. ...domlaning ko‘z qiri tushib qolarmikan degan niyatda
astoydil xizmat qilishardi. Mehmonlar kechga taklif
etilgan edi.
Ushbu parchadagi fe’llar tarkibida qaysi nisbat qo‘shimchalari
qatnashgan?
A) birgalik va o‘zlik
B) birgalik va majhul
C) orttirma va majhul
D) birgalik, orttirma va majhul
15. Qaysi javobda ravish qatnashgan?
A) So‘nggi pushaymon - o‘zingga dushman.
B) Itning akillashidan cho‘chib uyg‘onib ketdim.
C) Mana mavsum ham oxirlab qoldi. Mashina terimi tugay deb
turibdi.
D) Ular hozircha kovlab kirolmabdilar, lekin allaqancha yerni
o‘yib yuboribdilar.
16.
Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh
etardi.
Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot
to‘g‘ri emas?
A) Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga bitishuv usulida
birikkan.
B) Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turiga
oiddir.
C) Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan.
D) Gapdagi yasama mavhum otlar har xil turkumga oid so‘zdan
yasalgan.
17
.Sovuqqon odamlardan qo‘rq: ular o'ldirmaydilar va xiyonat
qilmaydilar, ammo ularning indamay qilgan razilliklari tufayli,
afsuski, yer yuzida haligacha sotqinlik va qotillik
yashamoqda.
Ushbu gapda qatnashgan mustaqil so‘zlar
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Kesim vazifasida kelgan fe’l + fe’l tipidagi qo‘shma fe’l
qatnashgan.
B) Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan qo‘shma sifat
qatnashgan.
C) Kesim vazifasida kelgan sodda yasama so‘z qatnashgan.
D) Uyushiq ega vazifasida kelgan sodda
yasama otlar qatnashgan.
18. Qaysi gapda yordamchi so‘zlarning har bir turkumiga oid birlik
ishtirok etgan?
A) Buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, xitoy, mo‘g‘ul
va boshqa tillardan mahorat bilan
foydalangan.
B) Axir, men uning chinakam sehrli qalpoq ekanligini sinab
ko‘rishim kerak edi-da ...
C) Bir kuni tongda to‘satdan bahor jarchilari, ya’ni qaldirg‘ochlar
ham paydo bo‘lishibdi.
D) Ba’zan o‘zing bilan ovora bo‘lib, kunning
qanday o‘tganini ham bilmay qolasan.
19.
Hayotjon yosh G‘ulomjonning mardligi, chidamliligi va sabriga
qoyil qoldi.
Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri
emas?
A) Boshqaruv usulida birikkan so‘z birikmalari soni 3 ta.
B) Qaratqich aniqlovchiga tobelangan sifatlovchi aniqlovchi
qatnashgan.
C) Moslashuv usulida birikkan so‘z birikmalari soni 2 ta.
D) Uyushiq bo‘laklarga tobelangan qaratqich aniqlovchi
qatnashgan
20.Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan qaralmish
uchraydi?
A)O‘rnida va vaqtida sidqidildan aytilgan oddiygina so‘z qudratli
va yengilmas kuchga aylanadi.
B) So‘z bilan ifodalangan har qanday fikr yengilmas kuchdir.
C) So‘zdan qudratliroq narsa yo‘q, o‘tkir dalil va yuksak fikrlar
safini yorib o‘tish mumkin emas.
D) So‘z - inson qudratining qo‘mondoni, u - hayotning buyuk
quroli.
21.Qaysi javobda ergash gapining kesimi ot kesim bo‘lgan hol
ergash gapli qo‘shma gap berilgan?
A) Chin do‘st yurakdan so‘zlar, chunki u sening yomon
bo‘lishingni aslo xohlamaydi.
B) Sabrning boshi achchiq, oxiri bo‘lsa shirin.
C) To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir, shuning uchun hamisha rost
so‘zlashga odatlan.
D) Biz hozir juda baxtiyormiz, chunki hammamiz ko‘zlagan
maqsadimizga yetdik.
22. Yorini topish uchun begona yurtga yolg‘iz o‘zi yo‘lga tushgan,
otasiga:
≪
Javob ber, otajon, yorga boraman, Yor deyman-u,
nomus-orga boraman
≫
, -
deya o‘z iqrorini bayon etgan xalq
dostonlaridan biridagi qahramon nomini aniqlang.
A) Ravshan B) Alpomish C) Hasanxon D) Kuntug‘mish
23. Qaysi shoir o‘z lirik asarlaridan iborat majmuasini yilning
fasllariga qiyosan to‘rt kitob (devon) holida yaratib, umrning to‘rt
davrini (faslini) yoshga mos tarzda taqsimlab chiqadi va har bir
kitobni alohida-alohida nomlaydi?
A) Ogahiy B) Bobur C) Alisher Navoiy D) Furqat
24. Qaysi javobda Nizomiy Ganjaviyning Shoh Iskandar haqida
yozilgan dostoni nomi berilgan?
A)
≪
Oyinayi Iskandariy
≫
B)
≪
Saddi Iskandariy
≫
C)
≪
Xiradnomayi Iskandariy
≫
D)
≪
Iskandarnoma
≫
25.
Adib ijodining dastlabki davrida - 21-22 yoshida she’rlarini
to'plab, devon tuzgan. U etnografik xarakterga ega bo'lgan
≪
To‘y
tavsifi
≫
,
≪
Gap ta’rifida
≫
,
≪
Aza tavsifi
≫
asarlari muallifidir.
Ushbu ma’lumot qaysi shoir haqida?
A) Muhammad Rizo Ogahiy
B) Zavqiy
C) Zokirjon Furqat
D) Muqimiy
26. Quyidagi qaysi ma’lumot Musa Jalil hayoti va
ijodiga oid?
A) Derjavin uning she’rlarini eshitib buyuk shoir bo‘lajagini
bashorat qiladi.
B) Jukovskiy unga
≪
G`olib shogirdga mag`lub ustozdan
≫
, -
degan yozuv bilan o`z portretini sovg`a qiladi.
C) Oq podshoh sharafiga she`r yozishdan bosh tortganligi sababli
intizomiy batalyonga jo`natilgan.
D) Uning asirlikda va tutqunlikda yozgan She`rlaridan iborat
≪
Moabit daftari
≫
to`plami mavjud.
27.
Har qanday qiyinchilikni bardosh bilan yengib o ‘tishga harakat
qilgan odam, albatta, maqsadiga yetadi. Ayrim ishyoqmas, havoyi
kishilar maqsadlariga tez va oson yetishish uchun turli nayranglar
o ‘ylab topadilar-u, ammo kutilmaganda pand yeb qoladilar.
Ezopning qaysi masalidan xuddi shunday xulosa chiqarish
mumkin?
A)
≪
Yovvoyi echkilar bilan chopon
≫
B)
≪
Bo‘ri bilan laylak
≫
C)
≪
Ustiga tuz ortilgan eshak
≫
D)
≪
Eshak bilan baqalar
≫
28.
Ulg'ayib, ustiga egar urilibdiki, har yakshanba kuni butun
Hisorni oshib, shu yer(bozorga)ga keladi. Tor taxta ko‘prikning
yoniga omonatgina qurilgan choyxona etagida to‘xtaydi... To'riq
uzoq vaqtgacha bunga ko‘nikolmadi, bir-ikki marta, hatto
tizginni uzib qochdi, butun bozor ahlini sarson qildi. Bir-ikki marta
esa yarim yo‘lda tixirlik qilib oyog‘ini tirab turib oldi, bo‘lmadi.
Qamchi yedi. Endi ko‘nikib qoldi.
Ushbu parchada tasviri keltirilgan to‘riq ot qaysi asarda uchraydi?
A)
≪
Asrga tatigulik kun
≫
romani (Ch. Aytmatov)
B)
≪
Qiyomat qarz
≫
hikoyasi (0 ‘. Umarbekov)
C)
≪
Uloqda
≫
hikoyasi (A. Qodiriy)
D)
≪
Do‘nan
≫
hikoyasi (T. To‘la)
29. G‘.G‘ulomning
≪
Vaqt
≫
she’ri haqida berilgan ma’lumotni
aniqlang.
A) She’rda shuhratparastlikka intilib ibodatxonani yoqib yuborgan
Gerostratning qilmishi tilga olinadi.
B) She’rda millat dardiga najot sifatida xalqning og‘ir-vazmin,
mulohazakor, biroq ko‘zlari yoniq farzandlari - yigitlar tilga
olingan.
C) She’rda ko‘lankaning o‘rik bilan u bodroqbodroq gullagan
paytda do‘st tutingani, biroq bulutli kunda yo‘qolib qolganligi
ifoda etiladi.
D) She’rda
≪
o‘zbek otasi
≫
ning bo‘rtma, nmiimiy, hamma uchun
tanish, yaxlit siymosi aks ettirilgan, otaning sog‘inchi ta’sirli ifoda
etilgan.
30.
O ‘ttim fash-u dastorini devonalig1 aylab Parvonasifat jonimi
o‘tqa qalab o'ttum.
Ushbu baytda qanday she’riy san’atdan foydalanilgan?
A) tardi aks
B) tashbeh
C) tarse’
D) talmeh
Samandar Quyanov
Do'stlaringiz bilan baham: |