Bog'liq JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
Yuk (oirlik) ko‘tarish bilan mashqlanish o‘zining universalligi bilan qulay bo‘lib, ular yordamida faqat eng
kichik muskullar guruxigagina emas, xatto eng yirik muskullar guruxiga xam taosir etish mumkin. Ularni dozalash
oson. Lekin bir qator salbiy xususiyatlari xam mavjud. Oirlik bilan ishlash mashqlarida dastlabki xolat muxim rolp
o‘ynaydi. U albatta yukni statik xolda ushlashni talab qiladi. Agarda yukni massasi oir bo‘lsa dastlabki xolatda turish
qiyinlashadi. Bu o‘z navbatida xarakatni xal qiluvchi fazasida diqqatni konsentra-siyalashda qiyinchilikni yuzaga
keltiradi. Bundan tashqari axamiyatli massaga ega bo‘lgan snaryadga birdaniga katta tezlik berish qiyin, xoxlaysizmi
yo‘qmi xarakatning birinchi qismi (boshlanishi) sekin bajariladi. Xarakat ritmi majburiy astalik bilan ortib boruvchi
bo‘ladi. Bu o‘z navbatida lozim bo‘lgan muskullar guruxiga zo‘riqish berishda qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi.
Egilib yana asli xolatga qaytadigan jixozlardagi qarshiliklarni yengish bilan mashqlanish uchun xarkatni oxiriga
borib zo‘riqishni ortirilishi xarakterlidir.