S. To‘ychiyeva O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti А nnotatsiya. Ushbu maqola oilada yoshlarning internet tarmog‘idan foydalanish madaniyatini
shakllantirishda ota-onalarning savodxonligini oshirish haqida yoritilgan. Bu borada ota-onalarga tavsiyalar
berilgan. Oiladagi muhit va internet tarmog‘i o‘rtasidagi munosabatlari ilmiy tahlil qilingan. Ushbu
masalani o‘rganish oila pedagogikasi uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ка lit so‘zlar: о
ila, internet
, оtа
-
о
n
а,
farzand, munosabatlar.
Формирование культуры использования интернета для молодёжи в семье Аннотация. В этой статье основное внимание уделяется повышению осведомленности
родителей о том, как использовать интернет для развития культуры использования интернета для
молодежи. Родителям рекомендуется по этому вопросу
научно
-
аналитический анализ взаимосвязей
между семейной средой и интернетом. Изучение этой проблемы важно для семейной педагогики.
Ключевые слова : семья, интернет, родители, дети, отношения.
The formation of a culture of using the Internet for youth in the family Abstract. This article focuses on increasing parents' awareness of how to use the Internet to
develop a culture of using the Internet for young people. The relationship between the family environment
and the Internet has been scientifically analyzed. Studying this issue is important for family pedagogy.
Keywords : family, internet, parents, children, relationships
Yoshlarning ma’naviy olamini shakllantirishga halaqit qilayotgan illatlar, turli buzg‘unchi g‘oyalar
va mafkuralardan ularni asrash borasida bir qator ishlar amalga oshirilishi lozim. Hozirda aksar yoshlarimiz
internet tarmoqlaridan keng foydalanmoqdalar. O‘zbekistonda kompyuter texnologiyalari, internet tizimi
ijtimoiy-madaniy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bo‘lgan. Texnika tamoyillarining ustuvorlik
darajasi mustahkamlanib bormoqda. Buning natijasida yoshlarimizning dunyoni anglash ko‘lami, o‘z
bilim-salohiyatini oshirish ehtiyojining qondirilishi holati zo‘rayib bormoqda. Milliy qadriyatlarimiz
maskani bo‘lgan oilaga ham internet tarmog‘i kompyuter, mobil tarmoqlari orqali kirib keldi. Bu o‘rinda
internet oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarga qay tarzda ta’sir qiladi? Ba’zi ota-onalar uchun “begona”,
“tushunish qiyin bo‘lgan” bu “matohlar”ga nisbatan e’tibor va farzandlari tarbiyasi borasida qiyinchiliklar
yuzaga keladimi? Tinimsiz axborotlar o‘zbek xalqining azaliy qadriyatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.