14-ma’ruza.
KORROZIYAGA QARSHI HIMOYANING ZAMONAVIY USULI.
REJA:
14.1.
Korroziyaga qarshi himoyaning zamonaviy usuli
14.2.
Korrozion tadqiqotlar.
14.3.
Korroziyaga qarshi himoyadagi muammolar.
Korrozion jarayonlar aloxida yoki boshka omillar ta’sirida birga sodir
bo‘lishiga qarab, zaruriy himoya usullari ishlab chikiladi. Bu xilda jixozlarning xar
xil materialdan tayyorlangan detallarning individual himoyalanish zaruriyatlari
hisobga olinadi.
Xozirgi paytda korrozion agressiv muhitlarda va ishlab chikarishni
avtomatlashtirish yo‘nalishlarida (robotlarda) qo‘llaniladigan jixozlarda, korroziya
bilan birgalikda yemirilishga chidamlilik talab kilingan joylarda ishlaydigan detallar
sirtida metall yupqa olishga erishilmokda.
Metall sirtidagi yupqa qoplamalar (2…10 mkm) nitridlar (TiN, Ni (Nc), Zr N),
karbidlar (TiC), oksidalr (Al
2
O
3
va boshkalar) yuqori korroziyabardoshlik va
yemirilishga chidamlikni ta’minlaydi. Bu turlardagi afezion qoplamalari detal sirtiga
yuqori xaroratlarda gazli muhitda kimyoviy reaksiya maxsulotlarini utkazish (SVD
usuli): vaakumda gazli muhitlarda reaktiv yoki kondension utkazish usullari; ionli
yogdirish sharoitida plazma fazalaridan kondensatsiyalash usuli (KMB) reaktiv
elektron-nur plazmali utkazish (REP), faollashgan reaktiv purkash (ARE) va zarbiy
tulkinlar ta’sirida detanatsion qoplamalar usuli kabilar yordamida olishga
erishilmokda.
Izolyatsion qoplamalarni olishda polimer materiallaridan keng foydalaniladi.
Polimer materiallar qo‘llanilishi soxasini oshirish maksadida ularning xossalari xar
xil tuldiruvchilar bilan boyitiladi. Zaruriy sharoitlarga javob beradigan kompazitsion
polimer materiallarni olish xazirgi paytda eng dolzarb yo‘nalishlardan biri
hisoblanadi. Polimer materiallar dispers va tolali, mineral dispersli, antipirenlar,
organik qo‘shimchalar, sferik, tasmasimon, kiska va uzluksiz tolali tuldiruvchilar
bilan aloxida-aloxida yoki birgalikda birikmalri natijasida olinadigan kompazitsion
materiallar olish usullari keng mikyosda tadqiqot kilinmokda. Poliamid sirpanish
podshipniklarining qo‘llanilishi, sirtlarda adgezion mustahkam va tekis qoplamalarni
olishda purkash va planirlash usullari texnologiyalari yaxshi samara bermokda.
Shuningdek, jixozlarni ishlashda va saklashda agressiv muhitlardan himoya
kiluvchi mikroiklim hosil qilish, himoyalovchi muhit yaratish usullariga e’tibor
berilmokda.
14.2.Korrozion tadqiqotlar.
Xozirgi paytda korroziya va unga qarshi himoyada fundamental amaliy va
tajriba tadqiqotlari olib borilishi yo‘lga quyilgan. Biz quyida amaliy va tajriba
tadqiqotlariga tuxtalib utamiz.
Fundamental tadqiqotlarga asoslashgan xoda amaliy va tajriba tadqiqotlari
laboratoriya sharoitlarida, maxsus tayyorlangan talabalarda va ishlash davrida
sinovlar uikaziladi.
Laboratoriya sinovlari asosan detallarni (nusxalari) foydalanishda ta’sir etuvchi
muhitlar va omillar yakinlashuv sharoitida materiallar yemirilishi tavsifi va
intensivligini o‘rganish, xamda fizik-mexanik xossalarini aniqlash uchun bajariladi.
Laboratoriya sinovlarida barcha omillarning ta’sirini bir vaqtning o‘zida hisobga
olish kiyin. Shuning uchun, barcha sinovlar natijalarini takkoslash tavsifiga
asoslanadi. Korroziyaga qarshi himoya usullarini laboratoriya sharoitlarida olib
borish, material va muhitga bog‘liq ravishda belgilangan standartlar asosida
utkaziladi. (Masalan, po‘latdan tayyorlangan detallarning atmosfera sharoitida
korroziyaga chidamliligi 3% li NaCl eritmasida belgilangan sharoitlarida olib
borilishi). Korroziyaga qarshi sinovlar maxsus uskunalarda va zaruriy asboblar
yordamida amalga oshiriladi.
Maxsus stendlarda olib yuriladigan sinovlar murakkabrok bo‘lib, ta’sir etuvchi
omillar mikyosini ko‘prok kamraydi va buyumning konstruktiv xususiyatlarini
hisobga olish imkonini beradi. Stenddagi sinovlar material va qoplamalarning
tanlanishi, kursatkichlari va b. shu kabilar tugrisida tularok ma’lumot beradi.
(Masalan, kompressor nasoslari detallarning korroziya ta’sirida ish kobiliyatini
tekshirish uchun yopik tizimli stend qo‘llanilishi.)
Foydalanish davridagi sinovlar ilmiy-tadqiqot, loyixa-konstruktorlar va
texnologik ishlanmalarning oxirgi bosqichi hisoblanadi. Korroziyaga qarshi himoya
usulining qo‘llanilishi materiallarining ko‘plab sarfi bilan, sinov muddatining uzok
vaqt davom etishi va qo‘llanilgan usulning boshka omillarga ta’sirini o‘rganish bilan
boshka sinovlardan farq kiladi. Shuning uchun olib borilgan korrozion tadqiqotlar
natijalarini baxolash tezkoriy va oddiy usullarda olib boriladi.
Neftgaz kazib olishda stendda va ekspluatatsion sinovlar xar bir kudukdan
olinayotgan maxsulotning uziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda amalga
oshiriladi.
14.3. Korroziyaga qarshi himoyadagi muammolar.
Xozirgi paytda korroziyaga qarshi himoya metallga, muhitga va xar ikkalasiga
birgalikda ta’sirlar orqali amalga oshiriladi.
Respublitkamizda neft va gaz konlarini kazish va ulardan foydalanish uchun
muljallangan jixozlar va kurilmalar yillar utishi bilan korroziya natijasida eskirib
bormokda. Ularni almashtirish va boshka turdagi himoya vositalarining qo‘llanilishi
ko‘plab iktisodiy xarajatlarni talab kiladi. Shuning uchun respublikamizda mavjud
imkoniyatlardan foydalanilgan xolda, asosan korroziyaga qarshi himoya vositalarini
ishlab chikishi, sinash va kullash zaruriyati tugilmokda.
Bu borada tezkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar quyidagilar hisoblanadi:
4.
zaruriy tadbirlarga javob beruvchi anik xossali lakbo‘yoq materiallari,
mastikalar, ingbitorlar ishlab chikish;
5.
jixozlar va ularning detallarini germitizatsiyalash, kiritish;
6.
muhitni kislorodsizlantirish; inert muhitlar hosil qilish; tindirgichlar
qo‘llanilishiga erishish;
7.
zaruriy bateritsidlar, fungitsidlar kabilarni ishlab chikish va boshkalar.
Shuningdek, jixoz va uskunalarni ishlash texnologik rejimlarini neftgaz
maxsuloti tarkibi ta’siriga bog‘liq ravishda o‘rganilib, ularning ishlash davriyligi va
davomiyligini ishlab chikish orqali xam korroziya tezligini kamaytirish imkonlari
mavjud.
Nazorat savollari:
1.
Termik ishlov berish bilan korroziyabardoshlikka oshirish deganda nimani
tushunasiz ?
2.
Korroziyabardoshlikni oshirishning qanday ishlov berish usullari bor ?
3.
Difuzion boyitish nima ?
4.
Galvanik va kimyoviy qoplamalar qanday qoplamalar ?
5.
Qanday qoplamalar anodli yoki katodli qoplamalar deyiladi ?
6.
Metallizatsion qoplamalar qanday olinadi ?
7.
Laklar, emallar, gruntlar, shpatlyovka deganda nimani tushunasiz ?
8.
Plastmassa qoplamalar qanday turlarda bo‘ladi ?
9.
Izolyatsion qoplamalar deganda qanday qoplamalarni tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |