Plyus yoki minus o`yini
O`yinning maqsadi: O`rganilgan har xil matnli masalalarni og`zaki yechish.
O`yin uchun jihozlar:qo`shish ( + ), ayirish (—) belgisi yozilgan kartochkalar.
O`yinning borishi: Tarbiyachi ketma-ket masalalarni o`qiydi, bolalar esa
masalani qaysi amal bilan yechish mumkin bo`lsa, o`sha ishorani
ko`rsatadilar. Masalan, Botirning uchta qizil va to`rtta ko`k mashinasi bor.
Botirning hamma mashinasi nechta? yoki Lolaning to`qqizta markasi bor
edi, u uchta markasini dugonasiga berdi. Lolada nechta marka qoldi.
Tarbiyachi masalani o`qib bo`lgandan keyin, bolalardan plyus ( + )
yoki minus (—) belgilari qachon qo`yilishini so`rab, ularning bilimini
mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |