Mavzu: O‘zbek tilini lingvokognitiv o`rganish



Download 396,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana16.05.2023
Hajmi396,77 Kb.
#939509
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu O‘zbek tilini lingvokognitiv o`rganish

hayot, o„lim, ona, Vatan, 
muhabbat, yaxshilik, adolat, ayol
kabi tushunchalar ifodasi ko„p uchraydi. Badiiy 
asar ijodiy faoliyat mahsuli bo„lganligi sababli, muayyan konsept ifodasi bu kabi 
matnlarda, tabiiyki, birinchi navbatda individuallik, obrazlilik belgilarini namoyon 
etadi. Quyidagi matnga e‟tibor bering: 
Katta yo„l bo„yida daraxt o„sardi... Ittifoqo 
uning tagiga bir yo„lovchi keldi. Kun issiq, yo„lovchi charchagan edi. Daraxt 
soyasida o„tirib dam oldi... 
Yo„lovchi ochiqqan edi. Qarasa, daraxtda mevalar pishib yotibdi. U 
daraxtga chiqishga erindi: tosh otdi. Mevalar duv to„kildi. Yo„lovchi to„ygunicha 
edi ... 
Manzil olis edi. Yo„lovchi daraxt shoxini sindirib, tayoq yasadi... 
Keyin... zahar tang qilib qoldi. Yo„lovchi daraxt panasiga o„tdi...
So„ng... yo„liga ketdi... 
Daraxt boshqa yo„lovchini kuta boshladi... Bu daraxtning nomi YAxshilik 
edi... 
(O„.Hoshimov. “Yo„l bo„yidagi daraxt”) 
O„.Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobidan olingan mazkur 
matnda YAXSHILIK konsepti o„z ifodasini topgan. Matnda bu konsept “daraxt” 
ramzi orqali ifodalangan bo„lib, muallifning kognitiv-diskursiv faoliyatida 
qo„llangan o„xshatish amali matnning metaforik mazmun kasb etishiga olib kelgan. 
F.M.Dostoevskiy va M.A.Bulgakov romanlarini lingvokognitiv tahlil 
qilgan O.A.Aktisova o„z ishida tavsifiy xarakterdagi mikromatnlarda konsept matn 


yaratuvchanlik xususiyatiga ega bo„ladi, degan fikrni ilgari suradi
62
. O„zbek 
yozuvchilari asarlaridan olingan mikromatnlar ham bu fikrning to„g„ri ekanligini 
tasdiqlaydi.
O„.Hoshimovning yuqorida tilga olingan kitobidagi bir necha matnda 
AYOL konsepti o„z ifodasini topgan. Ular tavsifiy xarakterdagi mikromatnlar 
bo„lib, AYOL konsepti maydoniga kiruvchi turli mikrokonseptlarning verbal 
ko„rinishlaridir. Masalan: 
“Ayol kishini ipidan ignasigacha bilaman”, deysizmi? O-o-o, siz daho 
ekansiz! 
 Ayting-chi, sharqdan sekundiga besh-etti metr tezlikda esayotgan 
shamol o„n daqiqadan keyin shimolga buriladimi, janubgami? YArim soatdan 
keyin izg„iringa aylanadimi, bo„rongami?..”
(O„.Hoshimov. “Daho” ekansiz!”)
 
Ayol mehri - asaldek totli. Ayol makri – zahardek xavfli. 
(O„.Hoshimov. 
“Mehr va makr”) 
Ayollar! Yig„lab ko„nglingizni bo„shatishdek ne‟matni ato etgani uchun 
YAratganga shukronalar qiling. 
(O„.Hoshimov. “Ne‟mat”) 
Ayol kishiga avvalo Ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi. 
(O„.Hoshimov. “Mo„„tabar zot”) 
Ayol shunday jumboqlar kitobiki, hali hech kim uni oxirigacha o„qiy olgan 
emas. 
(O„.Hoshimov. “Abadiy jumboq”) 
Mikromatnlardan ko„rinadiki, ularda ayol shaxsiyatiga xos bo„lgan 
mehribonlik, sirlilik, makkorlik, onalik sifatlari aks etgan. Bu har bir mikromatnda 
AYOL
konsepti bilan bog„liq assotsiatsiyalarning faollashuviga sabab bo„lgan. 
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, mikromatndagi badiiy konsept ifodasida 
konseptning ijodkor shaxs uchun muhim hisoblangan muayyan qirrasigina o„z 
ifodasini topadi.
62
Актисова О.А. Синтаксические средства реализации концептов в аспекте эволюции типов 
повествовательной речи: На материале описаний в романах “Преступление и наказание” Ф.М.Достоевского 
и “Мастер и Маргарита” М.А.Булгакова: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Волгоград: Волг. гос. ун-т, 
2006. – С. 29.


Badiiy asarlarni kuzatish shundan dalolat beradiki, o„zbek tilida yaratilgan 
mikromatnlarda HOLAT konsepti ham rang-barang ifodalarga ega ekanligi bilan 
ajralib turadi. Bu, avvalo, badiiy adabiyotning bosh maqsadi inson va u bilan 
bog„liq fenomenlarni tasvirlash ekanligi bilan izohlanadi. 
HOLAT
konsepti 
superkonsept maqomida bo„lib, bu maydonga kiruvchi shodlik, qayg„u, sog„inch, 
iztirob kabi tushunchalarning matn orqali ifodalanishi tasvirning to„laqonli 
bo„lishini ta‟minlaydi. Quyida misol sifatida keltirilgan mikromatnlar ana shunday 
HOLAT konsepti maydoniga kiruvchi konseptlar ifodachisi sifatida namoyon 
bo„lganini ko„rish mumkin. 

Download 396,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish