NUTQNING SOFLIGI
112-22 guruh talabasi
habibullayevaa
Reja:
Nutqning sofligi.
Nutqning sofligiga putur
yetkazuvchi unsurlar.
Badiiy asarlarda nutq
sofligini ta'minlash.
Nutqning sofligi insonlarning
madaniy va ma'naviy saviyasini
ko`rsatuvchi muhim omildir
Nutqning sofligi
Nutqning kommunikativ sifati faqat va
faqat adabiy til doirasida bo'lgandagina
shakllanadi, to'laqonli bo'ladi.
Nutqning tozaligi deyilganda ham
nutqning adabiy til me'yorlariga
muvofiqligi tushuniladi
Nutq tuzuvchi yoki
notiq o`z nutqining
sofligi haqida
qayg`urar ekan,albatta
nutqning sofligini
buzuvchi unsurlardan
tiyilishi kerak.
NUTQ SOFLIGINI BUZUVCHI UNSURLAR
DIALEKTIZMLAR
VARVARIZMLAR
VULGARIZMLAR
PARAZIT SO`ZLAR
KANSELYARIZMLAR
JARGON VA ARGOLAR
Диалектизмлар
– адабий тилнинг лексик
меъёри эмас.У софликни
бузади,нуткнинг тугри тушунилишига
халакит беради.Шевалар асосан,
сузлашув ва бадиий услубда кенг
ишлатилади. Улар бадиий асар тилида
кулланиб, эстетик вазифани бажаришга
хизмат килади.
Dialektizmlar – adabiy tilning
leksik me'yori emas.U soflikni
buzadi,nutqning to`g`ri
tushunilishiga xalaqit beradi.
Shevalar asosan, so`zlashuv va
badiiy uslubda keng ishlatiladi.
Ular badiiy asar tilida
qo`llanib, estetik vazifani
bajarishga xizmat qiladi.
Varvarizmlar o'zbek adabiy tiliga o'zlashmagan
xorijiy so'zlardir. Nutqda o'zbek tilida muqobili
bo'la turib o'zlashmagan xorijiy so'zlarni, ya'ni
varvarizmlarni qo'llash nutqning tozaligini,
sofligini buzadi. Amaliyotdagilarning aksariyati
nutqida bu holatni kuzatish mumkin. Masalan,
voobhe, obshitada yashaydi, zaynit, tak (xo'sh
deyish o'rniga), obsujdat qilish kerak, prelest,
uchebno'y chast, zayavlenie, akt... Bu holat
birinchidan, nutqning tozaligiga salbiy ta'sir etsa,
ikkinchidan, ziyolining madaniy saviyasini,
ma'naviy qiyofasini pasaytiradi.
Vulgarizmlar qo'pol, haqorat
mazmunidagi so'zlar. Vulgarizmlar
badiiy asarlarda salbiy
qahramonlarning dag`alligi,
qo'polligi va madaniyatsizligini
ko'rsatish uchun ishlatiladi. Lekin
bunday so'zlarning nutqda
qo'llanilishi salbiy hodisadir.
Parazit so'zlar ortiqcha qaytariqlar,
bekorchi so'zlardir. So'zlovchining
tilga e'tiborsizligi tufayli yuzaga
keladi va doimiy qo'llanilib borilsa,
odatga aylanib qolishi mumkin.
Masalan, ya'ni, demak, xo'sh, tak va b.
Bunday lug`aviy birliklarni
me'yoridan ortiq qo'llash nutqning
saviyasini pasaytiradi.
Kantselyarizmlar rasmiy uslubga xos
so'z va birikmalar. Masalan, yuqorida
qayd etilgan, quyida bayon qilingan,
...unvoni berilsin, zimmasiga
yuklansin, topshirilsin, tadbirlarni
ishlab chiqsin...
Qat'iy shaklga kirgan bunday tayyor
so'z va birikmalar hujjatlar matniga
alohida rasmiylik ma'nosini beradi.
Jargon va argolar – biror ijtimoiy
guruh o'rtasida qo'llaniladigan va
ularning talablarini ifodalovchi
maxsus so'z va iboralar. Jargonlar
fikrni boshqalardan sir tutish
uchun qo'llaniladi. Jargonlar
o'ziga xos sun'iy, shartli
so'zlardir.
E’tiboringiz
uchun
rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |