Z. T. G‘ulomov, R. X. Nabiullin, G. Z. Kamilova jismoniy tarbiya va sport menejmenti о ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan 5610500 «Sport faoliyati



Download 7,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/112
Sana31.05.2023
Hajmi7,9 Mb.
#947034
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti 1 qism G`ulomov Z T 2015

Tayanch iboralar:
Zamonaviy tizim, omil, vaziyatli yondashuv, nazariy, amaliy, 
tizimli yondashuv, tizimlar nazariyasi, sport tashkiloti (firma, 
korparatsiya), element, samarali menejment, «Tizimli fikr yuritish», 
«Vaziyatli fikr yuritish, yondosh fanlar, vaziyat ta’limi, shakllanish, 
samarali boshqaruv, inkor etish, tarmoq, vaziyat o‘zgarishlari,
207


farqlar, ichki o‘zgarish, ichki muhit, vertikal, gorizontal, mehnat 
taqsimoti, tashqi o ‘zgarishlar, muhit omillari, tashqi muhit, tashqi 
о ‘zgarishlar, boshqaruv qarorlari, turli-tuman vaziyat, integratsiya, 
sistema, vaziyat, egiluvchan sistema, zamonaviy boshqaruv tizim­
lari, 
sistemali 
yondashish, 
vaziyatli 
yondashish, 
strategik 
yondashish, ishlab chiqarish vaziyatlari, sistema konsepsiyalari.
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning zamonaviy tizimini 
belgilovchi omillardan biri sifatida menejmentdagi vaziyatli 
yondashuvini ko‘rish mumkin.
XX asming 60-yillarida nazariy va amaliy menejmentga tizimli 
yondashuv bilan birga uni toMdiriuvchi va rivojlantiruvchi yana bir 
vaziyat yondashuvi kirdi. Tizimlar nazariyasi tashkilotiga (firma, 
korparatsiyaga) qanday elementlarning kirishini aniqlaydi, ammo 
ushbu elementlarning qaysi biri ko‘proq muhimroq degan savolga 
javob beradi. Bu kabi izlanishlaming diqqat markazi vaziyatdir, 
ya’ni ma’lum bir holat to‘plami, qaysiki tashkilotga hozirgi aniq bir 
vaqtga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Samarali menejment sifatiga 
«Tizimli fikr yuritish»ga «vaziyatli fikr yuritish» qobiliyati 
qo‘shimcha qilinadi.
Boshqaruv nazariyasida vaziyatni muhim bir hodisa deb qarash 
yangilik hisoblanmaydi. Masalan, inson zahiralari ta’limi yoki 
imperik talimlami misol qilib olish mumkin. Shu bilan birga 
XX asming 60-70-yillariga kelib boshqaruv haqida yondosh fanlar 
yetarli darajada o‘z ta’sirini o ‘tkazishi natijasida menejment fani 
yanada taraqqiy eta boshladi. Boshqaruv samaradorligiga har xil 
vaziyatda ta ’sir ko‘rsatib turuvchi o ‘zgaruvchan omillami uddalash 
kerak. Xuddi shu yillarda izlanuvchilar maktabi paydo bo‘ldi va u 
vaziyatning tashkilot faoliyatiga ta ’sir ko‘rsatuvchi bosh belgilami 
aniqlab berdi. Bu maktab boshqaruvining vaziyat ta’limi degan 
nomni oldi.
Menejment vakillarining fikricha, samarali menejment quyidagi 
belgilarga ega bo‘lishi kerak: harakatchanlik va ushbu korxona 
ishlayotgan 
muhitga (vaziyatga) 
moslasha olish 
qobiliyati. 
Menejmentga tizimli yondashuv tarafdor-larining bosh negiz: 
barcha vaziyatlarga turli vazifani bajaruvchi samarali boshqaruv 
bo‘lishi mumkin emas.
208


Boshqaruv vazifalarini bajarishda korxona va tarmoqlar 
o‘rtasida vaziyat o'zgarishlari deb ataladigan farqlarga e’tibor berish 
lozim, ular ikki xil bo‘ladi: tashqi va ichki. Ichki o‘zgarishlar aniq 
korxona, tarmoqni tavsiflaydi. Ichki muhitga korxona mahsulotlari, 
zahiraiari kattaligi vertikal va gorizontal mehnat taqsimoti va h.k. 
kiradi. Korxonalar o ‘rtasidagi ichki farqlari binolar o‘rtasidagi 
farqga o ‘xshaydi. Masalan, binolar arxitekturasi, materiali kattaligi 
bilan farq qilib, bu farq natijasida ulaming biri klub, boshqasi 
kishilar yashaydigan uy-joy bo‘lishi mumkin. Xuddi shu tarzda 
korxonalaming ichki farqlari ulaming vazifalarini belgilaydi. Bu 
o ‘zgarishlarni ma’lum dajarada nazorat qilish mumkin va ular 
boshqaruv qarorlari natijasida vujudga keladi. Rahbariyat tomoni­
dan ichki o‘zgarishlar borasida qabul qilinadigan qarorlar qanchalik 
samarali va unumdor faoliyat yuritishini belgilaydi.
Korxona katttaligi ichki farqlar korxonani boshqarishga qanday 
ta’sir etishning yorqin namoyon qiladi. Yirik aksionerlar jamiyatini 
boshqarish bilan kichik korxona, do‘konni boshqarish o‘rtasida katta 
farq mavjud. Korxona qancha katta bo‘lsa uni boshqarish ham 
shunchalik qiyin bo‘ladi.
Tashqi o ‘zgarishlar korxonadan tashqaridagi muhit omillaridir. 
Ular qatoriga yirik raqobatchi korxonalar texnika va texnologiyani 
olishi manbalari ijtimoiy omillar, davlat boshqaruvi kiradi. Tashqi 
muhit, tashqi o‘zgarishlar korxona faoliyatiga turlicha ta’sir 
ko‘rsatadi. Shu sababli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda 
vaziyatni hisobga olish zarur. Qaysi o ‘zgarishlar korxona muvaf- 
faqiyatiga kuchliroq ta’sir qilishi ko‘rsatishi yetarli emas. Turli- 
tuman vaziyat ko‘rsatkichlari va boshqarish jarayonining barcha 
vazifalari o'zaro bogMiq hamda ulami bir-biridan ajratib ko‘rib 
chiqish mumkin emasligi ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi. 
Suvga tashlangan tosh butun ko‘l bo‘ylab tarqaluvchi to‘lqinlami 
hosil qilgani kabi, biror muhim omilning o ‘zgarishi butun korxona 
faoliyatida aks etadi.
Korxona faoliyati samaradorligiga ichki ham tashqi omillar 
ta’sir etishi sababli uni boshqarishning eng yaxshi usuli aniq 
vaziyatni hisobga olgan holda belgilanadi. Shu vaziyatga eng mos 
bo‘lgan usul eng samarali usul bo'ladi. Shu sababli muvaffaqiyatli 
boshqaruv integratsiya qilingan yondashuvni talab etadi.
209


Vaziyat yondashuv bilan uzviy bog‘liq tizimli yondashuvda 
turli xususiy yondashuvlar, boshqaruv vazifalari uzviy bog‘liq 
bo‘lib, korxona qator o‘zaro bog‘liq kichik tizimdan iborat tizim 
sifatida o'rganiladi; tizim nazariyasi rahbarlariga tizimning alohida 
qismlari o‘rtasidagi tizim va uni o ‘rab turgan muhit o ‘rtasidagi 
bog‘liqlikni tushunishga imkon beradi. Vaziyat yondashuvi tizim 
nazariyasini amalda qo‘llashni korxona ta’sir etuvchi asosiy ichki va 
tashqi o‘zgarishlami aniqlash yo‘li bilan kengaytiriladi, qo‘yilgan 
maqsadga erishish uchun boshqaruvning aniq usullarini tegishli 
vaziyat bilan bog‘lab amalga oshirish imkonini beradi.
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning zamonaviy tizimini 
belgilovchi yana muhim omillari sifatida menejmentdagi jarayonli 
yoki vazifaviy yondashuvlami ko‘rish mumkin.
Menejmentdagi vazifaviy yondashuv aslida biz yuqorida 
ko‘rgan boshqa-ruv funksiyalarining qadim zamondagi shakllanishi 
bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgan deyish mumkin, chunki ishlab 
chiqarishni yoki jismoniy tarbiya va sport jarayonlarini reja- 
lashtirish, tashkillash, motivatsiya va nazorat qilish funksiya-larini 
amalda qoilanishi aslida menejment vazifalarini bajarilishidan 
boshqa narsa emas. Menejmentning ushbu funksiyalarining amalda 
korxona yoki jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari rahbarlari, 
mutaxassislar tomonidan to ‘liq ravishda, mo‘tadil joriy etilmasligi 
joylarda ko‘zlangan marraga chiqish imkoniyatini pasaytirib 
yubordi.
XIX 
asming oxiri va XX asming boshlarida amerikalik 
muhandis va ixtirochi F.Teyloming bizga ma’lum bo‘lgan yollanma 
ishchilaming mehnat unumdorligini oshirishda g‘oyatda samarador 
va maqbul usullami izlash, ular asosida mehnatni ilmiy asosda 
tashkil etish kabi muhim ta’limotlari qatorida quyidagi yo‘na- 
lishlami ham alohida ilgari surganini ko‘ramiz:
Menejmentda boshqaruv funksiyalarini to iiq joriy etilishini 
ta ’minlash, ulami takomillashtirish, bayon etish va nazorat qilib 
borish;
Menejment asosida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini 
yalpi boshqarishda sistemali yondashuvni asoslash va undan sama­
rali foydalanish.
210


F.Teyloming boshqaruv fonksiyalariga boigan yangicha muno­
sabati XX asming o ‘rtalarida menejmentda vazifaviy yondashuv 
nomini oladi. Ushbu vazifaviy yondashuvning asosiy mohiyati 
menejerlar, rahbarlar o ‘z boshqaruv faoliyatlarida ishlab chiqarishni 
rejalashtirish, tashkillash, motivatsiya va nazorat qilish funksiya- 
larini amalda ketma-ketligini saqlagan holda to‘liq joriy etilishini 
taqozo etadi.
Menejment boshqaruvida biz yuqorida qisman qayd etgan 
funksional ta’minot tushunchasi ham mavjud. Ushbu tushuncha 
nomi bo‘yicha menejmentning funksiyalariga o‘xshab ketadi, 
amalda butunlay boshqa ma’noni bildiradi va boshqa vazifalarini 
ko‘zlaydi. Amerikalik R.Taun tomonidan kiritilgan tashkilotning 
funksionalligini ta’minlash nazariyasi sanoat ishlab chiqarishi kuchli 
rivojlana boshlagan, ayniqsa, texnika va texnologiyaning takomil- 
lashgan, ishlab chiqarishning keskin o‘sgan boshqaruvning murak- 
kablashgan holatida uning maxsus tarmoqlarga bo‘lib boshqarishni 
tavsiya etgandi. Haqiqatdan ham, menejmentda tashkilotning funk- 
sionalligining ta’minlash nazariyasi rahbarlardan yangi bilimlami 
talab etuvchi faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Endi rahbar, 
o‘z korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda to‘la- 
qonlikka erishmoqchi bo‘lcha, barcha funksional yo‘nalishlami 
to ‘g‘ri tasavvur qilishi va ularni ta’minlab borishi talab etiladigan 
bo'ldi. Yani korxona ishini personal (xodimlar), texnika, texno- 
logiya, moddiy texnika, logistika, energiya, iqtisodiyot, tashqi 
iqtisodiy aloqa, umumiy ishlar xizmati, marketing xizmati va 
boshqa xizmat yo‘nalishlari bilan ta’minlash jarayon yoki vazifali 
yondashuvning asosini tashkil qiladi.
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida ham yuqorida 
keltirilgan barcha funksional yo‘nalishlar jismoniy tarbiya va sport 
mashg‘ulotlariga, musobaqalarga xizmat qilishini qayd etgan edik. 
Haqiqatdan ham jismoniy tarbiya va sport menejmentda ushbu 
xizmatlaming 
nomi 
soha 
xususiyatlariga 
mos 
ravishda 
boshqacharoq bo‘lishi va jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining 
katta-kichikligiga qarab alohida ko‘rinishga yoki bir nechta 
funksional yo‘nalishlaming birlashgan holdagi tizimidan iborat 
bo‘lishi mumkin. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining hajmi 
qanchalik katta bo‘lib, ish qanchalik keng doirada olib borilsa,
211


uning boshqaruv va menejment tizimida funksional xizmatlar 
shunchalik to ‘liq aks ettirilgan boMadi. Yoki jismoniy tarbiya va 
sport tashkilotlarining hajmi qanchalik kichik bo‘lib, ishi ham 
nisbatan torroq doirada olib borilsa, funksional vazifalaming 
barchasi saqlanib qolgan holda uning boshqaruv va menejment 
tizimida aks ettirilgan funksional xizmatlari birlashtirilgan bo‘ladi, 
ya’ni soni ham kamroq bo‘ladi.
Korxona faoliyati samaradorligiga ko‘plab ham ichki, ham 
tashqi omillar ta’sir etishi sababli uni boshqarishning eng yaxshi 
usuli aniq vaziyatni hisobga olgan holda belgilanadi. Shu vaziyatga 
eng mos boig an usul eng samarali usul bo‘ladi. Shu sababli 
muvafaqqiyatli boshqaruv integratsiya qilingan yonda-shuvni talab 
etadi.
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning zamonaviy tizimini 
belgilovchi navbatdagi yana muhim omillari sifatida menejmentdagi 
miqdoriy yoki sonli yondashuvlami ko‘rish mumkin. Bu boshqa­
ruvdagi barcha usullami umumiylashtirgan, matematika, statistika, 
muhandislik va kibemetika fanlarini birgalikda joriy etish bilan 
bog‘liq maxsus soha yo‘nalishidir.
Miqdoriy yoki sonli yondashuv ishlab chiqarish yoki jismoniy 
tarbiya va sport sohasida, texnikadan foydalangan holda ko‘pgina 
murakkab savollarga tez ijobiy javob qaytarishga xizmat qiluvchi va 
u boshqaruv mehnatini takomillashtirish asosida yuzaga kelgan.
XX asr 60-80-yillari g ‘arb menejmentida tahlilning miqdor, son va 
statistik usullari keng tarqaldi. Menejmentni har tomonlama qamrab 
olgan kompyuterlashtirish personalni boshqaruvdagi katta sondagi 
qo‘l mehnati bilan hisoblashdan, texnik operatsiyalaridan ozod 
qilishga imkon yaratdi.
Keyingi yillarda keng ko‘lamdagi ilmiy-texnik taraqqiyot mah- 
suli sifatida shaxsiy elektron mashinalarining jadal sur’atlar bilan 
rivojlanishi, boshqaruv jarayonlariga matematik, iqtisodiy-matema- 
tik modellar va usullar, jarayonlar operatsiyasi (исследование 
операций), menejment operatsiyasi, algoritmizatsiya, adaptatsiya, 
kibemetika kabi ko‘pgina yangi usullaming kirib kelishi menejment 
rivojida alohida miqdoriy yoki sonli yondashuvni shakllantirdi.
Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi, 
shakllanishi va rivojlanib borishi aynan menejmentdagi miqdoriy
212


yoki sonli yondashuv asosida amalga oshirilyapti. 0 ‘z navbatida 
axborot texnologiyalari ham fanning alohida maxsus yo‘nalishiga 
aylandi, yurtimizda uning rivojini ta’minlovchi ko‘plab oliy va o‘rta 
maxsus o ‘quv yurtlari va tashkilotlar paydo bo‘ldi. Axborot 
texnologiyalarini xalq xo‘jaligining barcha sohalariga, jumladan, 
jismoniy tarbiya va sportga kirib kelishi o‘z samarasini beryapti.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentida ham miqdoriy yoki 
sonli yondashuv va axborot texnologiyalarini joriy etilishi dolzarb 
masalalardan hisoblanadi, jumladan, uning ko'plab oliy va o ‘rta 
maxsus о‘quv yurtlarida zamonaviy pedagogik axborot texnolo­
giyalari shaklida rivojlanib borayotgani fikrimizning dalilidir. 
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida, ulardagi hisoblash bilan 
bog‘liq bo;lgan jarayonlami aniq hal etishda ham miqdoriy yoki 
sonli yondashuv va axborot texnologiyalarining qo‘l kelishi hech 
kimda shubha tug‘dirmasa kerak.
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining moliyaviy ahvolini, 
marketing monitoringini o ‘tkazish, ish faoliyatini rejalashtirish, 
ayniqsa, istiqbol rejalarini, strategik rejalarini tuzish va ulaming 
ijrosini tashkil qilish masalalarini samarali hal etishda faqatgina 
miqdoriy yoki sonli yondashuv va axborot texnologiyalaridan najot 
kutish mumkin. Jismoniy tarbiya va sport mashqlari va musoba- 
qalaridagi jarayonlarga zamonaviy boshqaruv tizimlari miqdoriy 
yoki sonli yondashuv va axborot texnologiyalarini joriy etishi 
yuksak natijalami qo‘lga kiritishda kuchli omil hisoblanadi va misli 
ko‘rilmagan natijalami berishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasida mustaqillik davriga kelib jismoniy 
tarbiya va sport boshqamvining zamonaviy tizimlarini shakllanti- 
rishga alohida ahamiyat berib kelinyapti, chunki yuqorida keltirilgan 
menejment nazariyasiga binoan har qanday sport musobaqasi yoki 
sport mashg‘uloti bo‘ladimi, ulami aniq, zamonaviy boshqaruv 
tizimisiz amalga oshirish mumkin emas. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, 
yurtimizda hukumatimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportning 
rivojiga qanchalik katta e’tibor berilishiga qaramasdan mavjud 
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish inshootlarini tegishli me’yor va 
talablar asosida yanada rivojlantirish va zamonaviylashtirish 
zarurligi ma’lum bo‘ldi.
213


Xalqaro me’yor va standartlar asosida 0 ‘zbekiston Respub- 
likasida hisoblab chiqilgan va hukumat tomonidan tasdiqlangan 
amaldagi me’yor va ko‘rsatkichlar asosida yurtimizda aholining 
turli qatlamlari orasida jismoniy tarbiya va sportning mo‘’tadil 
ravishda rivoj topishining asosiy yo‘nalishlari ta’minlab kelinyapti. 
Masalan, kuchlanishli tayyorgarlik mashqlari uchun zarur bo‘lgan 
binoning me’yoriy hajmi har bir sportchi uchun 4 

Download 7,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish