Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

ФИО автора
Parpiyev Asrorbek Xusniddin o‘g‘li 
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
“Xalqaro munosabatlar”fakulteti 
“Siyosatshunoslik” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi 
Название публикации:
«YANGI O‘ZBEKISTON – YANGI SAYLOVLAR» 
ANNOTATSIYA.
Albatta, har bir Oʻzbekiston fuqarosida saylov jarayonlari 
yaqinlashgani sari saylov nima? U nima uchun kerak? Saylov ahamiyatga egami? 
Oʻzbekiston Respublikasida saylovlar demokratik tamoyillar asosida oʻtadimi? Saylov 
qonunchiligida qanday oʻzgarishlar boʻldi? Saylov kodeksi nima uchun kerak? va 
boshqa shu kabi savollar tugʻilishi tabiiydir. Ushbu maqolada yuqoridagi savollarga 
javoblar batafsil yoritilgan boʻlib, hozirgi kunda milliy saylov qonunchiligida olib 
borilayatgan oʻzgarishlar atroflicha tahlil qilingan. 
 
KALIT SO‘ZLAR:
Birlashgan Millatlat Tashkiloti, Markaziy saylov komissiyasi, 
Oliy Majlis¸ saylov kodeksi, Yangi Oʻzbekiston, saylov huquqi, prezident saylovi 
Davlat suverenitetining 30 yilligi keng nishonlanayotgan mamlakatimizda inson 
erkinligi, huquqlari va manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etiladigan yangi 
Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan tub ozgarishlar amalga oshirilmoqda. 
Oʻzbekistonda mustaqil va rivojlangan demokratik davlat qurishdek gʻoyat 
muhim jarayonda milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirish, saylov 
qonunchiligi hamda amaliyotini xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish, 
saylovchilarning huquqlarini toʻla taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda, 
chunki har bir davlatning kelajagi ushbu mamlakatda boʻlib o’tadigan saylovlarga 
bevosita bogʻliqdir. Zero, mustaqil demokratik davlat va faravon jamiyat barpo qilishni 
erkin saylovlarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Saylovlar erkin va milliy qonunchilikda 
belgilab oʻtilgan prinsiplar asosida oʻtishi uchun Oʻzbekiston Respublikasida yetarli 
ishlar qilindimi? 
Saylov fuqarolarning ma’lum bir nomzod yoki partiyani yoqlab ovoz berishi 
orqali davlat hokimiyati organlarini shakllantirish jarayonidir. Har bir mamlakatda 
xalqning irodasi davlat hokimiyatining asosi boʻlishi kerak, hamda ushbu iroda 
yashirin, teng va umumiy saylov huquqi asosida ifoda etilishi zarur. Shuning uchun 
ham har qaysi demokratik davlatda saylovlar muhim siyosiy jarayon hisoblanadi. 
Darhaqiqat, yangi Oʻzbekistonda saylovlar nafaqat demokratiyaning muhim belgisi, 
balki uning zaruriy sharti hamdir. Zero, xalqaro yuridik hujjatlarda, jumladan, Inson 


947 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasida: “ Har bir inson erkin va bevosita saylangan 
vakillari orqali oʻz mamlakining boshqaruvida ishtirok etish huquqiga egadir” – deya 
belgilab qoʻyilgan. Modomiki, insonparvar demokratik jamiyat qurish maqsadi sari 
olgʻ intilayatgan ekanmiz, uning muhim talablaridan biri boʻlgan erkin saylovlarni 
munosib tashkil qilish bosh vazifamiz boʻlib qolaveradi. 
Shu kunlarda yurtimizda katta siyosiy tadbir – Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidenti sayloviga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Ushbu siyosiy tadbirga oid 
barcha jarayonlar milliy saylov qonunchiligi asosida hamda qonunchilikda belgilangan 
muddatlarda ochiq va oshkora oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy 
saylov komissiyasining 2021-yil 23-iyul kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida ana 
shu yirik siyosiy jarayonga start berildi. Ma’lumki, saylov jarayoni saylovga 
tayyorgarlik koʻrish, saylov kompaniyasini e’lon qilish, saylov komissiyalarini tuzish, 
nomzodlarni koʻrsatish, ularni roʻyxatga olish hamda saylovni oʻtkazish bilan bogʻliq 
bir nechta boshqichlardan iborat boʻlib, ularni mazmun-mohiyatini saylovchilar 
tomonida anglab yetilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
2016-yilgi Prezident saylovidan keyingi davrda xalqimiz hayotida va milliy 
saylov qonunchiligimizda katta oʻzgarishlar yuz berdi. Nufuzli xalqaro ekspertlar 
tomonidan taʼkidlanganidek, 2016-yildan e’tiboran Oʻzbekiston Respublikasi sifat 
jihatidan oʻzining yangi yuksalish bosqichiga qadam qoʻydi. Ushbu bosqichda siyosiy-
huquqiy hayotni hamda ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, jamiyatni 
demokratlashtirish va inson huquqlarini taʼminlash kabi ustuvor masalalar 
islohotlarning asosiy yoʻnalishlariga aylandi. Milliy saylov qonunchiligini yanada 
takomillashtirish va saylovlarni oʻtkazish amaliyoti yangi taraqqiyot pogʻonasiga 
koʻtarildi. 
Davlatimizda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish jarayonlari 
xalqaro huquqiy normalar va demokratik prinsiplarga toʻla javob berishida saylov 
qonunchiligimizming ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun ham Prezident Shavkat 
Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga yoʻllagan ilk Murojaatnomasida 
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksini ishlab chiqish hamda uni qabul qilish 
vazifasini kun tartibiga qoʻydi. Natijada, 2019-yilning 25-iyunida Oʻzbekiston 
Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilindi. Saylov kodeksi nima uchun kerak edi? 
Shu davrga qadar mamlakatimizda saylov jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish hamda uni 
oʻtkazish tartib-qoidalari qonun darajasida emas, balki Markaziy saylov 
komissiyasining yoʻriqnoma va nizomllari bilan tartibga solinardi. Saylov kodeksi 
qabul qilinguncha mavjud boʻlgan 5 ta qonun va 10 ta qonunosti hujjatlari haligacha 
yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmagani, saylovlarga doir ushbu yuridik hujjatlarning 
barchasida fuqarolarning saylov huquqlari boʻyicha deyarli bir xil normalar 
takrorlangani hamda saylovga doir qonunlarning koʻpligi fuqarolar tomonidan ularni 
amalda qoʻllashda muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgandi. Shuning uchun 


948 
ham, Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro norma va standartlarga toʻliq javob 
beradigan yagona Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish zarurati tugʻilgan. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi haqida ekspert va tahlilchilar soʻz 
yuritar ekanlar, bu yilgi saylovlarning avvalgi saylovlardan tubdan farq qiladigan 
jihatlarini ta’kidlab oʻtmoqdalar. Avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
mamlakat tarixida ilk bora oktabr oyida hamda milliy Saylov kodeksi asosida boʻlib 
oʻtadi. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar soni yana bittaga koʻpayib, 
partiyalararo raqobat sezilarli darajada kuchaydi. 2019-yilda boʻlib o’tgan Parlament
saylovidagi huquqni qoʻllash amaliyoti va xorijiy kuzatuvchilar tomonidan berilgan 
maqbul tavsiyalar asosida 2021-yilning 8-fevral va 31-may kunlari saylovga oid 
normalarni yanada takomillashtirish maqsadida qonunlar qabul qilindi. Jumladan: 
• xorijda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining 
diplomatik vakolatxona hisobida boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, saylovchilar 
roʻyxatiga kiritilishi va ular yashayotgan yoki ishlayotgan joyda ovoz berish 
imkoniyatining yaratilishi ; 
• harbiy qismlarda, ozodlikdan mahrum etish va qamoqda saqlash joylarida 
tashkil 
etilgan 
saylov 
uchastkalariga 
kuzatuvchilarning 
tashrif 
jarayoni 
soddalashtirilishi; 
• saylov komissiyalari zimmasida boʻlgan nomzodlarning saylovchilar bilan 
uchrashuvlarini tashkil etishga oid majburiyat bekor qilinishi; 
• saylovoldi tashviqoti jarayonida davlat resurslaridan foydalanishning 
taqiqlanishi; 
• saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda shu kabi ommaviy tadbirlar oʻtkazish 
uchun ruxsatnoma olish oʻrniga xabardor qilish mexanizmi yaratilishi; 
• saylov komissiyalari va sudlarga takroriy shikoyatlar tushishi hamda ular 
tomonidan bir-biriga zid qarorlar chiqarilishining oldini olish maqsadida saylov 
komissiyalarining qarorlari va harakatlari ustidan shikoyatlarni faqat sudda koʻrib 
chiqish amaliyoti joriy etilishi belgilandi. 
2021-yilda boʻlib oʻtadigan saylovda milliy qonunchiligimiz va xalqaro saylov 
standartlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davriylik prinsipi 
asosida saylanishi taʼminlanadi hamda Markaziy saylov komissiyasi va barcha saylov 
komissiyalari navbatdagi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida oʻz 
vazifalarini ochiqlik, oshkoralik, mustaqillik,qonuniylik va xolislik tamoyillariga toʻla 
amal qilgan holda bajaradi. Oʻzbekiston Respublikasida saylovlar umumiy, teng, 
toʻgʻridan-togʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish prinsiplariga binoan ochiq 


949 
va oshkora o’tkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari irqi, jinsi, tili, dinga 
munosabati, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i 
nazar, teng saylov huquqiga egadir. Bu Oʻzbekistonning xalqaro saylov tamoyillariga 
sadoqatining amaldagi yana bir isbotidir. 
Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati 2019-yil parlament va mahalliy 
kengashlarga oʻtgan saylovlarda yurtimiz boʻylab muvaffaqiyatli joriy etildi. Mazkur 
tizimning Saylov kodeksiga binoan tartibga solinishi “bir saylovchi — bir ovoz” 
tamoyili amalga oshirilishini kafolatlaydi. Endilikda ushbu tizim avvalgi saylovlarda 
ortirilgan tajribalardan hamda xorijiy ekspertlar tomonidan berilgan maqbul 
tavsiyalardan kelib chiqib, zamon talablari darajasida takomillashtirilmoqda. 
Qayd etish joizki, dunyoda koronavirus pandemiyasi tufayli murakkab vaziyat 
vujudga kelganidan buyon Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rivojlangan 
davlatlarda saylovlarni oʻtkazish davrida qoʻllanilgan xalqaro tajribani oʻrganish 
hamda maqbul jihatlarini milliy saylov jarayonlariga tatbiq etish borasida tizimli ishlar 
olib borilmoqda. Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari va xalqaro ekspertlar 
ishtirokida bir nechta xalqaro onlayn konferensiya va seminarlar uyushtirilib, 
pandemiya sharoitida saylovlarni oʻtkazishga oid xalqaro tajriba batafsil oʻrganib 
chiqildi. Hozir yurtimizda saylovchilar hamda saylov tashkilotchilarining sogʻligini 
koronavirus xavfidan himoya qilgan holda saylov oʻtkazish imkoniyatlari mavjud. Eng 
muhimi, aholini yalpi emlash ishlari koʻlami tobora kengaymoqda. Oʻzbekiston 
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda pandemiya sharoitida saylovlar 
oʻtkazishning asosiy mexanizmlari kelishib olindi. Jumladan, Markaziy saylov 
komissiyasining Pandemiya sharoitida Prezident saylovini oʻtkazish boʻyicha alohida 
yoʻriqnomasi ishlab chiqildi Pandemiya sharoitida saylov ishtirokchilarining
xavfsizligini taʼminlash maqsadida shaxsiy himoya va dezinfeksiyalovchi vositalar 
sotib olish uchun tegishli tartibda mablagʻlar ajratildi. 
Oʻzbekiston Respublikasida nogironligi boʻlgan fuqarolarning saylov 
huquqlarini taʼminlashga doir masalalar doimiy eʼtiborda. Jumladan, Oʻzbekiston 
Respublikasi Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya 
qildi. Markaziy saylov komissiyasi bilan Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati, 
Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati va Oʻzbekiston Karlar jamiyati oʻrtasida imzolangan 
kelishuvlar shunday maqsadda xizmat qiladi. Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan 
shaxslarning saylov huquqlarini taʻminlashning samarali mexanizmlari yaratilgan 
desak mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki, nogironligi boʻlgan saylovchilarning, zaruratga 
qarab, yashash joyida ovoz berishi tashkil etiladi hamda saylov kampaniyasiga oid 
dasturlarda imo-ishora tili va subtitrlardan foydalanish yoʻlga qoʻyiladi. 


950 
Oʻzbekiston Respublikasida ayollarning saylashi, saylovlarda nomzod sifatida 
ishtirok etishi, saylovoldi tashviqotini qatnashishi va hokimiyatning vakillik 
organlariga saylanishi uchun hech qanday cheklovlar mavjud emas hamda qonunda 
belgilangan partiyalar tomonidan koʻrsatilgan nomzodlarning umumiy sonidan kamida 
30 foizi ayollar boʻlishi kerakligi haqidagi kvota Oʻzbekistonda xotin-qizlarning 
saylov jarayonidagi ishtirokining qoʻshimcha kafolati hisoblanadi. Chunki, 2019-yilgi 
parlament saylovlarida gender kvotasining izchil qoʻllanilishi oʻz natijalarini berdi. 
Jumladan, Oʻzbekiston tarixida ilk bora Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar 
umumiy sonining 32 foizini, Senat tarkibining esa 25 foizini ayollar tashkil etdi hamda 
milliy parlamentdagi xotin-qizlar soni Birlashgan Millatlat Tashkiloti tavsiyalarida 
belgilangan darajaga yetdi. 
Yildan-yilga saylovchilarning talablari va islohotlarga daxldorlik tuygʻusi oshib 
bormoqda. Ular nafaqat siyosiy partiyalar, balki saylov komissiyalari oldiga ham qatʼiy 
talablarni ilgari surmoqda. Bu nimani anglatadi? Avvalo, fuqarolarning siyosiy-
huquqiy ongi va xabardorlik darajasi muttasil oʻsib borayotganining; ikkinchidan, 
siyosiy partiyalarning saylovoldi rejalari davlat va jamiyat hayotidagi muammolarni 
yechishga yoʻnaltirilayotganining; uchinchidan, Respublikamizda ochiqlik, adolat va 
tenglik tamoyillarini taʼminlashga amalda doimiy eʼtibor qaratilayotganining 
tasdigʻidir. Saylovga tayyorgarlik koʻrishdagi eng muhim vazifalardan biri bu saylov 
ishtirokchilariga ushbu siyosiy tadbir toʻgʻrisida batafsil, ishonchli va tezkor axborotni 
yetkazish, fuqarolarda saylov ularning konsitutsiyaviy huquqi, shu bilan birga, muhim 
fuqarolik burchi ekanligini va mamlakat tarraqiyotiga daxldorlik hissini shakllantirish, 
befarqlik kayfiyatidagi shaxslarni saylov huquqini faol amalga oshirishga chorlashdan 
iborat. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, 2021-yil 24-oktabrda boʻlib oʻtadigan Prezident 
saylovi siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda amalga 
oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik islohotlarning mantiqiy davomidir, hamda 
ushbu siyosiy tadbirni milliy saylov qonunchiligi va xalqaro tamoyillarga tayanib, 
yuksak demokratik saviyada uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun barcha zarur sharoitlar 
yaratilgan. 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish