Tayanch iboralar:
Bozor iqtisodiyoti, sport menejmenti, sport menejmentining
shakllanishi, jismoniy tarbiya va sport menejmenti, jamoatchilik
jismoniy tarbiya va sporti, fitnes industriyasi, tijorat sport tashki
lotlari, jamoatchilik sport tashkilotlari, status, professional tijorat
sporti, davlat roli.
0 ‘zbekistondagi bozor iqtisodiyoti sharoitida sport menejmen
tining shakllanish jaroyoni o ‘ziga xos xususiyatlarga ega. Birin-
chidan, mustaqillik davrigacha bo‘lgan davrda shakllangan jismoniy
tarbiya va sport boshqaruvi usullariga faol moslashuv jaroyoni
davom etyapti. Ikkinchidan, hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, jahon
moliyaviy-iqtisodiy iqirozning 0 ‘zbekiston sharoitidagi oqibatlari
holatida jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining yangi shakllari va
mexanizmlari yaratib borilyapti. So‘nggi davrlarda ushbu holatning
professional sport sohasida borgan sari o‘z aksini topib borayot-
ganini aniq kuzatish mumkin. masalan, jamoa sport tashkilotlarida
tadbirkorlikni rivojlanish borasida fitnes klub va uning tarmoq-
larinibg yaratilib, rivojlanib borayotgani fikrimizning dalilidir.
0 ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport menejmentining
hozirgi davrdagi rivoji quyidagi omillarga bog‘liqdir:
-jamoatchilik jismoniy tarbiya va sportini tarmoqning birlamchi
bosqichi sifatida o ‘z mavqeini yo‘qotib borayotgani;
- ishlab chiqarish korxonalaridagi ish vaqtida bajariladigan
jismoniy tarbiyaning o‘zini-o‘zi yo‘qotib borayotgani;
- fitnes-industriyasining paydo boiishi va tez rivojlanib
borayotgani;
- tijorat sport tashkilotlarining paydo boiishi, ayniqsa, aholiga
jismoniy tarbiya-sogiomlashtirish xizmatlari ko‘rsatish hamda
«katta» sport sohasida;
- tijorat sport tashkilotlari toifalarining paydo boiishi va ular
turlarining ko‘paib borishi;
- jamoatchilik tashkilotlarining ahamiyati va statusini tubdan
oshib borishi;
- professional tijorat sporti va u bilan bogiiq boigan
musobaqalar sistemasining intensiv rivojlanishi;
- jismoniy tarbiya va sport boshqaruvida davlat rolini susayib
borishi;
- jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining barcha bosqichlarida
maqsadli dasturlaming ishlanishi va amaliyotga joriy etilishi.
89
Jismoniy tarbiya va sportda alohida xodimlar yoki insonlar
guruhi, tashkilotlar o ‘zlarining birgalikdagi mehnat faoliyatlari
jaroyonida m a’lum munosabatlarga kirishadilar. Jaroyon ishtirok-
chilari qanchalik ko‘p b o isa, ularning o‘zaro munosabatlari shun-
chalik murakablashib boradi. Bunday sharoitda boshqaruv, inso-
niyatning o ‘ziga xos faoliyati sifatida birgalikda faoliyat ko‘rsa-
tishga jalb etilgan ishtirokchilar orasida boshqaruv munosabatlarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Jismoniy tarbiya va sport
sohasida boshqaruv munosabatlari ushbu jaroyon bilan ma’lum bir
darajada bo g iiq boigan tarmoq xodimlari, sport tashkilotlari va
boshqa ishlab chiqarish tashkilotlari orasida amalga oshirilinadi.
Jismoniy tarbiya va sportda boshqaruv munosabatlarining quyidagi
toyifalarini ajratish mumkin:
- boshqaradigan va boshqariladigan sistemalar orasida;
- subyekt va obyekt boshqaruvi orasida, masalan, jismoniy
tarbiya va sport hamda sport tashkilotlari ijrochi hukmron organlari
(sport maktablari, klublar va boshqalar);
- boshqaruv sistemasining o‘z ichida, bunday holatlrda
boshqaruv munosabatlari gorizontal va vertikal ko‘rinishlarga
boiinadi. Gorizontal holatda har xil boiinm alar va zvenolar
orasidagi bogiiqlik ko‘zda tutiladi (masalan, jismoniy tarbiya va
sport oliy o ‘quv yurtlaridagi kafedralar orasidagi bogiiqlik).
Vertikal holatda boshqaruvning har bir ierarxik pog‘onalaridagi
bogianish (masalan, sport klublarida: rais, sport klubi kengashi,
murabbiylar kengashi. katta murabbiy, murabbiy va boshqalar);
- har bir ierarxik pog‘onalaridagi rahbar va ijrochi orasida
(masalan, murabbiy va sportchi). Jismoniy tarbiya va sport
sohasidagi ushbu boshqaruv munosabatlari «subordinatsiya munosa
batlari» deb ataladi;
- har xil boiinm alar rahbarlari va ushbu boiinm alar ijrochilari
orasida. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ushbu boshqaruv
munosabatlari «yo‘naltirish (koordinatsiya) munosabatlari» deb
ataladi;
- tamoq munosabatlari (tarmoq ichidagi boshqaruv munosa
batlari);
- territorial (bir hudud doirasida);
90
- tamoqlararo (har xil tarmoqlar ichidagi tashkilotlar orasidagi
boshqaruv munosabatlari);
- hududlararo, ya’ni har xil hududlardagi jismoniy tarbiya va
sport tashkilotlari orasidagi boshqaruv munosabatlari;
- aralash (masalan, hudud, tarmoq).
Aniq jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari nuqtai nazaridan
boshqaruv munosabatlari tashqi va ichki ko‘rinishlarga boiinadi.
Boshqa jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari ichidagi yoki
boshqa sport tashkilotlari orasidagi o ‘zaro bog'lovchi aloqalaming
soniga qarab boshqaruv munosabatlari «oddiy va murakkab»
bo‘lishi mumkin. Masalan, oddiy munosabatga maktab jismoniy
tarbiya o ‘qituvchisi va o‘quvchi, murabbiy va sportchi orasidagi
munosabat kiradi. Murakkab boshqaruv munosabatlarida yana
qo‘shimcha boshqa zvenolarning ishtiroki xarakterli hisoblanadi:
sport maktabining direktori, murabbiy, sportchi. Murakkab
boshqaruv munosabatlarining tashkiliy aloqalar xarakteriga qarab,
ular chiziqli, funksional va aralash ko‘rinishlarga bo‘linadi.
Jismoniy tarbiya va sport boshqaruv munosabatlarining amal davri-
ga qarab, ular doimiy va vaqtincha guruhlarga bo‘linadi.
Jismoniy tarbiya va sport xodimlari bilan ta’minlanganlik ko‘r-
satkichlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, 0 ‘zbekiston Respub-
likasida umuman va uninig tumanlarida amaldagi mavjud 51152
sport inshootlarida sport instruktorlarining soni 179 nafarni tashkil
etgan bo‘lib, ulardan 91 nafari oliy ma’lumotga, 69 nafari esa o‘rta
maxsus ma’lumotga egadirlar, ya’ni ushbu toifadagi xodimlaming
faqatgina 50,8 foyizigina oliy ma’lumotlidir. Andijon, Buxoro,
Jizzax, Namangan va Samarqand tumanlarida sport inshootlarining
instruktorlari umuman mavjud emasligini ko‘rish mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport xodimlarining aksariyati jismoniy
tarbiya va sport ta’lim xizmatini bajaradilar, chunki ular asosan
ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatadilar. Umuman olganda
tarmoqda eng katta miqdor umumta’lim muassasalarining o ‘qituv-
chilariga to‘g ‘ri keladi (53%) va sport trenerlari 22% ni tashkil
etadi, ulardan oliy ma’lumotli o‘qituvchilar 57,6% va trenerlar 44%
ni tashkil etadi.
Eng ma’qul holat oliy o ‘quv yurtlari o‘qituvchilari orasida
ko‘zga tashlanadi, ularda oliy ta’limga xodimlar 99,8% tashkil etadi,
91
shunga e ’tibor qilish lozimki, boshqaruv personalining professional
holati yuksak darajadadir (69,6%), Toshkent shaxri bo‘yicha 45,5%
ni tashkil etadi. Demak, ushbu toifadagi xodimar uchun tarmoq
mehnat bozorida doimiy ravishda oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya
va sport mutaxassislari bilan yangilanib turish talab etiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, barcha jismoniy tarbiya va sport
mutaxassislaridan 71,3% qishloq joylarga to‘g‘ri keladi, chunki u
yerlarda oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari
soni 67% ni tashkil etadi.
Tumanlar miqyosida oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya va sport
mutaxassislari nisbati quyidagicha: 0 ‘zbekiston bo‘yicha 60,2%,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 7,9%, Andijonda 7,3%,
Qashqadaryoda 8,9%, Farg'onada 12,6%, Samarqandda 8%,
Toshkentda 8,6% ni tashkil etadi, ya’ni tumanlarda deyarli bir xil
holatni kuzatish mumkin. Shu bilan eng past ko‘rsatkichlami
Sirdayoda - 3,4%, Navoida - 5,4%, Jizzaxda - 4,5% va Surxon-
daryoda — 5,8% ni ko‘rish mumkin.
Shunday qilib, yurtimizda 60,2% mehnat bozorida xizmat qila-
yotgan oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya va sport mutaxassislaridan
iboratdir, 36% o ‘rta maxsus va 3% jismoniy tarbiya va sport
ma’lumotiga ega emasdirlar.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentida jamoa va guruhlami
boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi, ayniqsa, ularga rahbar
tayinlash mas’ul vazifaga kiradi.
Rahbami to‘g‘ri tayinlash bevosita ishlab chiqarishda, jismoniy
tarbiya va sportda personalning yagona rahbar qarorlariga,
ko‘rsatmalariga, buyruqlariga va kerak b o isa uning maslahatlariga
tizimdagi barcha personalning qat’iy bo‘ysunushini talab qiladi.
Menejment tizimining eng yuqori pog‘onasida o‘tirgan rahbar quyi
bo‘g ‘in rahbari vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etmasligi lozim.
Ushbu prinsipni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining
huquq, burch, majburiyatlarini qat’iy belgilab qo‘yishdir. Yagona
boshchilik kollegiallik, qabul qilinadigan qarorlar oshkoraligi bilan
qo‘shib olib borilishini talab qiladi. Kollegiallik intizomi har doim
rahbaming yagona shaxs sifatidagi irodasiga personalning so‘zsiz
bo‘ysinishini
amalga
oshirishni talab
qiladi.
Demokratiya,
oshkoralik har bir kishiga o‘z fuqarolik qarashlarini namoyon qilish,
92
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol
qatnashish uchun imkon yaratadi.
Rahbarlik munosabati deganda har bir sportchi yoki jismoniy
tarbiya bilan shug‘ullanuvchi yoki biron-bir komanda, guruhga bir
vaqtning o‘zida faqatgina bitta rahbar boshchilik qilishi lozimligi
tushuniladi. Rahbarlik munosabati nazariy va amaliy tomonlari
hayot tajribasidan o‘tib, menejmentda mustahkam, qat’iy kategori-
yaga aylangan. Katta-kichik korxona bo‘ladimi, ishlab chiqarish
birlashmasimi, ilmiy-o‘quv yurtimi yoki oilami, shu jumladan,
jismoniy tarbiya va sport tashkiloti bo‘ladimi, qo‘yingchi, har
qanday tizim yoki guruh tepasida bitta rahbar turganining guvohi
bo‘lamiz. Agarda ushbu qoida buzulib, yuqorida sanab o‘tilgan
obyektlarning birortasiga ikki yoki undan ortiq rahbar boshchilik
qiladigan bo‘lsa, ish buziladi, ya’ni menejmentning boshqaruv qa
rorlari o ‘z kuchini yo‘qotadi. «Ikki boyga bir malak» holati yuzaga
kelib, boylar o‘miga malak ish yurituvchiga aylanishi mumkin.
Bunday holatlarda ijrochi ikki rahbaming har biriga ularning
«muhim topshiriqlarini» ro‘kach qilgan holda, ustalik bilan o ‘z
manfaatiga mos, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishi ham mumkin
bo‘ladi
Masalan, musobaqalar oldidan o‘tkazilinayotgan mashg‘ulot-
larda bir vaqtning o ‘zida komanda boshlig‘i sheriklar (trener yoki
murabbiy) bilan kelishmagan holda shug‘ullanuvchilarga o‘zining
fikricha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatganini, shu vaqtning o‘zida trener o‘z
hamkasblari (komanda boshlig‘i va murabbiy) bilan kelishmagan
holda butunlay boshqacha ko‘rsatmalar berishini tasavvur qilayliq,
ijrochi - sportchi oldida variantlar imkoniyati paydo bo‘ladi. Ushbu
holat ikki rahbar tomonidan bir vaqtning o ‘zida berilayotgani ikkita
har xil topshiriqlaming birortasini ham bajarilmasligiga olib kelishi
turgan gap, yoki ijrochilar o ‘zlariga qulay variantni tanlab, ikki
rahbarga ham chap berib, ularni chalg‘ituvchi bahonalami ko'rsa-
tishlari mumkin, natijada rahbariyat tomondan ko‘zlangan topshiriq
to iiq holda amalga oshmay qoladi. Bunday kelishmov-chiliklarga
yo‘l qo‘ymaslik uchun komanda boshlig‘i ijrochilarga beradigan
topshirig‘ini trener orqali amalga oshirsa, yakkaboshchilik prinsipi
kuchga kirgan bo‘ladi va ishni bajarish to‘g‘ri yo‘ldan boradi.
93
Ishchi jam o ’alarida, jum ladan, jism oniy tarb iy a va sport
jam o alarid a guruh ham korligini ta ’minlash m unosabatlari.
Jismoniy tarbiya va sport guruhlarida, yani komandalarda tarkibni
ishtirokchilaming bir-birlariga mos kelishlarini hisobga olgan holda
shakllantirilmasa, kerakli psixologik muhitga erishib bo‘lmaydi va
guruhda hamkorlik yuzaga kelmaydi. Biz yuqorida qayd qilga-
nimizdek, har bir shaxs turli xildagi shijoat (temperament)ga man-
sub bo‘igan holda, turlicha psixologik holatda, kayfiyatda bo‘ladi.
Bunday insonlami guruh jamoalarida o‘z o ‘rinlarini topishlari,
hamjihat bo‘lib ishlay olishlari va boshqa guruhlar bilan
hamkorligini ta ’minlash uchun menejerlar o ‘ta murakkab, katta
masalalami hal etishlariga to‘g‘ri keladi. Menejment nazariyasi va
amaliyotida har qanday guruh a ’zolarini bir-birlariga mos ravishda
oldindan tanlay bilish masalasi katta o‘rin olgan va ulami hal
etishning ma’lum yechimlari ham mavjud.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentida guruh hamkorligini
ta’minlash o‘ta muhim masala hisoblanadi, chunki jamoaga
birlashgan sportchilar musobaqa vaqtida qanchalik bir-birlarini
yaxshi tushungan holda, yaqdillik va yaxlitlikni tashkil qilsalar,
musobaqa natijalari ham shunchalik samarali bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni, jismoniy tarbiya
va sportni rejali boshqarish - biznes va strategik rejasini tuzish -
iqtisodiy siyosatlarni amalga oshirishning muhim shartidir. Bu
prinsip ishlab chiqarish rivojlanishining uzoq muddatga mo‘ljal-
langan yo‘nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi.
Ishlab chiqarishni rejalashtirish boshqarishning asosiy vazifa-
laridan biridir. U iqtisodiy qonun, ishlab chiqarishning hozirgi hola-
tini ilmiy tahlil etish, ehtiyojlami istiqbolini aniqlash, texnikaviy va
tashkiliy qarorlarni qabul qilish asosida amalga oshiriladi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida, ayniqsa, strategik rejalashtirish - u yoki bu
tarmoq rivojlanishining maqbul nisbatlarini, eng muhimi resurs-
lardan
samarali
foydalanish yoilarini belgilovchi
iqtisodiy
rivojlanish parametrlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
B oshqaruv m unosabatlari, shakl va usullarini takomillash-
tirib borish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli
mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy
shaklida mulkdor yakka o‘zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun
94
javobgar boiadi. Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomoni -
mulk egasi ishlar borishini o'zi to iiq nazorat qilish imkoniyatiga
egaligi. Kamchiligi esa, boshqaruv tizimining uncha katta
boimasligi va bir kishi boshqaruvning turli vazifalarini bajarishga
majburligidir. Mulkdor boshqaruvning barcha vazifalarini amalga
oshirishi: rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, yo‘qotish,
zarar ko‘rish va boshqa shunga o‘xshash holatlarga shaxsan
javobgar boiishdadir. Kuchli raqobat sharoitida mulkdor sinmasligi
uchun doimo o‘z bilimlarini ko‘paytirib, boshqaruv usullarini
takomillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yoilarini bozorda
mavjud holatga mos ravishda o‘zgartirib borishi kerak.
Davlat boshqaruv shakli asosan davlat yoki mahalliy mulk
boigan korxonalarda amalga oshiriladi. Davlat bu korxonalar
faoliyati uchun to iiq javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |