Muqimiyiing
(1850-1903)
“To‘yi Iqonbachcha” satirasida toshkentlik boy tilida keskinlik,
dag‘allik, buyruq, iqonlik gumashta nutqida esa ezmalik, lanjlik xususiyatlari
ko‘rinib turadi.
Muqimiy tili Navoiy an’anasi - eski o‘zbek adabiy tilining davomi, mumtoz
adabiyotga xos badiiy uslub va grammatik shakllar aks etgan bo‘lsa-da, undan ko‘p
jihatdai farq qiladi. Birinchidai, so‘zlashuv uslubiga xos jihatlar ko‘p. Ikkinchidai,
rus tiliga doir leksik unsurlar mavjud. Darhaqiqat, shoir asarlarining tili, shubhasiz,
xalq tili, folklor tili hisobiga boyidi. Muqimiy asarlarida xalq maqollari, hikmatli
so‘zlari ko‘p qo‘llanilgan. Ba’zi xalq maqollari leksik va grammatik jihatdan hech
o‘zgarishsiz ishlatilgan, ayrimlari qofiya talablariga ko‘ra she’r misralariga
singdirib yuborilgan:
Arzon emas beillat, qimmat emas behimmat, gar qilich
boshimga ham kelsa, degayman rostin, borki masal, birniki mingga degan.
Ayni
paytda, xalq so‘zlashuv nutqiga xos leksik xususiyatlar kuzatiladi:
ko‘rpa, shilta,
chashkalig‘, mo‘ysafid, kalla, o‘sol, ezma, mag‘zaba, shilqim, kekirmoq, injiq,
132
paqir, qolg‘ich, boyaqush, pirsiyon, uvada
kabi. Bundan tashqari, shoir ijodida
yayov, boyaqush, ezma, piching, pirsiyon, uvada, kalla
so‘zlarining sinonimlari
ham qo‘llanilgan
: piyoda, bechora, sergap, kinoya, eronli, yirtilgan, bosh.
Muqimiy she’riyatida so‘z o‘rtasi va oxirida tovushlarning tushib qolishi
hodisasi, shevaga xos xususiyatlar uchraydi:
bo‘g‘an, qimas, g‘ish, kemasun,
quflagan, istezo
. Shuningdek, tovush almashish holatlari ko‘zga tashlanadi:
maxtagan, taraxlab, besh qarish, shilqin
. Bularni xalq tiliga xos xususiyat sifatida
ham baholash mumkin.
Muqimiy asarlaridagi xalqchillikni kichraytish, erkalash kabi ma’nolarni
ifoda qiluvchi so‘zlarni qo‘llashda ham ko‘rish mumkin:
kokilchalari, yuzginasiga,
oyginani, holagina
.
Shoir satiralarida ba’zi so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llanib, adabiy tildagi
ma’no xususiyatlariga nisbatan alohida obrazlilik kasb etgan. Xususan,
tuxum
so‘zi
“qarindosh-urug‘”,
jo‘ja
“bola-chaqa”,
ichkari
“xotin-qiz, ayol” ma’nosida
qo‘llangan. Muqimiy ijodida
o‘pkangni bas, ko‘zga bizi ilmagay, ashi misoli
tabaqda ko‘z yashi, changi chiqdi
kabi frazemalar ham kuzatiladi.
Shoir she’riyatida rus tili va u orqali boshqa tillardan kirib kelgan leksemalar
ham talaygina. Bu davrda chet so‘zlari uchun ma’lum orfografik qoida yo‘qligidan
o‘zlashmalar qanday talaffuz qilinsa, shunday yozilgan:
o‘rus, kantura, zavut,
cho‘t, kalaska, ishtirop, uez, do‘xtur, vog‘un
va boshqalar. Ruscha so‘zlarning
qo‘llanish ma’nolari ham xilma-xil, jumladan,
vagon
so‘zi “poezd”,
samovar
esa
“asbob”, “choyxona” kabi ma’nolarda qo‘llanilgan. Bundan tashqari, Muqimiy
ba’zi ruscha so‘zlarga o‘zbekcha affikslarni qo‘shib yangi so‘z sifatida ishlatgan:
moshinachi, zavodchi, moskovchi, tiligrafchi, purjinali
. Shoir ayrim so‘z va so‘z
birikmalaridan esa obraz yaratish kabi ma’lum uslubiy maqsadlarda foydalangan:
seychas, pojalista, durak, pashol, piyonista, zakun
kabilar;
Topib mardikorini - Seychas yuring,
Pajalista, - der erdi, - emdi turing.
133
Eski o‘zbek adabiy tiliga xos bo‘lgan -dur, -g‘on, -g‘an, - ar, -ibon, -mish
kabi shakllari ishlatilgan:
sharmandadur
,
bo‘g‘ubon, ochig‘an, quyibon,
qo‘ydiradurg‘on, sotar, tugar, o‘lmish, olmish.
Tushum kelishigi -i, -n, - ni, jo‘nalish -a, -ga, -g‘a, chiqish kelishigi –din,
qaratqiya kelishigi -ning, -ing affikslariga ega:
holimi, ko‘zimi, zizmatimi, nonin,
choyxo‘rini, kirdikoringni, o‘zgalara, ko‘nglima, qilurg‘a, yuzginasiga, bo‘ydin,
oshiqidin, xiroming, zulf.
Muqimiy tilida o‘g‘uzcha unsurlar ham bor. Masalan: o‘tgan zamon
sifatdoshi -mish, -an shakllari, hozirgi-kelasi zamon fe’lining birinchi shaxs birligi
bilmam, qilmam
, ikkinchi shaxs birligi
aylayur
tarzida ishlatilgan:
qolmish
,
bo‘lmish, o‘ltiran, qilan
. Shu bilan birga, izofali birikmalar ham keng qo‘llanilgan:
lofi donish
,
bemori ishq
,
la’li shakkor,
g‘unchai afgor, To‘yi qonbachcha, Zilzilai
Andijon
,
bechori sho‘rlik.
Umuman olganda, Muqimiy mahalliy sheva va eski o‘zbek tili
materiallaridan samarali foydalangan. Shu bois u til hamda uslubining ixcham,
ravon, sodda, tushunarli bo‘lishiga erishgan. Ayni paytda, ijod jarayonida rus tiliga
xos o‘zlashmalarni ham e’tibordan chetda qoldirmagan.
Furqat
(1859, Qo‘qon - 1909, Yorkend) ning asosiy xizmati shundaki,
Muqimiy singari adabiy til va uslubni so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirishga harakat
qildi. Bunga uning “Gapning tasnifi”, “To‘y tavsifi”, “Aza tavsifi” kabi asarlari
dalildir. Shoir xalq ijodi uslubiga ergashib, “olim bo‘lsang, olam seniki” maqoli
asosida quyidagi she’riy parchani yaratgan:
Kishikim ilmu fandin boxabardur,
Xaloyiqqa baqadru mo‘tabardur. Shuningdek, arxaizmlar va o‘g‘uz tillariga xos
jihatlar, diniy so‘zlar ham uchraydi:
ayru, bo‘yla, taqi, tegru, qayu; cho‘x, o‘l, na,
bormish, olmish
;
ziyorat, toat, ibodat, qiyomat, mahshar, iyd, kaliso
(cherkov),
butxona, chalipo
(but) singari.
Furqat o‘zbek adabiy tili leksikasini yangi so‘zlar bilan boyitdi: Shoir tilida
ayrim so‘zlar yangi semantik xususiyat kasb etgan. Masalan,
barq, doru, olmos
so‘zlariga xilma-xil ma’no yuklagan:
barq
- elektr toki,
doru
- elektr tokining
134
kerakli manbai,
olmos
so‘zini esa lampochkaning volfram simi semasida
qo‘llagan.
Fonus
so‘zi aslida arabcha bo‘lib, qo‘l fonarini anglatgan. Furqat esa uni
“elektr lampochkasi” semasida ishlatgan:
Chunonchi, ikki fonus ahli hikmat,
Yasabturlar qilib izhor san’at.
Yonar befilta, begugurt, be yog‘
Anga bir sim ishorat aylagay chog‘.
Shu davr so‘zlashuv tilida esa
fonus
so‘zi umuman chiroq ma’nosida qo‘llangan.
Furqat she’riyatida bir necha mavzuiy guruhga tegishli ruscha va u orqali
boshqa yevropa tillaridan kirgan so‘zlar qo‘llangan. Masalan: harbiy atamalar:
adyutant, genaral, afitser, soldat, matros, rota
; siyosiy-diplomatik so‘zlar:
komissiya, konsul, duma, siezd, manifest, zabastovka
; aloqa vositalarini ifodalovchi
lesemalar:
tilgirof,
po‘shtaxona
;
madaniy-ma’rifiy
muassalari
nomlari:
uchitelskaya seminariya, gimnaziya, muziy
kabi.
Ruscha so‘zlarning asl lug‘aviy ma’nosi o‘zgargan holda ham uchraydi.
Masalan,
muzikant
ning fonetik o‘zgargan varianti
muzikon
“muzika asboblari”
ma’nosida qo‘llangan:
Chalindi anda har xil muzikonlar
. Ayrim so‘zlar ko‘p
ma’nolarda ishlatilgan:
moshina
- ipak ishlab chiqaradigan qurol; parovoz;
pilarama singari semalarni ifodalagan. Rus so‘zlari ishtirokida yangi leksema va
so‘z birikmalari ham hosil qilingan:
nomerlik, zovitchi, perivoy qilgon.
Shoir asarlarida leksik-semantik jarayonlar – omonim, sinonim va
antonimlar kuzatiladi:
yuz, ot, ol, bor; el, xalq, jamoat, do‘st, birodar, yor, oshno,
tabib, hakim, kosib, hunarmand, ovora, sarson, dard, alam, javo, jabr, kulfat,
savdo, g‘am, pari, jonon, sanam, yuz, chehra, bet, diydor
;
shodlik – g‘am, kulgi –
yig‘i, xon – g‘ulom, shoh – gado, erkak – xotun, yoz – qish
.
Bundan tashqari, Furqat uslubiga xos, adabiy tilda ham, so‘zlashuv tilida
ham uchramaydigan yoxud juda kam ishlatiladigan leksemalar ko‘zga tashlanadi.
Masalan:
maqom
- odat,
mardumdorliq
- odamgarchilik,
chortan
- to‘rtovlan,
jangu hangoma
- munozara,
araq chekmoq
- terlamoq,
sihatlikka yetishmoq
-
sog‘aymoq va boshqalar.
135
Tushum kelishigi -in, -i, jo‘nalish kelishigi -a, chiqish kelishigi -din
affikslari bilan berilgan:
holin, ko‘ksima, ko‘nglumi, ustina, dardima
bechoralig‘din, orazidin
. Sifatdoshning -mish, ravishdoshning -ibon qshimchalari
ko‘zga tashlanadi:
qilibon, qilmish, bo‘lmish
. Shuningdek, izofali birikmalar ham
uchraydi:
sardori lashkar, ta’limi nemis
.
Furqat asarlarida Navoiy an’analarini davom ettirish barobarida o‘zbek
adabiy tiliga yangi so‘z va ma’nolar yuklashga harakat qildi.
O‘zbek ma’rifatparvar shoiri
Do'stlaringiz bilan baham: |