boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Boshqaruv jarayonini axborot bilan ta’minlash.
Boshqaruv texnikasi tushunchasi va klassifikatsiyasi.
Tayanch iboralar:
Axborot, kommunikatsiya, kommunikatsion jarayon, boshqarish
texnikasi, vertikal kommunikatsiya, gorizontal kommunikatsiya,
axborotni almashish jarayoni, axborotni uzatish kanallari, filtratsiya,
qayta aloqa, semantika.
Jismoniy tarbiya boshqaruv jarayonini muvaffaqiyatli amalga
oshirishda uni axborot (informatsiya) bilan ta ’minlash katta aha-
miyat kasb etadi. «Informatsiya axborot atamasi lotincha so‘z
bo‘lib, xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi faoliyati haqida
xabarga ega bo‘lish ma’nosini bildiradi. Axborot boshqaruv tizimiga
uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol ta’sir etish
uchun zarur m a’lumotlar yig‘indisidan iboratdir. Yetarli va aniq
axborotga ega bo‘1 may boshqarish mumkin emas.
Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi
tizimlar o‘rtasida aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqarila-
digan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo‘jalik faoliyati
to ‘g ‘risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot
asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, boshqarishni
yanada takomillashtirish
maqsadida ko‘rsatma,
farmoyishlar
chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi.
Axborot boshqaruv tizimida alohida bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi.
Unga qator o‘ziga xos xususiyatlar mansub bo‘lib, ular axborot
boshqaruvining barcha bo‘g‘inlari, barcha vazifalarini qamrab
olishiga bogliqdir. Axborot - bu boshqaruv apparati faoliyatining
ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga
oshirilayotgan harakatlar mavjudligi sharti, mustahkamlash usulidir.
Axborot hajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat ko‘rsat-
kichlariga bo‘lgan talab ham ortib boradi.
Boshqarish jarayoni boshqaruv
qarorlarini qabul qilish
maqsadida axborot to ‘plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv
230
buyruqlari ko'rinishida axborot berish va uni ijrochilarga
yetkazishdan iborat.
Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, operativ, iqtiso-
diy, hisob, moliya, ta’minot, kadrlar bo‘yicha, texnologik,
konstruktorlik, marketing, ijtmoiy va boshqalar.
Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o‘rin
egallaydi, chunki u kishilaming moddiy boyliklami ishlab chiqarish,
taqsimlash,
ayirboshlash
va
iste’mol
qilish
jarayonidagi
munosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti
asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-
texnikaviy axborot ahamiyatini ham ta’kidlab o‘tish lozim.
Kelib chiqish manbaiga bog1 liq ravishda axborot tashqi va ichki
axborot turlariga boMinadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan
olinadigan xabarlardan iborat bo‘ladi. Bular jumlasiga yuqori
tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish
shartlari haqida axborotlar kiradi. Ichki axborot korxona yoki uning
boshqaruv bo‘g‘inida shakllanib, iste’mol qilinadi. Korxona
miqyosida ular jumlasiga sexlar tomonidan rejaning bajarilishi,
moddiy-texnikaviy ta’minot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat
unumdorligi haqida axborotlar kiritilishi mumkin.
Yo‘nalishi bo‘yicha axborot - boshlang‘ich va boshqaruvchi
(rahbarlik)
axboroti
turlariga boiinadi.
Rahbarlik axboroti
boshlangich axborotni qayta ishlash asosida qaror qabul qilish
natijasidir. Boshlangich axborot doimo boshqaruv tizimining quyi
darajasidan yuqoriroq darajaga qarab harakat qiladi, rahbarlik
axboroti esa teskari yo‘nalishda harakatlanadi.
Axborot vaqt o‘tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqarorlik
darajasi bo‘yicha uni barqaror shartli-barqaror, o ‘zgaruvchan
turlarga boiish mumkin. Barqaror axborot uzoq muddat davomida
o‘z ahamiyatini o ‘zgartirmaydi (korxona, uning bo‘linmalari nomi,
mahsulot turi). Shartli-barqaror axborot ahamiyati ma’lum muddat
davomida saqlanib turadi. Korxona miqyosida bunday axborotga
turli me’yor va me’yoriy hujjatlami (moddiy, mehnat sarfi, tariflar
me’yorlari)ni kiritish mumkin. Axborotning bunday turi korxona
bo‘yicha umumiy axborotning 35% dan ko‘pini tashkil etadi.
0 ‘zgaruvchan axborot boshqaruv obyekti faoliyati va unga mos
231
holda boshqaruv jarayonlari o ‘zgaruvchanligini aks ettirib, qaror
qabul qilish uchun tez qayta ishlashni talab etadi.
Boshqaruv faoliyatida shuningdek, boshlang‘ich axborotni
qayta ishlash natijasida olingan hosila (ikkilamchi) axborotdan ham
foydalaniladi.
Axborotni ro‘yxatga olish va saqlash maqsadida uni saqlovchi
turli vositalar inson xotirasi, hujjat,- perforatsiya kartalari, magnit
lentalari, baraban disk, elektr impulslar kombinatsiyasidan foydala
niladi.
Axborot yig‘indisi boshqaruvning axborot tizimini tashkil etib,
u boshqaruv jarayonini axborot bilan ta’minlash shaklida namoyon
bo‘Iadi. Axborot to‘g‘ri, aniq, o ‘z navbatida, obyektiv, mazmunli va
qarorlami qabul qilish uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Axborot
hajmi jihatidan kichik, mazmun jihatidan chuqur, uning matni
tushunarli va sodda bo‘lishi lozim. Korxonani axborot bilan to ‘g‘ri
aloqalar ko‘rinishidagi turli-tuman axborot oqimlari vositasida
ta’minlanib, ular aniq ishlab chiqarish vazifasini hal etish imkonini
beradi.
Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat
satrigacha yetadi, bu o ‘rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi
zarurligini ham inobatga olish zarur. Masalan, Toshkent aviatsiya
zavodida kundalik birlamchi axborot million ko‘rsatkichni tashkil
etadi. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish
bo‘yicha quyidagi qator muammolami hal etish lozim bo‘ladi:
1) maqbul axborot tizimini ishlab chiqish;
2) axborot oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab chiqish;
3) axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini
tan lash;
4) axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;
5) axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish.
Bu yo‘nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig!ish
va qayta ishlashning yagona umumdavlat tizimini yaratishni
ta’minlashi zarur. Axborotlar yig‘indisi boshqaruvning axborot
tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi - hujjatlar axborot oqimlari,
aloqa kanallari va boshqaruv obyektining texnikaviy vositalarini
qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. Boshqaruv obyekti-
232
ning qandaydir bir qismi bo‘yicha axborot yig‘indisi kichik tizimni
tashkil etadi. Maqbul axborot tizimini tashkil etish boshqaruvning u
yoki bu tashkiliy tizimini loyihalashtirish va uning samarali faoliyat
yuritishining muhim shartlaridan bo'lib hisoblanadi.
Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bo‘lishi mumkin.
Oddiy axborot tizimi uni qayta ishlashni talab etmaydi, axborot
manbaidan u iste’mol qilinish joyigacha yetkazishda o'zgarish yuz
bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa xabar berish
vositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida yetkaziladi.
Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning mexaniza-
tsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha turlarga
ajratiladi. Birinchi guruhga qoMda yoki eng oddiy mexanizmlar
yordamida qayta ishlanuvchi axborot tizimlari kiradi. Ikkinchi
guruhga axborotni to‘plash, qabul qilish va qayta ishlashda mexa-
nizatsiya keng qo'Ilaniladigan axborot tizimlari kiradi. Uchinchi
guruhga ma’lumotlarni kompleks mexanizatsiya vositasi bilan birga
avtomatlashtirish elementlarini qo‘llab qayta ishlash va to‘plash
qo’llanilgan axborot tizimlari kiradi.
Axborot qabul
qilish,
uzatish va qayta ishlash sikli
avtomatiashtirilgan axborot tizimi to ‘rtinchi guruhni tashkil etadi.
Axborotni qayta ishlashda EHMlar qo‘llaniladigan boshqaruv
tizimlari avtomatiashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT) nomini olgan.
ABT quyidagi vazifalami bajaradi:
- axborot qabul qilish;
- axborotni qayta ishlash;
- axborotni saqlash, yig‘ish;
- boshqaruv tashkilotiga axborot berish;
- ijrochilarga buyruq uzatish.
Ilg‘or axborot tizimini loyihalashtirish jarayoni quyidagi
vazifalami amalga oshirishga asoslanishi lozim:
- korxonada mavjud axborot tizimini tahlil qilish, axborotning
asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish;
- axborot tizimining iqtisodiy-modelini ishlab chiqish;
- zarur axborot hajmi va mazmunini aniqlash;
- axborot to‘plash va qayta ishlash uchun texnikaviy vositalami
aniqlash;
- axborotni qayta ishlash texnologiyasini yaratish;
233
- axborot vujudga kelishi va foydalanish davriyligini belgilash;
- korxonada qo‘llaniladigan axborot uchun shifrlar tizimini
yaratish;
- axborotni uzatish va qayta ishlashni avtomatlashtirish va
mexanizatsiyalashtirish qulay bo‘lishi uchun standart ma’lumotiarni
loyihalashtirish;
- loyihalashtirish jarayonida olingan barcha materiallarni tartib-
ga solish va rasmiylashtirish.
Bozor sharoitida ishlab chiqarish axborot tizimlarini ular
rivojlanishi va loyihalashtirishga tizimiy yondashish asosida
kompleks tashkil etishni talab etadi. Bu talablarga ma’lumotlami
qayta ishlashning integratsion tizimi javob beradi. Uni turli
darajadagi zamonaviy hisob mashinalari, EHM, inson mashina
tizimini har tomonlama qo‘llash asosida loyihalashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |