www.ziyouz.com kutubxonasi
41
mening uchun ikki do‘st yoniga dafn qilinmog‘imdan ko‘ra muhimroq narsa yo‘q edi!» -
dedilar.
So‘ngra mo‘minlar onasi Xafsa (hazrati Umarning qizlari) bir
necha ayollar bilan kirib
kelishdi. Erkaklarni ko‘rib, ayollar tashqarida qolishdi, birgina Xafsaning yolg‘iz o‘zlari
hazrati Umarning huzurlariga kirib, tepalarida bir muncha vaqt yig‘lab o‘tirdilar.
To‘planganlar hazrati Umarga: «Ey mo‘minlar amiri, vasiyat qilib, biror kishini
o‘rningizga xalifalikka qoldiring», deyishdi. Shunda Umar (r.a.): «Men
bu ishga
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlari oldida roziliklarini bildirgan o‘shal
kishilardan ko‘ra haqliroq biror odamni topmadim. Janob Rasululloh o‘shanda Ali,
Usmon, Zubayr, Talha, Sa’d va Abdurahmonni tilga olgan edilar. O’g‘lim Abdulloh ibn
Umar esa mening oldimda «Xalifalikni talab qilmayman», deb so‘z beradi. Uning xalifalik
xususida hech qanday haq-huquqi yo‘q bo‘lib, mening bu vasiyatim uning uchun
xalifalikni talab qilmoqdan tiyib turuvchi bir ulug‘ hay’at kabidir. Agar xalifalik Sa’dga
nasib etsa, bu Alloh taoloning irodasidur. Basharti nasib etmasa,
qaysi biringiz ham
xalifa bo‘lsangiz, o‘z ishingizda unga suyaning, chunki men uning ojizligu xiyonat
qilganini sira bilmayman», - dedilar.
Keyin yostiqdan boshlarini arang ko‘tarib, to‘planganlarga so‘nggi vasiyatlarini
aytdilar: «Mening o‘zimdan keyingi xalifaga qiladigan vasiyatim shuki,
avvalgi
muhojirlarning haq-huquqlarini e’tirof qilib, ularning izzat-hurmatini joyiga qo‘ysin!
Madinaga va iymonni qalblariga jo etgan ansorlarga yaxshilik qilsin, ularning yaxshi
ishlarini qabul aylab, yomonlarini kechirsin! Men unga yana bunday vasiyat qilurman:
shahar ahliga yaxshilik ko‘rsatsin, chunki ular Islom tayanchi,
mol yiQuvchi va
dushmanga qiron keltiruvchi bo‘lib, ulardan rozi qilib ortiqcha mollarigina olinadi. Men
unga yana bunday deb vasiyat qilurman: badaviylarga yaxshilik qilsin, chunki ular
arablarning ildizi va Islom o‘zagi bo‘lib, ularning sarxil bo‘lmagan mollaridan olinib,
faqirlariga qaytariladi. Men unga yana bunday deb vasiyat qilurman: «Alloh taolo va
uning Rasuli zimmasidagi (ya’ni, zimmiylar bilan musulmonlar o‘rtasidagi) ahdnomaga
vafo qilsin,
zimmiylarni himoya aylasin, ularga tog‘atlari yetadigan yuknigina
yuklangizlar!»
Hazrati Umar (r.a.) yuqoridagi vasiyatni aytib bo‘lgach, hijriy 23 (milodiy 645)
sananing 27-zulhijja kuni og‘ir jarohatlardan tuzala olmay, jonni Haqqa topshirdilar.
Janozalari masjidda o‘g‘ildi, Suhayb Rumiy imom bo‘ldilar. Tobutlarini ko‘targan yuzlab
kishilar Oisha onamizning hujralari tomon yo‘l olishdi. Abdulloh ibn Umar u
muhtaramaga salom berib: «Umar ibn al-Xattob ikki do‘stlari
yoniga dafn
qilinmoqliklariga izn so‘rayotirlar!» - dedi. Oisha onamiz: «Tobutni hujramga olib
kiraveringlar», dedilar. Hazrati Umarning (r.a.) jasadlari hujrai saodatga olib kirilib, ikki
do‘st yoniga dafn etildi. Shunday qilib, hazrati Umarning (r.a.) xalifalik davrlari o‘n yilu
olti oy davom etdi. Bu zot ham vafot etganlarida, Payg‘ambarimiz
Muhammad
alayhissalom kabi 63 yoshda edilar.
Amiral mo‘minin hazrati Umar jisman vafot topgan esalar-da, u zotning Alloh yo‘lida,
Uning dini ravnaqi yo‘lida olib borgan ishlari, ulug‘ xizmatlari, jasorat va fidoyiliklari
musulmonlar olamida yaxshilik va adolat timsoli sifatida yashab kelyapti.
Rasuli akram
(s.a.v.) Umar (r.a.) haqlarida: «Alloh taolo to‘g‘rilikni Umarning tiliga va qalbiga soldi»,
degandilar. Yana hazrati Umarga «Islom davlatini boshidan to‘g‘ri asosga bino qilgan
zot», deb ta’rif berilgan edi. Alloh taolo barcha ashobi kiromlar qatori hazrati Umar ibn
Xattobdan rozi bo‘lsin!
www.ziyouz.com
2008