G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/203
Sana19.05.2023
Hajmi6,42 Mb.
#941315
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   203
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

6.9-rasm. Poligonometriya yo`li  


66 
(ψ) o’lchaniladi. Poligon tomonining uzunligi quyidagi formula yordamida hisoblab 
chiqariladi: 
d
1
= b sin ψ
1
cosecφ
1
(6.5)
Qisqa bazisli paralaktik poligonometriyada ham poligon tomonining 
direksion burchaklari va burilish punktlarining koordinatalari formula asosida 
hisoblaniladi.
Keyingi yillarda magistral poligonometriyaning tomonlarini yoki paralaktik 
planimetriyaning bazislarini o’lchashda svetodalnomer va radiodalnomerlar 
qo’llanilmoqda. Dalnomer poligonometriyasi ham koordinatalari ma’lum bo’lgan 
ikki tayanch punkt oralig’ida o’tkaziladi. Bunda poligon tomonlari dalnomer bilan 
poligon burilish burchaklari aniq teodolit bilan o’lchanadi. Poligon tomonlarining 
direksion burchaklari boshlang’ich tomonning direksion burchagidan va burchak 
o’lchash natijalaridan foydalanib formula yordamida, poligonometriya 
punktlarining koordinatalari esa boshlang’ich punktning ma’lum koordinatalaridan 
va o’lchash natijalaridan foydalanib formula yordamida topiladi.
6.5. Davlat planli tayanch tarmoqlari 
Davlat planli geodezik tayanch tarmoqlari triangulyatsiya, trilateratsiya va 
poligonometriya uslublarida barpo qilinadi. Uslublar joyning sharoitiga va iqtisodiy 
jihatdan afzalligiga qarab tanlanadi. Hozir asosan triangulyatsiya uslubidan
foydalanilmoqda.
Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilishqa punktlarning bir-biriga yaqin-
uzoqligi (zichligi) katta ahamiyatga ega. Territoriyaning 1:25000 va 1:10000 
masshtabli planini olishda davlat planli geodezik tayanch tarmoqlari 50-60 km
2
ga 
bir punkt to’g’ri keladigan qilib, 1:5000 masshtabli tasvirga olishda 20-30 km
2
ga, 
1:2000 masshtabli tasvirga olishda esa 5-15 km
2
ga bir punkt to’gri keladigan qilib 
hosil qilinadi. Davlat planli tayanch tarmoqlari burchak va masofani o’lchash 
aniqligiga, uchburchak tomonlarining uzunligiga va tarmoqlarni hosil qilish tartibiga 
qarab 1, 2, 3 va 4 – klasslarga bo’linadi.


67 
Davlat geodezik tayanch tarmoqlari umumiydan bo’lakka , yuqori klassdan 
pastki klassga o’tish prinsipida quriladi. Bunda dastlab 1-klass tarmog’i, unga 
asoslanib esa birin-ketin 2, 3 va 4- klass tarmoqlari o’tkaziladi. Bunday prinsipni 
qo’llanish 
mamlakatimiz 
territoriyasida qisqa muddatda 
yagona 
koordinata 
tizimini 
tarqatishga imkon beradi.
1-klass 
davlat 
planli 
tayanch 
tarmoqlari 
qator 
uchburchaklardan iborat bo’lib, 
meridian va parallel yo’nalishi 
bo’yicha 
o’tkaziladi. 
Uchburchaklar 
zvenosining 
uzunligi 250 km ga boradi (6.10-
rasm). 
Uchburchaklar 
zvenosining o’zaro kesishishidan
hosil bo’lgan to’rtburchakning 
perimetri tahminan 800-1000km 
dir. 1-klass tarmoqlarida har bir 
uchburchak tomoni 20 km dan qisqa bo’lmasligi kerak. Uchburchakning bir-biri 
bilan kesishgan joylarida bazis (chiqish tomon) o’lchanadi va bazis uchlarining 
koordinatalari astronomik usulda aniqlanadi. Uchburchak qatori bo’yicha 
astronomik- gravimetrik nivelirlash o’tkaziladi. 1-klass geodezik tayanch 
tarmoqlariga astronomik–geodezik tarmoqlar deyiladi. Keyingi vaqtda ayniqsa 
o’rmon zonalarida va shaharlarda masofalarni o’lchashda juda aniq svetodalnomer 
va radiodalnomerlar qo’llanilganligidan, 1-klass triangulyatsiya uchburchaklari 
qatori o’rniga 1-klass poligonometriya yo’llari o’tkazilmoqda. Bunda 
poligonometriya yo’lining uzunligi 20-25 km bo’ladi. Odatda 1-klass 
poligonometriya yo’llari 1-klass triangulyatsiya punktlari oralig’ida o’tkaziladi. 
 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish