Tayanch iboralar:
Funksiya. Vazifa. Rejalashtirish funksiyalari. Tashkillash funk-
siyalari. Motivatsiya funksiyalari. Nazorat fimksiyasi. Iqtisodiy
funksiyalar. Ijtimoiy funksiyalar. Vazifa. Boshqarish fimksiyasi,
obyekt, majmua, muayyan funksiyalar, sport tovarlari, jarayon,
boshlash, uzluksiz davom ettirish, vosita, personal, texnika,
xomashyo, energiya, transport, zahira, faoliyat turlari, subyekt, ko‘p
qirrali, turkumlanish, miqyos, umumiy (asosiy) funksiyalar, aniq
funksiyalar. iqtisodiy funksiyalar, sotsial funksiyalar, ma’naviy-
m a’rifly funksiyalar, tashkiliy funksiyalar, qamrab olish, hududiy
funksiyalar, tarmoq funksiyalari, rahbaming funksiyalari, ijrochi-
ning fimksiyalari, ustuvor funksiyalar, rejalashtirish, tashkil etish,
muvofiqlashtirish va tartibga solish, personal, faoliyatga uyg‘otish,
nazorat.
Funksiyal - bu lotincha so‘z bo‘lib, biror kimsa yoki predmet,
narsa (ish quroli)ning mehnat, faoliyat doirasi, vazifasi degan
m a’nolami bildiradi. Menejment fimksiyasi faqat o‘z boshqaruv
faoliyat doirasidagi vazifalami o ‘z ichiga oladi. Vazifa esa menej
ment boshqaruv faoliyati doirasida bo‘lgan va uning doirasidan
tashqarida ham uchraydigan, amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim
bo‘lgan masala, erishilishi lozim boigan maqsadni ko‘zda tutadi.
Shuning uchun boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu
obyektni boshqarishga о id aniq vazifalami hal etishga qaratilgan bir
turdagi ishlar majmui tushuniladi. Demak, boshqaruv muayyan
funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Masalan, ishlab chiqarish
jarayonini boshlash, uni uzluksiz davom ettirish va ko‘zlangan
natijaga etishish uchun: personal (xodim)lar; ishlab chiqarish vosi-
talari; texnika; xomashyo; energiya; transport kabi ishlab chiqarish-
ning boshqa moddiy ta’minot vositalari zarur bo‘ladi. Korxonadagi
barcha turdagi zahiralami bir-birlariga bog1 lab, ularni harakatga
keltirib,
maqsadga
yo‘naltirirish jarayonida
menejmentning
funksiyalari kelib chiqadi.
Funksiyalar faoliyat turlarini, subyektning boshqarish obyektiga
aniq ta’sir qilish yo‘nalish!arini aks ettiradi. Boshqaruv funksiyalari
- ko‘p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar
bo‘yicha turkumlarga ajratib o ‘rganish zaruriyati tug‘iladi.
116
Boshqaruv funksiyalarini quyidagicha turkumlash mumkin:
1. Q oilanish va foydalanish miqyosiga qarab:
- umumiy (asosiy) funksiyalar;
- aniq funksiyalar.
2. Boshqarish faoliyati turlariga qarab:
- iqtisodiy funksiyalar;
- sotsial funksiyalar;
- m a’naviy-m a’rifiy funksiyalar;
- tashkiliy funksiyalar.
3. Obyektni qamrab olishiga qarab:
- hududiy funksiyalar;
- tarmoq funksiyalari.
4. M ehnat taqsimoti belgisiga qarab:
- rahbaming funksiyalari;
- ijrochining funksiyalari.
Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini
o'rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish
uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganidek, boshqaruv maz-
muni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Menej
mentda, jum ladan, jism oniy tarbiya va sport menejmentida ham
quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalarga ustuvorlik beriladi:
- rejalashtirish;
- tashkil etish;
- muvofiqlashtirish va tartibga solish, yoki personalni o ‘z
xohishi bilan faoliyatga uyg‘otish;
- nazorat.
Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni
tashkil qilish, uni rag‘batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan
tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funksiyalar jarayonida
o ‘z aksini topadi. Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqich-
lariga xos b o ig a n umumiy xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqaruv
apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud
bo‘ladi.
Boshqarish faoliyatining turlariga ko‘ra, funksiyalar quyida
gicha bo‘ladi:
117
Boshqarishning iqtisodiy funksiyalari, ya’ni m ablag‘larning
doiraviy aylanishini amalga oshishi, mahsulot ishlab chiqarish,
xizmatlar ko‘rsatish, marketing xizmatini uyushtirish va h.k.
Boshqarishning sotsial funksiyalari, mehnat sharoitini yax-
shilash, xodimlarning uy-joyga ehtiyojini qondirishga yordam
berish, moddiy rag‘batlantirishni ta ’minlash, ijtimoiy himoyani
ta ’minlash va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |