G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/203
Sana19.05.2023
Hajmi6,42 Mb.
#941315
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   203
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

 
5.1-rasm.Globusni meridianlar 
bo’yicha yoyilmasi 


41 
Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Globus meridianlar bo’yicha kesib, yoyib 
yuborilsa, uning yaxlit tasviri hosil bo’lmaydi. Orada ochiq joylar qoladi. (5.1-rasm) 
shunga ko’ra yerning sferik yuzasini tekislikda yaxlit tasvirlashda yer yuzidagi bir 
xil uzunlikdagi chiziqlar va bir xil kattalikdagi maydonlar qog’ozga bir xilda 
kichrayib tushmaydi hamda qog’ozda tasvirlangan burchaklar yer yuzidagi shu 
burchaklarga teng bo’lmaydi. Yer va uning ayrim katta qismining kartadagi tasvirida 
burchak va maydon xatolari ro’y beradi. Shunga ko’ra Yer yuzini va uning ayrim 
katta qismini kartada tasvirlashda Yerning sferikligini e’tiborga olish lozim. Buning 
uchun yer yuzidagi geografik obyektlarning kontur va chiziqlari ellipsoid yoki shar 
sirtiga tushuriladi, ya’ni Yer sirtining gorizontal proyeksiyasi hosil qilinadi, bu 
proyeksiya ma’lum matematik qonun asosida tekislikka tushuriladi, bunda dastlab, 
meridian va parallel to’ri, ya’ni kartografik to’r chiziladi. So’ngra kartografik to’r 
ma’lum darajada kichraytirilgan geografik obyektlar bilan to’ldiriladi.Demak, karta 
bu -
yer yuzining ellipsoid sirtidagi gorizontal proyeksiyasining qog’ozdagi 
kichraytirilgan tasviridir.
Umuman, karta tuzishda tasvirlanishi kerak bo’lgan territoriya dastlab 
tuzilayotgan karta masshtabidagi globus yuziga tushirilgan deb faraz qilinadi. 
So’ngra globus ma’lum matematik qonunga, ya’ni kartografik proyeksiyaga 
muvofiq tekislikka yoyiladi. Shunda proyeksiyaning ba’zi chiziqlarida faraz 
qilingan globus masshtabi saqlanadi va bunga 
bosh masshtab deyiladi
. Bosh 
masshtab odatda kartada ko’rsatiladi. Proyeksiyaning boshqa qismlaridagi masshtab 
esa bosh masshtabdan katta yoki kichik bo’lib, xususiy masshtab deb yuritiladi. 
Demak, kartaning masshtabi uning turli joyida turlicha bo’ladi. umuman har bir 
kartaning qanday maqsadda tuzilayotganligiga qarab, ma’lum kartografik 
proyeksiya tanlanadi. Masalan, burchak va masofalar o’lchanadigan kartalar: 
topografik kartalar, dengiz navigatsiyasi va aeronavigatsiya kartalari uchun teng 
burchakli, ya’ni burchaklar o’zgarmaydigan kartografik proyeksiya, maydonlar 
o’lchanadigan yoki territoriyalar bir-biriga solishtiriladigan kartalar uchun esa 
maydonlar o’zgarmaydigan kartografik proyeksiya tanlanadi.


42 
Yer yuzining kattaligi 20×20 kvadrat kilometrdan oshmaydigan qismining 
sathiy yuzaga tushurilgan gorizontal proyeksiyasini yassi deb qabul qilish mumkin. 
Bunda Yerning sferikligi natijasida ro’y beradigan burchak va maydon xatoligi 
geodezik o’lchash vaqtida yo’l qo’yiladigan xatodan katta bo’lmaydi.
Yer yuzining biror kichikroq bo’lagini qog’ozda tasvirlashda Yerning 
sferikligi e’tiborga olinmasdan, joydagi tafsilotlarning konturlari yassi deb qabul 
qilingan sathiy yuzaga proyeksiyalanadi. So’ngra joyning bu gorizontal proyeksiyasi 
qog’ozda ma’lum darajada kichraytirilib tasvirlanadi. Joyning bunday tasviri plan 
deb ataladi. Plan-Yer yuzining yassi deb qabul qilingan bo’lagining tekis sathiy 
yuzaga tushurilgan gorizontal proyeksiyasining qog’ozdagi kichraytirilgan 
tasviridir. Yer yuzidagi tafsilotlarning plandagi qiyofasi joydagi qiyofasiga o’xshab 
tasvirlanadi, ya’ni planning barcha qismida masshtab bir xil bo’ladi

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish