17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
258
mahsuli, ijod qilishi – kashf etish, shu kungacha mavjud bo‘lmagan narsani yaratish demakdir.
Bunday yangilik muayyan san’at asarining shakl, mazmun, uslub v.b. jihatlari bilan o‘zidan
avvalgi asarlarini takrorlamasligini, o‘sha asarlar bilan yonma-yon qo‘yganda, ulardan ijobiy
o‘ziga xosligi tufayli ajralib turishini taqozo etadi.
Haqqoniylik tamoyili.
U san’at asarida in’ikos etayotgan
inson xatti-harakatlarining,
ilg‘or g‘oyalarning, badiiy usullarning, butun ifodaviy-tasviriy vositalarning bir-biri bilan
uyg‘un, maqsadga muvofiq tarzda berilishini ta’minlaydi. Zero umumiylikni – xususiylikda aks
ettirish, makon, zamon va inson yaxlitligini badiiy qiyofalarga ko‘chirish san’atkor uchun eng
murakkab ish. Bunda iste’dod, xayolot, tasavvur va mahorat katta rol o‘ynaydi. Asardagi har bir
epizod, har bir rang,
har bir misra, har bir tovush idrok etuvchini ishontirishi, unda shubha
uyg‘otmasligi kerak. San’atkor uni, qadimgi yunonlar ta’biri bilan aytganda, «go‘zal yolg‘onga»
ishontirishi, ro‘y bermagan, lekin ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqelikni ro‘y bergan deb idrok
etishga «majbur qilishi» lozim. SHu sababli haqqoniylikni faqat real hayotga yaqinlik –
hayotiylik bilan izohlash uni jo‘nlashtirish demakdir. Haqqoniylik
tamoyiliga amal qilinmasa,
asarlar juda oz muddat yashaydi, haqqoniylikning yo‘qligi sxematizm va soxtalikni barqaror
etadi.
Xalqchillik tamoyili.
San’at asari xalq uchun yaratiladi. Lekin xalq degani, bu – aholi
emas,
aholining fikrlaydigan, milliy qadriyatlarga befarq qaramaydigan, afkor, tinglay olish,
tomosha qila bilish va o‘qish qobiliyatiga ega qismi. Asardagi xalqchillik ana shu ko‘pchilikning
shodligu qayg‘usini, dardlarini, intilishlarini, muammolarini qay
darajada tushunarli tarzda
ifodalay olishi bilan belgilanadi. Xaqiqiy san’at asari «qoralar» (omma) uchun ham, «saralar»
(elita) uchun ham yaratilmaydi, tabaqaviylik, mahalliychilik,
millatchilik singari salbiy
yo‘nalmalardan yiroq bo‘ladi, boshqacha qilib aytganda, podsholar haqidagi asarni – fuqarolar,
fuqarolar haqidagi asarni - podsholar tushunganida, unday asarni xalqchil deyish mumkin.
Masalan, Navoiyning «Farhod va SHirin», «Sab’ai sayyor» dostonlari podsholaru malikalar
haqida, lekin xalqqa tushunarli. CHunki ular xalqning vakillari sifatida badiiy qiyofaga ega
qahramonlardir. YOki Sulaymon YUdakovning «Maysaraning ishi» operasi xalq orasida shuhrat
qozongani hech kimga sir emas. Bu asar orqali, bizda yosirabroq qaraladigan, opera san’ati ham
ruhimizga singib ketdi. Xalqchillikda muhimi – san’atkor tomonidan xalq ruhini anglay bilish va
uni in’ikos ettira olish, millatni millat qilgan qadriyatlar mohiyatini
badiiy qiyofalar orqali aks
ettirish. Xalqchillik tamoyilining yana bir muhim jihati shuki, san’at asari u – tarixiymi,
zamonaviymi, – xalqning orzu-ideallarini ifodalashi, ya’ni kechani yoki bugunni emas, ertani
kuylashi lozim,
xalqdan ortda qolmasligi, u bilan yonma-yon ham turmasligi, balki undan va
zamondan bir qadam oldin yurishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: