Hayot kechirishi.
Bu qo’ng’izlar o’zlari zararlagan o’simliklarning,
ayniqsa loviyaning donlari ichiga kirib olgan holda tarqaladi va shu donlarda
qishlaydi. Bu zararkunanda daladagi o’sishdan to’xtagan o’simliklarda,
shuningdek omborlarda saqlanayotgan donlarda rivojlana beradi. Qo’ng’izlar
tuxumlarini ombordagi donlar sirtiga yoki don solingan qoplarga, dalalarda esa
asosan pishib yetilib, qobig’i qurigan dukkaklar ustiga qo’yadi. Urg’ochi qo’ng’iz
taxminan 100 ta tuxum qo’yadi va 1 kunda 26 tagacha tuxum qo’ya oladi.
Bu zararkunanda harorat 23,5 dan 31°S gacha bo’lganida yaxshi
rivojlanadi. Bunday sharoitda tuxumlarning inkubasiyasi 5—6 kun davom
qiladi, harorat ancha pasayganida esa rivojlanishi keskin darajada sekinlashadi.
Harorat 17,6°S bo’lganida tuxumdan lichinkalar 45 kunda chiqadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
43
Tuxumdan chiqqan lichinkalar don ichiga kirib, uni kemira boshlaydi;
kemirib teshilgan yo’llar tobora kengayadi, lichinka chiqindilari bilan to’ladi.
Loviyaning bitta donida 28 tacha lichinka rivojlana oladi. Sharoit qulay
bo’lganida lichinkaning rivojlanishi 24 kungacha davom qiladi. Lichinkalar
donning po’sti tagida o’zlari yasagan kamera ichida g’umbakka aylanadi.
Kavkazning Qora dengiz qirg’oqlari sharoitida qo’ng’izlar hosilni o’rib-yig’ib
olishgacha donlardan chiqib ulgura olmaydi va don bilan birga omborlarga
ketadi.
Loviya qo’ng’izi o’zi yashayotgan har xil joylarda yiliga 3—8 bo’g’in
(masalan, Abxaziyada 4, Fransiyaning janubida 4-5, Braziliyada 8 bo’g’in)
beradi. Ko’klam faslida loviya qo’ng’izi omborlardan chiqib 2,5 kilometrgacha
joyga uchib bora oladi.
Kurash choralari.
Karantin maqsadida, loviya donini hamda bu
zararkunanda tushadigan dukkakli o’simlik donlarini chetdan kirgizish masalasi
loviya qo’ng’izining tarqalish doirasiga qarab tartibga solinadi. Bu qo’ng’iz
tarqalgan mintaqalardan loviya keltirish zarur bo’lib qolgan taqdirda hamda
loviya qo’ng’izi belgilari bo’lgan donlar dezinseksiya qilinadi. Loviya va boshqa
dukkakli o’simlik donlari omborlarda hamda bu zararkunanda tarqalgan joylarda
dezinseksiya qilinadi.
Omborlarni dezinseksiya qilish uchun eng yaxshi preparat sinil kislotadir.
Binoning har 1
m
3
ga 100
g
natriy sianid va 200
g
sulfat kislota sarflanadi.
Dezinseksiya qilishda binoning har 1
m
3
ga 15—35
g
hisobidan metil bromid yoki
400—450
g
hisobidan xlor aralashmasi yoki 25—35
g
hisobidan xlorpikrin
ishlatsa ham bo’ladi. Oziq-ovqatga ishlatiladigan loviya va dukkaklar termik
usulda ham yuqumsizlantiriladi. Bu zararkunanda tushgan dalalarda qo’ng’izlar
uchayotgan davrda o’simliklar 12 % li geksaxloran dusti bilan changlanadi.
Loviya va boshqa dukkakli ekinlarni, donlarning to’kila boshlashiga yo’l
qo’ymasdan, o’z vaqtida o’rib-yig’ib olish zarur. Don yanchilgan joylarda qolgan
xas-cho’plarni yo’qotish lozim.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
44
Do'stlaringiz bilan baham: |