3D-printerlar
So„nggi yillarda fan-texnika jadal rivojlanib, shunday ixtirolar, innovatsion ishlanmalar,
zamonaviy texnologiyalar yaratildiki, ular hayotimizdan chuqur o„rin olib, yashash
sifatini butunlay yangi bosqichga olib chiqdi. Zamonaviy texnologiyalar kundalik
hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Binobarin, avvallari xayolimizga ham kelmagan
narsalar bugun haqiqatga aylanib, jamiyatimizning barcha jabhasida rivojlanishga yo„l
ochmoqda.
Sir emas, hozir hayotimizni muntazam ravishda takomillashtirib borilayotgan kompyuter
va internetsiz tasavvur etish mushkul. Yaqin-yaqingacha odamlar ishxonada zamonaviy
kompyuterlarda ishlashni orzu qilgan bo„lsa, bugun nafaqat ofislarda, ayni paytda
noutbuklar, netbuklar, planshetlar va “gadjyet”lar, deb ataladigan boshqa qurilmalar har
bir xonadondan o„rin oldi.
Hozirgi davr odamlari kompyuterlaru noutbuklarga, smartfonlarga bog„lanib qolgan.
Chunki ushbu qurilmalar shunchaki muloqot vositasi emas, balki ko„p qirrali vazifalarni
bajarmoqda. Ular orqali qo„ng„iroq qilish, xabar yoki rasm yuborish/qabul qilish, onlayn
xaridni amalga oshirish, yangiliklar bilan tanishish, kerakli ma'lumotlarni olish, foto yoki
video olish, tomosha qilish, musiqa eshitish, turli o„yinlarni o„ynash mumkin.
Bugungi kunda dunyoda shunday ixtirolar borki, ular hali ham hayotga keng tatbiq
etilmagan bo„lsa-da, bir kun kelib, smartfonlar hamda kompyuterlar singari odamlar
turmushining ajralmas qismiga aylanib ketmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Ana
shunday kashfiyotlardan biri shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida bot-bot tilga
olinayotgan 3D-printerlardir.
Gap shundaki, bizda “Printerlar faqatgina matn va suratni chop qiladi xolos”, degan fikr
shakllanib qolgan. Ammo mutaxassislarning aytishicha, printerlarning imkoniyatlari juda
keng bo„lib, yaqin kelajakda mazkur texnologiya jamiyat hayotining barcha jabhasida
qo„llaniladi.
Uning afzalligi shundaki, zarur materiallar hamda dasturiy ta'minot yordamida uy qurish,
protez va implantatlar tayyorlash, qimmatbaho esdalik buyumlar, taqinchoqlar ishlab
chiqarish mumkin. Masalan, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiyada ushbu
yo„nalishda amaliy natijalarga erishilgan. Ya'ni 3D-printerlar turarjoylar hamda ularning
qismlarini — konstruksiyalari, ichki devorlari, turli shakldagi himoya to„siqlarini hech
qanday qoliplarsiz “chop etmoqda”. Xususan, Xitoyda uzunligi 150 metr, kengligi 10
metr bo„lgan 3D-printer yaratildi. Ushbu qurilma bir necha soat ichida balandligi olti
metr bo„lgan binoni “barpo qilishi mumkin”. Bunda u “siyoh” o„rnida kuchaytirilgan
shisha tolali sementdan foydalanadi. Shunday bo„lsa-da, hozircha bu usulda yirik
inshootlarni qurish sinov tariqasida olib borilmoqda. Landshaft dizayni va aholi
punktlarini obodonlashtirish uchun kichik arxitektura shakllarini tayyorlashda 3D-