Reja: Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari


O‘quv maskanlarida psixologning asosiy vazifalari



Download 75,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana15.05.2023
Hajmi75,83 Kb.
#938989
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Reja Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari

O‘quv maskanlarida psixologning asosiy vazifalari.
O‘quv maskani psixologining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun konsultatsiya ishlarini olib 
borish;
o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish, o‘zlashtirmovchilikning sababini 
aniqlash;
xarakterida turlicha aksentuatsiyasi mavjud o‘quvchilar bilan psixokorreksion 
ishlarni o‘tkazish;
o‘qituvchilarning psixologik savodxonligini oshirish faoliyatini uyushtirish;
tarbiyasi qiyin bolalar va o‘smirlarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish;
pedagogik tavsiyalar, ko‘rsatmalar ishlab chiqish;
iqtidorli o‘quvchilarni tanlash, ular bilan individual ish olib borish;
o‘quv maskanida psixologik muhitni o‘rganish va uni barqarorlashtirish;
o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoasida shaxslararo munosabatlarni tadqiq 
etish;
o‘quvchilar shaxsini o‘rganishga oid o‘qituvchilar faoliyatini muvofiqlashtirib 
turish.
O‘quv maskani psixologi unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish 
uchun
maxsus jixozlangan xonaga ega bo‘lishi va uni kerakli materiallar bilan 
ta’minlash zarur (oddiy metodikalar, surov varakalari, rasmlar, testlar, topshiriklar, 
treninglar).


O‘quv maskani psixologi o‘qituvchilarga “Oila psixologiyasi” va 
“Odobnoma” fanlari bo‘yicha muayyan maslaxatlar beradi (testlar tavsiya qiladi, 
oilaviy nizoli vaziyatlar va ularni yechish yo‘llari, er-xotinnig o‘zaro 
munosabatlari, oilada shaxslararo munosabatlar xususiyatlaridan ko‘rsatamlar).
Pedagog xodim bilan o‘quv maskani psixologi o‘rtasidagi o‘zaro va 
o‘quvchilararo munosabat kasbiy-axlikiy asosga, psixologik odob, nazokatga rioya 
qilib, iltifotlilik, talabchanlik, sezgirlik, rostguylik, o‘zaro yordam, diniy 
e’tiqodlarni hurmat qilish kabi sifatlar majmuasi namunasini namoyish etish 
negizida ko‘rulmog‘i darkor.
O‘quvchilarga tatbik qilinishiga muljallangan psixologik davlat standarti 
mustaqil hayotga va kasbiy o‘z o‘zini aniqlashga psixologik tayyorgarlikning 
shart-sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq o‘quv funksiyalarini ular tomonidan 
bajarishni ta’minlovchi talablar va majburiyatlar majmuasini taqozo qiladi.
O‘quvchilarga psixologik talablar majmuasi quyidagi ko‘rinishga ega:
eshituv, ko‘ruv, motor-harakat xotirasining rivoji,
esda olib qolishning okilona usulari to‘g‘risidagi bilimlar va ularda o‘quv 
muteriallarini o‘zlashtirishda foydalanish o‘quvi,
analiz va sintez, umumlashtirish kabi fikr yuritish operatsiyalarni qo‘llay 
olish, analitik-sintetik faoliyat usullarni tatbiq qilish, turli o‘quv predmetlarida 
umumlashtirish va tasniflashni amalga oshirish,
o‘zining temperament xususiyatlariga oid bilimlarga ega bo‘lish, ularga 
asoslanib shaxsiy faoliyatining individual uslubini vujudga keltirish,
o‘zining hissiy-psixologik holatlarini boshqarish,
o‘quv faoliyatining ijtimoiy ahamiyatli va shaxsga oid motivlarining 
mavjudligi,
shaxsning ijobiy fazilatlari (saxiylik, rostguylik, adolatlilik, intizomlilik, 
ozodadik, insonparvarlik va boshqalar) ni rivojlantirish usullarini egallash,
sinfdoshlari, o‘qituvchilari, ota-onalar va boshqa voyaga yetgan kishilar bilan 
o‘zaro munosabatga kirishish va muloqot o‘rnatish uquvi,
hnat faoliyatiga ijobiy munosabatning mavjudligi va boshqalar.

Download 75,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish