Yangi mavzu bayonining rejasi:
1. Fizik tushuncha va fizik kattaliklar, ularning o`zaro farqini tushuntirib berish.
2. Moddiy nuqtani misollar orqali tushuntirish.
3. Trayektoriya haqida o`quvchilar bilan suhbatlashish.
4. Yo`l va ko`chish, ularning bir-biridan farqini tushuntirish, ularga misollar keltirish.
5. Ilgarilanma harakat haqida tushuncha berish.
Darsni mustahkamlash uchun o'quvchilarga quyidagi savollarni berish mumkin.
1. Oyni moddiy nuqta deb olish mumkinmi? Mumkin bo`lsa qanday hollarda?
2. Avtomobilning spidometri nimani ko`rsatadi: ko`chishnimi yoki y`olnimi?
3. Mashina to`g`ri y`ol bilan 40 km yo`l bosdi, so`ng unga tik b`olgan y`olga chiqib,
yana 30 km yo`l bosdi. Uning o`tgan yo`li va ko`chishini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |