Kardiotonik dori vositalarining klinik farmakologiyasi


  Yurak glikozidlarning farmakodinamikasi va ta’sir mexanizmi



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana27.05.2023
Hajmi1,51 Mb.
#944953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
ЛотинКардиотоник ДВ

 



Yurak glikozidlarning farmakodinamikasi va ta’sir mexanizmi. 
1.Yurak glikozidlarning asosiy farmakodinamik xususiyatlaridan biri-bu 
yurak mushaklarining qisqarish kuchini va qisqarish tezligini oshirishdan 
iborat. Glikozidlarning bu xususiyati 
musbat inotrop
ta’siri deb ataladi. 
Glikozidlarning yurak ishining yetishmasligi holatlarida keng ishlatilishi
ularning xuddi mana shu ta’siri tufaylidir. Dorining ta’siri natijasida 
yurakning qisqarish kuchining oshishi tufayli, yurak bir marotaba 
qisqarganda haydaladigan qonning miqdori va bir minut davomida 
qisqarganda haydaladigan qonning miqdori oshadi. Sistola va diastola 
so‘ngidagi qonning hajmi kamayadi, diurez oshadi, shishlar, assit 
kamayadi, vena tomirlarida bosim kamayadi, ko‘karish alomatlari va 
xansirash, jigardagi shishlar kamayadi, bemorning umumiy ahvoli 
yaxshilanadi. Sog‘lom yurakka glikozidlar bunday ta’sir qilmaydi 
(kompensator reaksiyalar tufayli). Eng katta ijobiy tomoni - boshqa 
kardiotonik dori vositalaridan farqli o‘larok, yurak glikozidlari 
miokardning kislorodga bo‘lgan talabini oshirmagan holda yurakning 
qisqarish kuchini oshiradi. 
Musbat inotrop ta’sirning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat: 
Yurak glikozidlari Na
+
/K
+
-
ATF-azaning SH-guruhi bilan bog‘lanadi, 
buning natijasida kardiomiotsitlarda Na
+
ionlarining konsentratsiyasi 
oshadi. Xo‘jayraichi Na

konsenratsiyasining oshishi, kardiomiotsitlardan 
Сa
2+ 
tashqariga chiqishini pasayishiga olib keladi, membrananing 
depolyarizatsiya (qo‘zg‘alish) davrida glikozidlar kalsiy ionlarini hujayra 
ichiga kirishini tezlashtiradi. Bundan tashqari sarkoplazmatik ATF-aza 
fermentini faolligi oshishi natijasida sarkoplazmatik retikulum
mitoxondriy va sarkolemma bilan bog‘langan kalsiy ajrab, hujayra ichiga 
kirishi osonlashadi. Xullas glikozidlarning qayd qilingan ta’sirlari hujayra 
ichida kal’siyning miqdorini oshirishga qaratilgan va bu ta’sirlarni 
oshirishda Na
+-
K
+-
ATFaza fermentining ingibirlanishi muhim rol 
o‘ynaydi. Hujayra ichida yig‘ilgan kal’siy ionlari aktinni miozin bilan 
birikishini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bundan tashqari kal’siy ionlari
aktin bilan miozinni birikishini energiya bilan ta’minlovchi miozin-
ATFaza fermentini faolligini oshiradi. Xuddi mana shuning uchun 
kal’siyning o‘zi ham inotrop ta’sirga ega bo‘lib, yurak glikozidlariga 
sinergistdir. Plazmada kalsiyning miqdori yetarli bo‘lishi yuqorida 
ko‘rsatilgan mexanizmlarni kechuvi uchun bemalol yetib ortadi. Shuning 
uchun yurak glikozidlari bilan davolash davrida kalsiyni qo‘shimcha 
bemorga yuborish bu juda xavflidir. Chunki kal’siyning miqdori hujayra 
tashqarisida oshib ketishi uning hujayra ichidan qayta chiqishiga to‘sqinlik 


10 
qiladi, natijada yurak sistola paytida to‘xtaydi va diastola yuz bermaydi. 
Yurak glikozidlarining bu farmakodinamik effekti, ya’ni yurakning kuchli 
qisqarishi mitral stenozda qo‘llanilishini chegaralaydi. 
2. Yurak glikozidlari yurakning qisqarish sonini kamaytiradi. Bu 
glikozidlarning 

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish