6.1.3. Jismoniy mashqlarni xarakat sifatlarini rivojlantirishiga qarab klassifikatsiyalash
Xozirgi kunda jismoniy mashqlar xarakat faoliyatdagi xususiy belgilarga qarab, yaoni jismoniy sifatlarni –
kuchni, tezlikni, chidamlilikni, chaqqonlikni, bo‘inlar xarakatchanli-gini va muskullar egiluvchanligini namoyon
qilishiga qarab yangi pedagogik turkumini amaliyotda shakllantirib guruxlarga ajrata boshladilar.
Bu turkumdagi mashqlar jismoniy sifatlarni aloxida ajratib olib tarbiyalash yoki jismoniy tayyorgarlikdagi
nuqsonlarni aloxida ajratib olib rivojlantirish uchun qo‘laydir. Boshqa tomondan esa, u yoki bu jismoniy mashqni
bajarish uchun qanday sifatlar lozimligini oldindan bilish (kuch, tezlik talab qiladigan va boshqa sifatlarni tanlash)
imkonini beradi.
Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismo-niy sifatlarni tarbiyalashiga ko‘ra bilim (maolumot) berish
vazifalarini xal etish uchun bajariladigan jismoniy mashqlar turkumi shakllandi:
- asosiy (yoki musobaqa), yaoni o‘quv dasturlari asosida o‘rganilishi lozim bo‘lgan faoliyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |