G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


 Sun'iy yo‘ldosh o‘lchashlarini ishlab chiqish uchun dasturiy



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/203
Sana19.05.2023
Hajmi6,42 Mb.
#941315
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   203
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

11.4. Sun'iy yo‘ldosh o‘lchashlarini ishlab chiqish uchun dasturiy 
ta'minot haqida ma'lumotlar 
Sun'iy yo‘ldosh geodezik priyomniklari komplektining asosiy qismi 
o‘lchashlarni rejalash, boshqarish, ishlab chiqish va yakuniy xisobotni tuzishni 
dasturiy ta'minoti xisoblanadi. Ma'lumotlar ASHTECH firmasining PRISM dasturi 
misolida ko‘rib chiqiladi. Bu dastur xar biri ma'lum vazifani bajaruvchi modullar 
(dasturlar) tizimidan tashkil topadi.Ular ro‘yxati quyidagi 11.4-jadvalda beriladi. 
11.4-jadval 
№ Modullar nomi
Qo‘llanish maqsadi 

Transfer 
Fayllarni 
priyomnikdan 
kompyuterga 
ko‘chirish

Planning 
Kuzatishlarni planlashtirish

Process 
O‘lchashlar fayllarini ishlab chiqish 

Adjust 
Tenglashtirish

GPS/CADD 
Ishlar natijalarini grafik taqdim etish

Database 
Ishlab chiqish va o‘lchashlar ma'lumotlarini 
o‘zgartirish

Setup 
Dasturni 
o‘rnatish 
va 
parametrlarini 
o‘zgartirish

Tools 
Xizmat utilitlari
Modullar birlashtirilgan va biridan ikkinchisiga erkin o‘tish PRISM orqali 
erkin amalga oshiriladi. Transfer dasturi fayllarni priyomnikdan kompyuterga 


191 
ortishga va ishlab chiqishga imkon beradi. U priyomnikdan almanaxni tushirish 
imkonini beradi. Al'manax yo‘ldoshdan uzatiladigan ma'lumotlar tarkibiga kiradi va 
sun'iy yo‘ldoshlar orbitalari xaqidagi ma'lumotlarni xam o‘z ichiga oladi. 
Planning dasturi yo‘ldosh al'manaxi ma'lumotlari asosida kuzatishlarni 
normal sharoitini tanlash imkonini beradi. Kuzatishlar oynasini punktni joylashgan 
o‘rni, o‘lchashlar sanasi va vaqti, kestirma burchagi, yo‘ldosh nomeri, punkt yon- 
atrofidagi to‘siqlar parametrlariga qarab tanlaydi. Prosess dasturi fazoviy vektorlarni 
aniqlash va ichki qo‘shishishlik bo‘yicha aniqlikni baxolashni ta'minlaydi. U S/A 
kodli, L

va R kodlardagi fazali va L
2
fazali o‘lchashlarni ishlab chiqishni 
ta'minlaydi. O‘lchashlarni qo‘lda yoki avtomatik ishlab chiqish rejimini tanlash 
imkonini beradi.
Yo‘ldosh o‘lchashlarini nisbiy metodda dastlabki ishlab chiqish maqsadi-bir 
vaqtda ishlagan priyomniklar orasidagi fazoviy vektorni, fazoviy to‘g‘riburchakli 
koordinatalar ortirrmalari (∆X, ∆Y, ∆Z) , qiya masofa D va geodezik koordinatalar 
(B, L, N) hisoblashdan iborat. Bunda boshlang‘ich ma'lumotlar bo‘lib quyidagilar 
xizmat qiladi:
- boshlang‘ich punkt koordinatalari (B, L, N) 
- punktlar markazidan antennalar balandliklari; 
- yo‘ldoshlar joriy koordinatalari, yo‘ldosh soatlari tuzatmalari va ionosfera tutilishi 
parametrlari; 
- barcha kuzatilgan yo‘ldoshlar uchun o‘lchangan eltuvchi fazalar chastotasi va 
kuzatish oni uchun psevdomasofalar. 
Adjust dasturi tarmoqni tenglashtirish uchun qo‘llanadi. U Prosess modulida 
hisoblangan yoki Database da saqlanayotgan vektorlarni import qilish, boshlang‘ich 
punkt koordinatalarini kiritish, stansiyalarni mustaxkam yoki erkin sifatida 
aniqlashi, ularga boshlang‘ich punktlar koordinatalar xatosini berib vaznni aniqlash, 
uch o‘lchamli sistemada tenglashtirishi va yopiq rasmlardagi bog‘lanmasliklar 
bo‘yicha o‘lchashlar sifatini baxolash mumkin. 


192 
Adjust modeliga kiruvchi Fillnet moduli erkin va erkin emas variantlarda 
tenglashtirishni bajaradi. Tenglashtirish natijalari bo‘yicha tenglashtirish aniqligini 
baxolashga oid statistik ma'lumot beriladi.
GPS/CADD dasturi tenglashtirish natijalarini grafik ko‘rinishda taqdim 
etishga imkon beradi.
Database dasturi vektorlar va stansiyalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, davlat 
geodezik tarmog‘i va aloxida tenglashtirishlar natijalarini qo‘shib, kiritishni, 
kiritilgan ma'lumotlarni taxrirlash, nuqtalarni ularni geografik koordinatalari 
bo‘yicha chaqirish va boshqa imkoniyatlarni beradi.Setup oynasi kompyuter 
parametrlarni belgilashni ta'minlaydi.Tools dasturi koordinatalarni foydalanuvchi 
koordinatalari sistemasiga ko‘chirishni , yo‘ldosh o‘lchashlarini RINEX formatiga 
ko‘chirish va boshqa funksiyalarni bajaradi. 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish