Tog usuli. Guidebook. Kirish


Assotsiatsiya va Tasavvur



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana22.05.2023
Hajmi1,61 Mb.
#942293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
TOG o\'quv qo\'llanma

Assotsiatsiya va Tasavvur 
 
Mnemonika – eslab qolish san’ati. Ya’ni 
sunʼiy assotsiatsiyalar hosil qilish 
yoʻli bilan esda olib qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi 
usullar tizimi. 
Mnemonika orqali istalgan ma’lumotni tez va oson eslab qolish mumkin. 
Ammo eslab qolish nimani hisobiga amalga oshadi. Buning hammasi miyamizning 
tabiiy ishlash funksiyalaridan kelib chiqadi. Bizning miyamiz tasvirlarni yaxshi 
eslab qoladi. Buni qisqacha qilib shunday deb atashimiz mumkin: Tasavvur – 
miyaning tili. Agar siz o’zingizga kerakli ma’lumotni tasavvur qilib eslab qolsangiz, 
ushbu ma’lumot yaxshiroq eslab qolinadi. Agar ushbu tasavvur qilishga 
assotsiatsiyani qo’shsak, u holda bu mnemonikaga aylanadi va ma’lumotni yanayam 
uzoqroq muddatga eslab qolsa bo’ladi. 
Keling, hozir tasavvurimiz va kreativligimizni ishlatgan holda ushbu 
topshiriqni bajaramiz. Quyida 10 ta juft so’zlar beriladi. Bizning vazifamiz ushbu 10 
ta so’zni bir-biriga tasavvur qilib bog’lash. Buni hozir biz birgalikda bajaramiz, 
keyingi juftliklarni esa mustaqil bajarishga harakat qiling. Ushbu mashq 
mnemonikaning asosi hisoblanadi. Agar ushbu mashqni osonlik bilan bajara 
olsangiz, u holda xorijiy so’zlarni eslab qolishingiz ham nisbatan osonroq bo’ladi. 
1. Narvon – Sher 
2. Kosmos – Fonar 
3. Tufli – Likopcha 
4. Ruchka – Miya 
5. Kitob – Mix 
6. Yelim – Qanot 
7. Mushuk – Tosh 
8. Yostiq – Chumoli 
9. Arg’imchoq – Piyoz 
10. Rozetka – Toj 
Yuqoridagi 10 ta juft so’zlarni hozir birgalikda bir-biriga bog’lashga harakat 
qilamiz. Faqat bog’langan narsani yaxshilab tasavvur qilishingiz shart! Xuddi 
haqiqatan ham xuddi shu narsalar sodir bo’layotgandek tasavvur qiling: 
1. Sher narvonni devoringizga qo’yib, tomga chiqib ketmoqda. 
2. Kosmos qorong’iligi uchun siz fonar tushurib kosmosda sayr qilyabsiz. 
3. Likopchani ustiga tufliyingizni qo’ydingiz va uni dushmaningizga ovqat 
sifatida beryapsiz. 
4. Miya ruchka bilan miyaning rasmini chizmoqda. (obrazni vaxshiyroq qilib 
tasavvur qilish ham mumkin, bu bizda kuchli emotsiyani uyg’otadi) 
5. Kitobga mix qoqib tashladingiz 


6. Qushning ikki qanotini yelimlab qo’ydingiz, u endi ucha olmayapti. 
7. Ko’chadagi mushuk sizga tosh otmoqda 
8. Yostig’ingizni ustida chumolilar dam olib yotipti 
9. Piyoz arg’imchoq uchmoqda 
10. Rozetkaning ustiga toj kiydirib qo’yishgan. 
Agar yuqoridagi yozilganlarni tasavvur qilishga qiynalgan bo’lsangiz, hech 
qisi yo’q. Bu mashqni takroran ko’proq bajaraversangiz, keyinchalik bu jarayon 
osonlashadi va qiyinchilik tug’dirmaydi. 
1. Narvon – ? 
2. Kosmos – ? 
3. ? – Likopcha 
4. ? – Miya 
5. ? – Mix 
6. Yelim – ? 
7. ? – Tosh 
8. Yostiq – ? 
9. Arg’imchoq – ? 
10. ? – Toj 
Ana endi so’roq o’rnida turgan so’zlarni topishga urinib ko’ring, javoblarni 
esa oldingi betdan tekshirib olishingiz mumkin. 
Xo’sh, qanday? Natija a’lomi? Eng kamida 10 tadan 8 ta so’zning juftini eslay 
olgandirsiz, albatta bu yaxshi natija. Eng qizig’i sizga faqatgina so’zlarni bog’lab 
tasavvur qiling deyilgandi, siz esa uni eslab ham qoldingiz. Ya’ni eslab qoling 
deyilmagan bo’lsa ham, siz ushbu 10 ta juftlikni yaxshigina eslab qoldingiz. Eng 
qizig’i shundaki, bu juftliklarni ertasi kuni eslashga harakat qilsangiz ham, natija 
ya’na a’lo darajada bo’ladi. Siz ushbu so’zlarni unutishingiz juda sekin bo’ladi. 
Mana shu mnemonika orqali yodlash deyiladi. 
Agar natija yaxshi chiqmagan bo’lsa, u holda sizda ushbu 3 ta muammo 
bo’lishi mumkin: 1. Siz berilgan bog’lanishni tasavvur qilmay, shunchaki o’qib 
ketgansiz; 2. Tasavvur qilish paytida sizning diqqatingiz chalg’igan bo’lishi 
mumkin; 3. Siz yozilgan so’zlarni nimaligini bilmaysiz (albatta bunday holat 
uchrashi juda g’alati, lekin tarelka o’zbek tilida likopcha ekanligini bilmaydigan 
ayrim insonlar bor. Siz ularning qatoriga kirmaysiz^_^) 
Endi mustaqil shug’ullanish uchun 3 ta ustunda 10 tadan juft so’zlar beriladi. 
Bu so’zlarni o’zingiz mustaqil ravishda bo’glashga harakat qiling. Eng qizig’i, 
ushbu mashqni oilangiz a’zolari bilan bajarishingiz mumkin. Bolalarga ushbu o’yin 
yoqishi aniq. 


Bog’lashda so’zlarning yaxshi esda qolishi assotsiatsiyaning qanchalik 
mustahkamligi va tasavvurning qanchalik yorqinligiga bog’liq. Agar so’zlar 
noodatiy, qiziqarli, kulguli bog’lanadigan bo’lsa, hamda aniq-tiniq tasavvur qilinsa, 
takrorlashsiz bir marta eslab qolishning o’zida uzoq muddatga, balki bir umrga esda 
qolishi ham mumkin. Xo’sh, mustahkam assotsiatsiya qanday bo’ladi? Assotsiatsiya 
mustahkam bo’lishi uchun asosan 3 ta narsaga e’tibor berish kerak: 1. Noodatiylik; 
2. O’zaro kuchli ta’sir; 3. Yorqin tasavvur. Endi har biriga alohida to’xtalib o’tsak. 
Noodatiylik degani shuki, obrazlar bir-biriga oddiy bog’lanmasligi kerak. 
Misol uchun ruchka va kitob so’zini bog’lash kerak bo’lsa, shunchaki ruchka 
kitobning ustida turganini tasavvur qilgandan ko’ra, ruchkani yuqori tezlikda uchib 
kelib devordagi kitobga sanchilib qolganini tasavvur qiligan yaxshiroq esda qoladi. 
Yana boshqa misolni ko’radigan bo’lsak, aytaylik telefon va tufli so’zini 
bog’laganda telefonni tufli ichiga solgandan ko’ra telefon tufli kiyib ko’chada 
yurganini tasavvur qilgan yaxshiroq esda qoladi. To’g’ri telefonda oyoq bo’lmaydi. 
Lekin, tasavvurda hamma narsaning iloji bor va unda chegara degan narsa yo’q. 
Ko’p multfilm va fantastik kinolar ko’rgan odamlarda bunday noodatiy 
tasavvurlarni qilish qiyinchilik tug’dirmaydi. Miyamiz oddiy voqealarni yaxshi 
eslab qolmaydi. Misol uchun yoningizda kimdir avariyaga uchragan bo’lsa yoki ikki 
kishi mushtlashib ketadigan bo’lsa, bu voqeani esingizdan chiqarmaysiz. Lekin 3 
kun oldin nima ovqat yeganingizni eslolmasligingiz mumkin. Chunki bu holat 
doimiy takrorlanadigan va oddiy holat. Xullas obrazlarni iloji boricha noodatiy 
bog’lashga harakat qilish kerak. Shunda uzoq muddatga esda qoladi. Agar oddiy 
bog’lab qo’ysangiz bir necha kundan so’ng yodingizdan chiqishni boshlaydi. 
Obrazlar orasidagi o’zaro ta’sir ham eng muhim qismlarda biri. 
Bog’lanayotgan obrazlar bir biriga ta’sir ko’rsatishi kerak. Agar shunchaki yonida, 
ustida turibdi bo’ladigan bo’lsa, tez esdan chiqishni boshlaydi. Yuqoridagi ruchka 
va kitob misolida ko’rganimizdek kitobning ustida ruchkani tasavvur qilgandan 
ko’ra, kitobga ruchkani sanchgan yaxshiroq. Chunki bunda obrazlarning o’zaro 


ta’siri kuchliroq. Yana bir misolni 
ko’rsak, 
olma 
va 
sokni 
bog’layotganda ko’pchilik olmali 
sok deb o’tib ketadi. Bu esa esda 
qolarli emas. Undan ko’ra olma va 
sok alohida tasavvur qilib bog’lagan 
yaxshi. Masalan turli soklar orasida 
poyga bo’layotgani va soklar olmani 
g’ildirak sifatida ishlatayotganini 
tasavvur qilganingiz yaxshi esda 
qoladi.
Tasavvur qanchalik yorqin 
bo’lsa, u shunchalik yaxshi esda 
qoladi. Chunki miyamiz rang-
baranglik va tiniqlikni yoqtiradi. 
Xira video va 4k formatdagi videoni 
ko’radigan 
bo’lsangiz, 
4k 
formatdagi 
videoni 
qayta-qayta 
tomosha qilgingiz keladi. Oq va qora 
rangdan iborat rasmni va rang 
barang 
rasmni 
ko’radigan 
bo’lsangiz, rangli rasm sizga yoqadi. 
Shu sababli tasavvurni rangli va 
yorqin, har bir detaligacha urg’u bergan holda tasavvur qiling. 
Agar sizda hozirgacha hech qanday muammo bo’lmagan bo’lsa, u holda siz 
xorijiy so’zlarni eslab qolish texnikasiga o’tishingiz mumkin. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish