Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

6.Muhofaza tadbirlari. 
Mo‘rt qurilish materiallaridan tiklangan binoning zarbali kuchga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati 
sust ekanligini qadimgi binokorlar yaxshi bilishgan. Binoning bunday kuchlarga qarshi turg‘unligini 
oshirish yo‘llarini izlashgan. Poydevor ostiga solinadigan qamish qatlami ana shu izlanishlar 
samarasidir. 
Prujina yoki rezinalarda bo‘ladigan elastik xossa qamish qatlamida ham bo‘ladi. Ana shu xossa 
tufayli qatlam zilzila vaqtida yerdan beriladigan turtkining bir qismini o‘zida “yutib”, qolgan qismini 
bino poydevoriga uzatadi. Demak, binoga ta’sir etadigan zilzila kuchi to‘laligicha emas, balki ma’lum 
darajada susaygan holda ta’sir etadi. Bu esa binoning kam shikastlanishiga olib keladi. 
Binoning zilzilaga bardoshini oshiradigan eng qulay va samarali antiseysmik choralardan biri 
– sinch. Sinchli uylar qurish uslubi xalqimizga ko‘p asrlardan beri ma’lum. Binokorlar g‘isht, guvala 
singari mahalliy qurilish materiallaridan tiklangan bir yoki ikki qavatli binolar qurishda yog‘och 
sinchdan foydalanganlar. Tarix sinchli uylarning zilzila ta’siriga bardoshli ekanligini ko‘rsatdi. 
Hozirgi kunda sinch ko‘p qavatli binolar qurilishida ham keng qo‘llanilmoqda. Biroq bunday 
binolarda yog‘och emas, temir-beton sinchlar qo‘llaniladi. Buni xalqimiz yaratgan ajoyib uslubning 
yetuk mutaxassislar tomonidan tan olinishi deb tushunmoq kerak.
 
 
 
 


846 
7. Aholining harakati.
Agar kuchli zilzila ro‘y berayotgan bo‘lsa o‘zimizni qanday tutsak to‘g‘ri bo‘ladi? Birinchi 
navbatda nima qilish keragu, nima qilmaslik kerak? Bu savollarga javobni respublikamizning har bir 
aholisi bilishi kerak. 
Har doim zilzila vaqtida qaerda bo‘lsangiz, aynan o‘sha yerdan xavfsiz joyni topa bilish zarur. 
Ayrim odamlar zilzila yuz bergan damda qo‘rqib ketganlaridan vahima ichra lift va binodan chiqish 
joylariga qarab yugurishadi. Elektr ta’minoti uzilgudek bo‘lsa, odamlar to‘la lift qavatlar o‘rtasida 
to‘xtab qoladi. Yo‘lkalarga tepadan otilib tushayotgan buyumlar, shisha siniqlari va bino 
bezaklarining bo‘laklari binodan yugurib chiqayotganlarga jarohat yetkazadi. Shu sababli, yaxshisi 
bino ichida qolgan holda yiqilayotgan mebellar va sochilib tushayotgan anjomlardan saqlanish uchun 
sizga yaqinroq yerda turgan stol ostidan panoh topgan ma’qulroq. Mustahkam qurilgan binolar kuchli 
zilzila vaqtida ancha uzoq muddat, ayrimda 1 daqiqagacha chayqalib turishi mumkinligini yoddan 
chiqarmang. Shuning uchun, xotirjamlikni qo‘ldan bermang va boshqalarni shunday yo‘l tutishga 
undang.
Mobado uyingizning mustahkamligiga ishonchingiz kamroq bo‘lsa, zilzila ro‘y berganida 
o‘zingizni muhofaza qilish tadbirlarini oldindan ko‘rib qo‘yishingiz o‘ta muhimdir. Mustahkam stol 
ostiga berkina olishning iloji bo‘lmasa, eshik kesakisi oralig‘i yoki xona burchagiga boshingizni 
to‘sgan holda turib oling. 
Ochiq joyda bo‘lsangiz ag‘darilib tushishi mumkin bo‘lgan binolarga, elektr tarmoqlariga yaqin 
turmang. Transportda bo‘lsangiz ochiq joyda to‘xtating, tebranish o‘tib ketguncha kuting. Bu vaqtda 
metroda ketayotgan bo‘lsangiz, aslo sarosimaga tushmang. Chunki yer ostida yer ustidagiga 
qaraganda xavfsizroq bo‘lasiz. Ammo chiroq o‘chib qolishiga tayyor turing. 
Ammo baribir, qandaydir sababga ko‘ra bino vayron bo‘lsa-yu, Siz vayrona uyumlari ostida 
qolib ketsangiz, aslo tushkunlikka tusha
 
ko‘rmang. Bunday halokatli zilziladan bir necha soat o‘tiboq 
yirik ko‘lamdagi qutqaruv ishlari tashkil etiladi, vayrona uyumlarini tozalash uchun texnika jalb 
etiladi, mutaxassis-qutqaruvchilar ishga kirishadi. Bunday holda Sizning asosiy vazifangiz – avvalo 
o‘zingizni bosib olish, uzoq vaqt ochlik va chanqoqlikka chidashga, noqulay vaziyatda bo‘lishga 
to‘g‘ri kelishiga ruhan tayyorlanishdan iborat. O‘zingizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsata olish, 
jarohatdan oqayotgan qonni to‘xtata olish, chekingizga tushgan muvaqqat qiyinchiliklarni chidam 
bilan yenga olishga doir bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga qo‘l kelishi mumkin. Yaxshisi burun bilan 
nafas olish, xotirjamlik bilan (bunday holda organizmdan namlikni chiqib ketishi minimal bo‘ladi), 
qorin bilan yotish (nafas olish oson bo‘ladi) lozim. Chanqash hissi g‘olib kelganda og‘izga tekis tosh 
bo‘lagi, mato parchasini solib olish kerak – bu uzoq vaqt davomida chanqoqqa chidashda yordam 
beradi. 3-4 soatlardan so‘ng iloji bo‘lsa ovoz chiqarib xabar berish (ammo faqat sizni yuqoridagilar 
eshitishayotgan bo‘lsagina, tinmay qichqirish yaramaydi) lozim. Sizni yuqorida qolganlar albatta 
qidirishadi va qutqarib olishadi. Zilzila vaqtidagi asosiy sodda qoidalar mana shulardan iborat.
Tebranish tugaganidan so‘ng birinchi navbatda shikastlanganlarga yordam berish lozim. 
Birinchi yordam zarur bo‘lsa, tashkil eting. Tibbiy yordamga muhtojlarni aniqlang. Yong‘in xavfi 
bor joylarni bartaraf eting. Suv, gaz, elektr tarmoqlarida shikastlanish bor-yo‘qligini aniqlang. Zinhor 
sham yoki gugurtdan foydalanmang. Elektr simlariga yaqinlashmang. Kanalizatsiya tarmoqlarini 
ko‘zdan kechirmasdan turib, undan foydalanmang. Ruhiy yordamga muhtojlarni tinchlantirishga 
harakat qiling. 
Qutqaruv ishlarida qatnashayotgan qutqaruv komandalari, ichki ishlar, tibbiyot va boshqa soha 
xodimlariga qo‘lingizdan kelganicha yordam bering. 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish