Tayanchso’zlar
: yer,karta,ellipsoid, geodeziya, kartografuya, fototopografiya,
aerofototopografiya, topografiya,geodezik asboblar, geologiya, matematika,
chizmachilik, fizika, geografiya.
Nazorat savollari
:
1.
Geodeziya fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
2.
Geodeziya fani qaysi fanlar bilan bog’liq?
3.
Geodeziya fani qanaqa tarmoqlarga bo`linadi?
13
2-BOB.YERNI SHAKLI, O`LCHAMI , KATTALIGI.
GEODEZIYADA QO`LLANILADIGAN KOORDINATALAR
TIZIMI
2.1.Yerni, shakli o`lchami va kattaligi haqida ma`lumot
Yerni shakli va kattaligi haqidagi barcha ma`lumotlar insoniyat uchun juda
ham zarur va keraklidir. Bu ma`lumotlar yerni sun`iy yo`ldoshlarini uchirish,
geologiya,geografiya,geofizika,radio,televideniya
uchun
juda
ham
muhimdir.Yerning tabiiy yuzasi balandlik va chuqurlik, tog’liklar va tekislik, tizma
tog’ va vodiylardan iborat. O’tkazilgan geodezik o’lchashlardan foydalanib yer
yuzidagi nuqtalarning koordinatalari va balandliklarini hisoblab chiqarishda
Yerning umumiy shakliga o’xshash va uni ifodalay oladigan ma’lum bir yuza
boshlang’ich deb qabul qilinadi. Geodeziyada boshlang’ich yuza qilib Yerning
asosiy sathiy yuzasi olingan.
Yer yuzidagi har bir nuqtadan sathiy yuza o’tkazish mumkin
(2.1-rasm).
Sathiy yuza o’ziga hos hususiyatga ega bo’lib, uning barcha nuqtalarida
shovun chizig’i (ipga osilgan yuk yo’nalishi) perpendikulyar yo’nalgan bo’ladi,
2.1-rasm.Sathiy yuzada nuqtalarning joylashishi
14
ya’ni sathiy yuza yer yuzining har bir nuqtasidan tushirilgan shovun chizig’i to’g’ri
chiziq bilan kesib o’tadi.
Yerning asosiy sathiy yuzasi okeanlarning tinch turgan suv sathini Yerning
quruqlik qismi ostidan u hamma joyda shovun chizig’ini to’g’ri burchak bilan kesib
o’tadigan qilib davom ettirilgan deb faraz qilinganda hosil bo’lgan sathiy yuzadir.
Yerning asosiy sathiy yuzasi bilan cheklangan yumaloq geometrik shakl Yerning
shakli bo’lib, geoid degan nom bilan yuritiladi. Binobarin, Yerning shakli deganda,
uning quruqlik qismidagi past-balandliklar e’tiborga olinmaydi.Chunki Yer
yuzining ko’proq qismini (71%) okean va dengizlar, ozroq qismini (29%) quruqlik
tashkil etadi. Bundan tashqari Yer radiusi 6371,11km, quruqlikning okean sathidan
o’rtacha balandligi atigi 875 m, bu esa Yerning umumiy kattaligiga nisbatan
nihoyatda kichikdir.
Yerning geoid shakli tortish kuchi ta’siriga, tortish kuchi esa Yer bag’ridagi
jinslarning joylashishi va zichligiga bog’liq. Jinslarning joylashishi va zichligi
yerning hamma qismida bir xil bo’lmaganligidan geoid yuzasi ham murakkab
“to’lqinsimon” bo’ladi. Masalan,yer bag’rining biror qismida atrofidagi tog’
jinslariga nisbatan yuksak zichlikdagi T massa joylashgan deylik,bu massaning
tortish kuchi atrofdagi jinslarning tortish kuchidan ortiq bo’lganligidan C va E
nuqtalardagi shovun chiziqlari T massaga tomon og’ishadi. Natijada sathiy yuza
KNL yoyi bo’yicha emas, balki KML yoyi bo’yicha o’tadi.
Yer po’stlog’ini tashkil etgan jinslarning zichligi hozirga qadar to’liq
o’rganilmaganligi sababli geoidninng aniq shaklini bilish hal qilinishi qiyin bo’lgan
juda og’ir masaladir. Keyingi yillarga qadar geoid shaklini aniqlash oliy
geodeziyaning asosiy vazifasi deb hisoblanilar edi. Yerning tabiiy yuzasini aniqlash
uchun olim M.S.Molodenskiy geoid shakliga to’gri keladigan kvazigeoid deb
ataladigan yordamchi yuzani taklif etdi. Okeanlar sathida geoid bilan kvazigeoid
yuzalari bir-biriga mos, lekin quruqlikda ular bir-biridan farq qiladi: tekislikda
ulardagi farq bir necha santimetr bo’lsa, tog’li rayonlarda eng ko’pi 1 m, baland
tog’li rayonlarida 2m ga yaqin. Shuning uchun geodeziyada ko’pchilik masalalarni
yechishda geoid bilan kvazigeoid yuzasi bir-biriga to’g’ri keladi deb qabul qilinadi.
15
Geoid (kvazigeoid) shakli murakkab bo’lganligidan, uni biron ma’lum geometrik
shakl bilan ifodalash mumkin emas. Shuning uchun geodezik masalalarni yechishda
bevosita geoidga asoslanib bo’lmaydi.
Geodezik o’lchashlar geoidni
aylanma
ellipsoidga,
ya’ni
ellipsoidning kichik o’qi
Do'stlaringiz bilan baham: |