~ 157 ~
ishlab chiqarishi chiqindilari, nokonditsion mahsulot, bino va inshootlarni
rekonstruksiya qilishda to‗plangan chiqindilarini qayta ishlash asosida qurilish
materiallari ishlab chiqarish bilan qurilish bozoriga chiqish; asosiy ishlab chiqarish
bilan bog‗liq bo‗lmagan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shu asosida qurilish
firmasi ishchi-xodimlarining kvalifikatsiyasidan u yoki bu me‘yoriy foydalanishni
yo‗lga qo‗yish (masalan, mebel ishlab chiqarish asosida).
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi qurilish tashkiloti samaradorligini oshirish va
iqtisodiy turg‗unligini ta‘minlash yo‗nalishlaridan biri deb hisoblanadi. Tor ixtisoslik
qurilish tashkilotining ishlarni pudrat asosida olish imkoniyatini pasaytirayotgan
vaqtdagi qattiq raqobat sharoitlarida rivojlanishining ushbu yo‗nalishi ayniqsa juda
dolzarb bo‗lib qolmoqda.
O‗z faoliyatini diversifikatsiyalash istagi kapital mablag‗larning zarurligi, xavf-
xatarga yuz tutishini (taxminlarni) pasaytirish, mahsulot ishlab chiqarishda
to‗xtalishlarni bartaraf etish, distribyusiya kanallaridan samarali foydalanishga
intilish, boshqarish tizimini takomillashtirish kabi motivlar asosida yuzaga keladi.
Tovarlar va xizmatlarning ancha keng spektrini (ko‗lamini) taklif etish bilan korxona
o‗zining
raqobotbardoshligini
oshirishi
mumkin.
Bundan
tashqari
diversifikatsiyalashda tizimning xususiyatlaridan kelib chiqadigan sinergetik effekt
yuzaga keladi: tizimdan tashqaridagi komponent jamlangan tizimga nisbatan ancha
kichik salohiyatga ega bo‗ladi.
Diversifikatsiya
bog‗langan
va
bog‗lanmagan
(konglomerativ)
diversifikatsiyalarga bo‗linadi. Bog‗langan diversifikatsiya o‗z navbatida vertikal va
gorizontal diversifikatsiyalarga ajratiladi. Vertikal diversifikatsiya (integratsiya) – bu
ishlab chiqarish jarayoni yagona texnologik zanjiriga kiruvchi yangi komponentlarni
mavjud bo‗lgan (amaldagi) tizimga kiritish jarayonidir. Bunda integratsiya uchta
turga: to‗liq, qisman va kvaziintegratsiyalar (egalik huquqiga o‗tmagan holda
manfaatdor kompaniyatlar o‗rtasida alyanslarni yaratish tushuniladi). Bundan
tashqari,
vertikal
diversifatsiya
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
(korxonalar-mahsulot
iste‘molchilari bilan integratsiya) va qaytma ya‘ni aksincha (korxonalar-etkazib
beruvchilar bilan integratsiya) bo‗lishi mumkin. Gorizontal diversifikatsiya – bu bitta
sferada faoliyat yuritayotgan korxonalarning birlashish jarayoni bo‗lib, u o‗zining
raqobatbardoshligini kuchaytirish yoki raqobatchilar ustidan nazorat o‗rnatish uchun
amalga oshiriladi. Bog‗lanmagan diversifikatsiya – bu kopaniyaning asosiy faoliyati
bilan bog‗lanmagan yangi bozorlarga kirish jarayonidir. (qurilishda diversifikatsiya
jarayonini turkumlanishi 9.1. -rasmda ko‗rsatilgan). G‗arbda to‗plangan tajriba
umumiqtisodiy krizis vaziyatlarida bog‗langan diversifikatsiyaga ega bo‗lgan
kompaniyalar ancha ustuvor bo‗lishini ko‗rsatadi.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi ikkita rivojlanish yo‗liga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: