193
12-BOB. GEODEZIK MASALALAR TOPOGRAFIK KARTADA
O’LCHASH ISHLARI
12.1.Topografik kartada o’lchash ishlari to’g’risida umumiy tushuncha
Territoriyani topografik kartadan foydalanib geografik jihatdan o’rganishda
hamda ilmiy va amaliy masalalarni yechishda kartadagi
geografik obyektlarni
o’lchashga
to’g’ri
keladi.
Kartadagi
turli
obyektlarni
olchashga
kartometriya,kartadan foydalanib relyef to’g’risida turli raqamli ma’lumotlar
olishga morfometriya deyiladi. Kartometrik ishlar natijasida turli geografik
obyektlarning o’lchami, maydoni, joydagi chiziqlarning yo’nalishi, nuqtalarning
koordinatalari va boshqalar aniqlanadi. Morfometrik ishlar natijasida esa nuqtaning
absolut
va nisbiy balandliklari, suv havzasi va uning maydoni, joyning qiyalik
burchagi, nishabi, o’rtacha balandligi kabi ma’lumotlar olinadi. Kartometrik va
morfometrik ishlarning bajarilish aniqligi asosan kartaning masshtabiga, ishlatilgan
o’lchov asbobiga va o’lchash uslubiga bog’liq; masshtab qanchalik yirik va asbob
hamda uslub qanchalik aniq bo’lsa, kartometrik va morfometrik ishlar shuncha aniq
bo’ladi. shuning uchun karta, asbob va uslub kartometrik
va morfometrik ishlarni
qanday aniqlikda bajarish zarurligiga qarab tanlanadi. O’lchash ishlarini
bajarayotganda, ayniqsa muhandislik inshootlari loyihalarini tuzishda kartadan
foydalanayotganda karta qog’ozining deformatsiyasi (uzayishi va qisqarishi)ni
e’tiborga olish shart.
Karta (plan)ni matbaada mashinada bosayotganda qog’oz bo’yiga 1,6 %
gacha uzayishi va eniga 2 % gacha qisqarishi mumkin. Bundan tashqari vaqt o’tishi
bilan havoning temperaturasi va namligi tasirida ham karta (plan) qog’ozining
o’lchami o’zgaradi. Mana bular karta (plan) qog’ozining deformatsiyalanishidir.
Kartometrik
ishlar asosan chiziq, maydon va burchakni o’lchashdan iborat
bo’lganligidan,
qog’oz
deformatsiyasi
chiziq,
maydon
va
burchak
deformatsiyalariga bo’linadi. Kartometrik ishlarda qog’oz deformatsiyasini
e’tiborga olish uchun chiziq deformatsiyasini bilish kifoyadir. Qog’ozning
chiziq
deformatsiyasini kartada koordinata to’ri, ya’ni absissa va ordinata qiymatlarini aniq
194
o’lchab va uni nazariy qiymatlari bilan taqqoslab aniqlash mumkin. Chiziq
deformatsiyasi(k) koeffitsient bilan ifodalanib, quyidagi formula bo’yicha topiladi:
k =
l
0
− l
l
0
(12.1)
Bu yerda l
0
- karta (plan) dagi biror chiziq (kilometr to’ri)
ning nazariy
uzunligi,
l-shu chiziqning karta (plan) da o’lchab aniqlangan uzunligi.
Kartaning turli qismlari turlicha o’zgaradi.Amaliy ishlarda kartalarning turli
qismlarida o’zgarish (deformatsiya) aniqlanib, ularning o’rtachasidan foydalaniladi.
Kartadagi masofani o’lchashda chiziqli masshtabdan foydalanilgan bo’lsa,
chiziqning aniq qiymatini topishda chiziq deformatsiyasi uchun tuzatish kiritiladi.
Bu tuzatish quyidagi formulaga muvofiq hisoblab chiqariladi:
l
0
− l = k l
0
(12.2)
Shunda tuzatish kiritilgan chiziqning uzunligi
l
0
= l + k l
0
(12.3)
Bo’ladi.kartadagi chiziq deformatsiyasi ma’lum
bo’lsa, maydon
deformatsiyasini aniqlash mumkin. Masalan, biror konturni tomonlarini uzunligi l
ga teng bo’lgan kvadratdan iborat deylik. Shu konturning
maydon deformatsiyasi
quyidagicha bo’ladi:
S
0
= l
0
2
= l
2
+ k
2
l
0
2
+ 2 k l l
0
. (12.4)
Kartaning deformatsiyasi e’tiborga olingan maydon esa quyidagi formula
yordamida topiladi:
S
0
= S + k
2
S + 2 k S (12.5)
(92-formuladan) ll
0
S deb olingan, k
2
S
0
qiymati juda kichik bo’lgani
uchun
e’tiborga olinmaydi. Shunda kartada o’lchangan maydon quyidagiga teng bo’ladi:
S
0
= S = 2 k S (12.6)
Bu yerda:2k S – qog’oz deformatsiyasi uchun kiritilgan tuzatish.
Karta qog’ozining burchak deformatsiyasi quyidagi formula bo’yicha
topiladi:
195
dα =
1
200
ρ sin α (q − p); (12.7)
Bu yerda
ρ
-burchak deformatsiyasini hisoblashda ishlatiladigan radian
qiymati (minut va sekund);
(p) va (q)- qog’ozning (x) va (y) o’qlar bo’yicha deformatsiyasi (foizi).
Burchak deformatsiyasining ishorasi o’qlar bo’yicha defformatsiya farqi (p-q) ga
bog’liq.
(95)formuladan ma’lum bo’lishicha , burchak 0
o
va 90
o
bo’lgan
karta
qog’ozining burchak deformatsiyasi 0 ga teng bo’ladi. burchak 45
o
dan 135
o
oralig’ida bo’lganda esa burchak deformatsiyasi eng katta absolut qiymatga erishadi.
Shunga ko’ra burchak deformatsiyasini hisoblashda quyidagi formuladan
foydalaniladi:
dα =
1
200
ρ(q − p) (12.8)
Do'stlaringiz bilan baham: