ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
44
unda so‘zlashuvchining borliqni bilishi va uni ongida “pishirib”, o‘z tilida (nutqida) tinglovchiga bekam-
ko‘
st uzatishi bilan bogʼliq masalalarni ham tadqiqotlarimiz kun tartibiga q
o‘yishni talab qilmoqda.
Maʼlumki, inson moddiy olamda yashar ekan, u
o‘z atrofidagi borliqqa (narsa-hodisalarga,
o‘simlik va hayvonlarga) o‘z munosabatini bildiradi. Masalan, hayvonlar va qushlarga xos ijobiy, salbiy
xususiyatlar insonga, uning turmushi, odob-axloqi va holatiga til yordamida o‘xshatiladi, ko‘chiriladi yoki
metaforizatsiya qilinadi. Bu holatlar obrazli bo‘
lganligi uchun inson hissiyotiga kuchli taʼsir qiladi va uning
ongida muhrlanib qoladi. Bu tarzdagi til talqini masalaga kognitiv aspektda yondashuvni aks ettiradi.
Professor D.Аshurova
o‘z maqolasida kognitiv tilshunoslikning maqsad va vazifalari, o‘z
yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni ko‘rsatib o‘tadi. Jumladan, hozirgi davrda shakllanib borayotgan
kognitiv tilshunoslikning kognitiv fonologiya, kognitiv grammatika, kognitiv leksikologiya, kognitiv
semantika kabi yangi yo‘
nalishlari vujudga kelganligi taʼkidlanadi. Kognitiv yondashuv asosida s
o‘z
turkumlari, til birliklarining kategoriyalarga bo‘linishi va kontseptualizatsiyalashuvi, til va dunyoni bilish
kabi tushunchalar yangicha talqinlarga ega bo‘ladi. Kognitiv tilshunoslikning asosiy tushunchalari
tizimidan freym, stsenariy, skript, kategoriyalashtirish, kontsept, kontseptualizatsiya, kognitiv struktura,
kognitiv metafora kabilar o‘rin olmoqda. Mazkur yo‘nalishning asosiy tadqiq metodlariga freymlar asosida
tahlil qilish, modellashtirish (kognitiv xaritasini yaratish), kontseptual tahlil singarilar kiradi.
Yu
qoridagilar bilan bir qatorda yana shuni ham taʼkidlash lozimki, bugungi tilshunosligimizda
freym, skript, stsenariy, geshtalьt kabi oraliq til birliklarini
o‘
rganishga eʼtibor ortib bormoqda. Buning
asosiy sababi kognitiv tilshunoslik muammolarining tadqiqotlarimiz mundarijasidan o‘ziga munosib o‘rin
olganligidadir.
Kognitiv tilshunoslikning tayanch tushunchalaridan biri – bu kontseptdir. Bu atama XX asrning 90
yillariga kelib keng qo‘llanila boshladi. Kontsept so‘zi aslida lotincha conceptus bo‘lib, “tushuncha”
maʼnosini ifodalaydi. Hozir ham k
o‘pincha “konsept” terminidan “tushuncha” so‘zining sinonimi sifatida
foydalanilmoqda. Shuningdek, kontsept termini matematik logika, madaniyatshunoslik, psixologiya kabi
fanlarda ham faol qo‘llanilmoqda.
Ushbu maqolada «
о
na» konseptini lingvokulturologik jihatdan tahlil qilish va buni bir qator
tillardagi maqollarni qiyoslash orqali amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Maqollar xalqning ko‘p yillar
davomida to‘plagan ma’naviy boyligi va madaniy merosi hisoblanadi. Maqollar paremiyalarning bir turidir.
Rus va bir qator tillardagi oila, oilaviy an’analar va tarbiya metodlarini tahlil qilganimizda, shu narsa
ma’lum bo‘ldiki, barcha tillarda ona tushunchasi muhim o‘ringa ega [5.8-b.]
1)
Оna har bir inson uchun qadrlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |