Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologiya fakulteti



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/104
Sana30.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#946289
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
O‘rgimchakkana 
– Markaziy Osiyoda g‘o‘zaning eng xavfli 
zararkunandasidir. Odatdagi yillarda o‘rgimchak kana yalpi paxta hosilining 6 – 
10%ni, ba’zi yillarda esa hatto 14%ni nobud qiladi (Kosobutskiy). 
O‘rgimchakkana hosilni kamaytirish bilan birga paxta sifatini ham pasaytiradi. 
O‘rgimchakkana ko‘p xil o‘simliklarni zararlaydi, soya, yeryong‘oq, mosh, 
loviya, dag‘alkanop, kanakunjut ekinlari va poliz o‘simliklari, ba’zan oqjo‘xori va 
makkajo‘xori, shuningdek tut daraxtlarini, ba’zan meva va manzarali daraxtlarga 
ham zarar etkazadi, bug‘doy, arpa ekinlarini kam zararlaydi. 
Ta’rifi. Erkagining uzunligi 0,2 – 0,3 mm, urg‘ochisiniki 0,4 – 0,6 mm keladi. 
Urg‘ochisining tanasi oval shaklda, erkak kana tanasining keyingi qismi siqiqroq 
bo‘ladi. Orqasining sirtida yettita ko‘ndalang chiziqqa joylashgan 26 ta ingichka 
tukcha bor.
O‘rgimchakkana yozda ko‘kimtir sarg‘ish, kechkuzda, erta ko‘klam va qishda 
esa qizg‘ish yoki qizil rangda bo‘ladi. 
Tuxumi dumaloq shaklda bo‘lib, diametri 0,1 mm keladi; rangi ko‘kish, 
oynasimon tiniq. Lichinkalar chiqish oldidan tuxumlar sadaf rangda tovlanadi. 
Lichinkasining tanasi yarim shar shaklida, rangi yetuk kananikiga o‘xshaydi; 
uzunligi 0,13 – 0,19 mm va uch juft oyog‘i bo‘ladi. Yetuk kananing esa to‘rt juft 
oyog‘i bo‘ladi. Nimfalari lichinkalarga o‘xshaydi, lekin to‘rt juft oyog‘i bo‘lib, 
uzunligi 0,13 – 0,35 mm keladi. 


~ 34 ~ 
Hayot kechirishi. Etuk o‘rgimchakkana va nimfa hamda lichinkalar 
o‘simliklarning shirasini so‘rib oziqlanadi. U odatda, bargning orqa tomoniga 
joylashib olib o‘rgimchak uya yasaydi va shu uyada rivojlanadi. Urg‘ochi kana 
o‘sha uya tagiga o‘rta hisobda 140, ko‘pi bilan 600 donagacha tuxum qo‘yadi. 
O‘rgimchak kana O‘zbekiston hududlarida 14 avlod beradi.
G‘o‘za bitlari 
G‘o‘zada o‘simlik bitlarining bir necha turlari oziqlanadi. Ulardan g‘o‘za yoki 
poliz biti, akatsiya yoki beda biti, Plotnikov biti, katta g‘o‘za biti va g‘o‘za ildiz biti 
eng ko‘p zarar etkazadi.
Zarari.
Bitlar ko‘klamda g‘o‘za gullay boshlaguncha va kuzda ko‘saklar 
ochilayotganida zarar etkazadi. Bitlar ko‘klamda g‘o‘zaning shirasini so‘rib, 
rivojlanishini kechiktiradi. Ildiz biti esa g‘o‘za maysalarini so’rib chin barg 
chiqarish davrida nobut qiladi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish