46
Topografik plan yoki kartalarning masshtabi jihatidan taqqoslab ko’rganda
sonli masshtabining maxrajidagi raqami kichik bo’lgan plan yoki karta yirik bo’ladi.
Masalan, 1:5000 masshtabli plan 1:10000 masshtabli kartaga nisbatan ikki baravar,
1:50000 masshtabli kartaga nisbatan esa 10 baravar yirikdir.
Har bir topografik plan yoki karta varag’ida tasvirlangan territoriyaning katta-
kichikligi shu karta yoki planning masshtabiga bog’liqdir. Masalan, 1:2000
masshtabli planda 1:1000 masshtabli plandagiga nisbatan 4 baravar katta territoriya,
1:50000 masshtabli kartada 1:25000 masshtabli kartadagiga nisbatan 4 baravar,
1:10000 masshtabli kartaga nisbatan esa 16 baravar katta
territoriya tasvirlangan
bo’ladi. Masshtab qanchalik yirik bo’lsa, plan (karta) da o’lchash shunchalik aniq
bo’ladi.
Karta yoki planda tasvirlangan chiziqning joydagi uzunligini sonli
masshtabdan foydalanib aniqlash uchun chiziqning o’lchangan
uzunligi sonli
masshtabning maxrajiga ko’paytiriladi. Masalan, 1:5000 masshtabli planda
chiziqning o’lchangan uzunligi 3,7sm bo’lsa,
uning joydagi uzunligi
3,7×5000=18500 sm =185 m bo’ladi.
Kartadan o’lchab olingan chiziqning joydagi uzunligini natural masshtab
yordamida aniqlash uchun chiziqning uzunligi karta (plan)
asosi masshtabiga
ko’paytiriladi. Masalan 1:10000 masshtabli karta masshtabinig asosi 100 m va
o’lchangan chiziqning uzunligi 4,5sm bo’lsa, uning jopydagi uzunligi 4,5×100=450
m bo’ladi. Bu misollardan ko’rinishicha, joydagi masofa uzunligini topishda karta
Yigirma beshmingli
1:25000
250
2.5
6,25
Ellik mingli
1:50000
500
5.0
25,00
Yuz mingli
1:100000
1000
10.0
100,00
Ikki yuz mingli
1:200000
2000
20.0
400,00
Uch yuz mingli
1:300000
3000
30.0
900,00
Besh yuz mingli
1:500000
5000
50.0
2500,00
Millionli
1:1000000
10000
100.0
10000,00
47
yoki planda o’lchab olingan chiziqning uzunligini sonli va natural masshtabda
ko’paytirib hisoblashga to’g’ri keladi.
Masshtab
grafik shaklida ifodalansa, chiziqli masshtab deyiladi. Chiziqli
masshtab bitta chiziqdan yoki ikkita parallel chiziqdan iborat bo’lib,
chiziqlar
ma’lum uzunlikdagi kesmalarga bo’linadi. Kesma masshtab asosi deyiladi. Odatda
masshtab asosi 1yoki 2 sm ga teng bo’ladi. kesmalar ustiga uning yer yuzidagi
uzunligi yozib qo’yiladi. Chiziqli masshtabning chap
tomonidagi birinchi kesma
teng o’n bo’lakka bo’linadi, har bir bo’lak shu masshtabning grafik aniqligi deb
ataladi. Masalan, masshtabning asosi 1 sm bo’lsa yer yuzida 250 m, grafik aniqligi
1 mm bo’lsa, u joyda 25 m ga teng.
Karta yoki planda o’lchangan chiziqning
joydagi uzunligini bevosita
aniqlashda chiziqli masshtabdan foydalaniladi. Chiziqli masshtabning grafik
aniqligi uning tuzilishiga bog’liq. Chiziqli masshtabning birinchi bo’lagi
qancha
kichikroq bo’laklarga bo’linsa, masshtabning aniqligi shuncha ortadi. Lekin uning
birinchi bo’lagini 1 mm dan ham kichikroq bo’laklarga bo’lib bo’lmaydi. Chunki 1
mm dan kichik bo’laklarni ko’z ilg’amaydi.
Kartada o’lchangan chiziqlarning joydagi uzunligini aniqroq o’lchashda
ko’ndalang masshtabdan foydalaniladi. Ko’ndalang masshtab matall lineykalarda,
ba’zi bir geodezik asboblarda va transportirlarda beriladi. Ko’ndalang masshtabning
asosi 2 sm, grafik aniqligi 2 mm ga eng kichik bo’lagi 0,2 mm ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: