Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

 
 
 
 
 


840 
3. Zilzila. 
Tabiatda sodir bo‘ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra 
zilzila - yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo‘yicha tabiiy ofatlarning ichida 
birinchi o‘rinni egallaydi. 
Yer ichki harakatlari natijasida uning yuzasida paydo bo‘ladigan tebranma harakatga zilzila deb 
ataladi. 
Tabiatning halokatli jarayonlaridan biri bo‘lmish zilzila insoniyat taraqqiyotining ko‘p asrlik 
tarixi davomida seysmik faol hududlarda yashovchilarga sanab adog‘iga yetib bo‘lmas kulfat va 
azoblar yetkazib kelgan. U insonlar halokati va keltiriladigan iqtisodiy zarariga ko‘ra tabiiy ofatlar 
ichida birinchi o‘rinda turadi.

Mashhur amerikalik seysmolog Ch.Rixterning yozishicha, Yer sharida yil davomida yakson 


etuvchi bitta, vayron etuvchi yuzta va kishini seskantiruvchi millionta zilzila sodir bo‘ladi. Boshqacha 
qilib aytganda, 9 balli ofatlar soni 10-15 ta, 8 ballisi – 100-300 ta, 7 ballisi – 300-500 ga boradi. 
Yer yuzining 78 foizini suv havzalari, muzliklar, o‘rmonlar, dashtlar, tog‘lar, daryo, ko‘llar 
ishg‘ol etgan. Demak, yuqorida ko‘rsatilgan ofatlarning to‘rtdan bir qismigina aholi yashaydigan 
joylarga to‘g‘ri keladi, ya’ni ofatdan ko‘radigan zarar o‘shancha hajmga kamayadi. 
 
Ushbu favqulodda vaziyat turiga 1948 yilgi Ashxobod (100 mingdan ortiq odam qurbon 
bo‘lgan), 1966 yilgi Toshkent, 1988 yilgi Spitak (30 ming odam) zilzilalarini misol qilib keltirish 
mumkin.
 
San-Fransiskoda yuz bergan 1906 yil 18 apreldagi zilzila chog‘ida 700 aholi hayotdan ko‘z 
yumdi. Moddiy zarar 1,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Ikki kun davom etgan yong‘in 500 ga yaqin 
kvartalning kulini ko‘kka sovurgan, jami 350 ming kishi jabrlangan. 
1995 yil 17 yanvardagi Koba (Yaponiya) zilzilasi vaqtida bino vayronalari ostida 5 ming odam 
qolib ketdi, 500 ming oila uy-joysiz qoldi. Shu yili 27 mayda yuz bergan Neftegorsk (Rossiya) 
zilzilasi 9,2 ball kuchga ega bo‘ldi. Shahardagi imoratlarning 95% vayron bo‘ldi. 1841 fuqaro nobud 
bo‘ldi. 400 ga yaqin odamgina jon saqlab qola oldi. 
O‘rta Osiyo hududida ro‘y bergan yer osti ofatini birinchi bor Abu Ali ibn Sino bayon etib 
berishga harakat qilib ko‘rgan. O‘zining “Kitob ash-shifa” kitobida eng kuchli silkinishlar joyini 
zilzila epitsentri bilan to‘g‘ri kelmasligiga ahamiyat beradi, zilzilalarning turlicha qaytarilish 
davriyligiga ega yer yuzasi maydonlari, zilzila vaqtidagi xavfsizlik choralari to‘g‘risida gapiradi, turli 
kuchga ega bo‘lgan zilzilalarning vaqt bo‘yicha taqsimlanishi masalalarini ko‘rib chiqadi, Oy va 
Quyosh ta’sirining zilzilaning ro‘y berish chastotasiga ta’sirini aniqlashga urinadi va u yil fasliga 
bog‘liq deb hisoblaydi. 
Zilzilani o‘rganish masalasi bilan Abu Ali ibn Sinoning zamondoshi, xorazmlik buyuk olim 
Abu Rayhon Beruniy ham shug‘ullangan. 
Tarixiy ma’lumotlar 818 yili Buxoroda, 838 yili Farg‘onada, 1208-1209 yillari Xorazmda, 1490 
yili Samarqandda kuchli silkinish sodir bo‘lganligidan dalolat beradi. 1602 yili Farg‘ona vodiysining 
shimolida kuchli zilzila ta’sirida Oqsuv qal’asi yakson bo‘lgan, Sirdaryo suvi chayqalib toshgan, 
tevarak-atrofni suv bosgan, daraxtlar tag-tomiri bilan ag‘darilgan, uylar qulagan, ko‘p odam halok 
bo‘lgan. 
1797-1798 yillarda Samarqand viloyatidagi silkinishdan ko‘p uylar buzilgan, Buxoro ham zarar 
ko‘rgan, Ulug‘bek madrasasi minoralarining yuqori qismi uzilib tushgan. 
Farg‘ona vodiysida 1822-1823 yillarda yuz bergan dahshatli yer osti ofati ko‘pchilikning 
xotirasida uzoq vaqtga saqlanib qolgan. Zilzila 6 oy davom etgan. Uylarning butuni qolmagan, undan 
bug‘ aralash tutun burqsigan, ariqlardagi suv chayqalib toshgan. Arxivlarda saqlangan ma’lumotlarga 
qaraganda, respublikamiz hududida 9 balli zilzilalar ham bo‘lib o‘tgan. Bunday kuchli silkinishlar 
esa 770 yil mobaynida bir necha marta kuzatilgan: 1209 yili Xorazmda, 1602, 1821 yillari 
Farg‘onada, 1902 yili Andijonda va 1907 yili Qoratovda. 
Yurtimizda kuzatilgan zilzilalarning aksariyati Farg‘ona vodiysi bilan bog‘liq. Ularning 
epitsentri Qurshob-Andijon-Namangan yo‘nalishida Qoradaryo bo‘ylab joylashgan. Bu yerda 


841 
qobiqning tektonik faolligi yuqori bo‘lgani uchun zilzila o‘chog‘i shu yo‘nalishda sharqdan g‘arbga 
va aks tomon siljib yuradi. 
O‘rta Osiyoda zilzilani sezgir asboblar yordamida qayd qilish 1901 yildan boshlandi. 1911 yilda 
“Toshkent” seysmik stansiyasi qurilib, unda o‘rnatilgan Golitsin seysmografi ishga tushgan edi. 
Murakkab seysmologik hisoblar yordamida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, 1902 yildagi Andijon 
zilzilasi kabi 9 balli silkinish kam deganda har 84 yilda takrorlanishi mumkin. Lekin, shunisi ham 
borki u xuddi 1902 yildagidek kuchga ega bo‘lmaydi va xuddi o‘sha joyda yana kuzatilmaydi. 1946 
yilgi Chotqol zilzilasining davriyligi esa 130-140 yilga teng.
Toshkent vohasi kuchli zilzilalarning bir necha marta shohidi bo‘lgan. 100 yil ichida bunday 
dahshatli ofatlardan ikkitasi yuz berdi: 1868, 1966 yillar. Toshkentlik tarixchi Muhammad Solihning 
“Tarixi jadidayi Toshkand” kitobida yozishicha, 10-11 aprelning yarim tunida Toshkent zamini 
larzaga kelgan, 11 qabristondagi va hazrati Ahror machitlarining gumbazlari yerga uzilib tushib, 
parchalanib ketgan. Uyqudagi kishilarning ko‘pchiligi xarobalar ostida qolgan. Silkinish yarim soat 
davomida takrorlanib turgan. Uning so‘nggi turtkilari juda kuchli bo‘lgan. Zilzila so‘ngandan keyin 
ham bir oy davomida sezilarli turtkilar bo‘lib turgan. 
V.I.Spesivsova (1933 y.)ning yozishiga ko‘ra, Toshkentda 1868 yilning 26-27 aprelida ham yer 
qayta qimirlagan. Kuchli tebranish 2 daqiqa davom etgan. Bir qancha uylar qulagan. Zilzila kuchi 7 
balldan ortgan emas. U ham avvalgisidek ancha davom etgan. 
Bu fojialar haqida Rossiyaning o‘sha paytdagi gazetalarida (“Birjevыe vedomosti”, “Russkiy 
invalid”) ham ma’lumot keltirilgan. Ular o‘sha zilzilalar bir necha marta sezilarli darajada 
takrorlanganligini tasdiqlaydi. Bu hodisa toshkentliklar uchun yangilik emas. Zero, 1966 yilgi 
zilzilaning 7 balli aftershoklari bir necha marta qayd qilingandi. 
Qariyalarimizning xotirlashlariga ko‘ra qadimgi zilzila Toshkentning Qashqar mahallasida 
bo‘lib o‘tgan. Ammo, bu haqda boshqa bir aniqroq ma’lumotlar bizga yetib kelmagan. 
O‘zbekiston hududida eng dahshatli zilzilalardan biri 1902 yil 16 dekabr kuni ertalab soat 10 
da Andijon shahrida ro‘y bergan edi. O‘sha kungi uchta kuchli turtki shahar va uning atrofini yer 
bilan yakson qildi. Birinchi turtkining quvvati 8-9 ball bo‘ldi, oradan 1-1,5 daqiqa o‘tgach, quvvati 9 
balldan yuqori bo‘lgan ikkinchi turtki va taxminan yarim soatlardan so‘ng ro‘y bergan 8-9 balli 
uchinchi turtki shaharni vayronaga aylantirdi. Qayta silkinishlar bir necha oy davom etdi. Dastlabki 
ikki kun mobaynida yer deyarli beto‘xtov silkinib turdi. Keyin silkinishlar soni va kuchi asta-sekin 
kamaya bordi. Yer silkinishlarining ba’zan kuchaygan hollari ham bo‘ldi. Zilzila to‘rt yarim mingdan 
ortiqroq kishining yostig‘ini quritdi.
Ko‘pchilik katta yoshli aholi 1966 yilning 26 aprelida ro‘y bergan zilzilani yaxshi eslashadi. 
Mahalliy vaqt bilan soat 5 dan 23 minut o‘tganida Toshkentda sodir bo‘lgan zilzilaning quvvati 8 
ballga yaqinlashdi. Zilzila oqibatida o‘n minglarcha bino va inshoot, shu jumladan 85 ming kvartira 
shikastlandi va vayron bo‘ldi. 68 ming oila boshpanasiz qoldi. Shulardan 39 ming oilaning kvartirasi 
batamom vayron bo‘ldi. Toshkent aholisi jami ikki million kvadrat metrga yaqin uy-joydan mahrum 
bo‘ldi. 
Zilzila o‘chog‘i shahar zaminida, 8000 m chuqurlikda edi. To‘ng‘ich silkinishlardan so‘ng 
tebranish hodisasi ancha vaqt takrorlanib turdi. Zilzila tektonik jarayonlar oqibatida vujudga kelgan 
edi. Avvalgi “turtki”dan 2 hafta keyin 7 balli zilziladan uchtasi bo‘lib o‘tdi, keyinchalik u yana 
kuzatildi. Kuchsiz silkinishlar soni 1,5 yil ichida mingdan ortib ketdi. 
Zilzilaning kuchli zarbi shaharning markaziy qismida 10 km
2
maydonga tarqaldi. Tabiiy 
“zarba” harakati ta’sirida bo‘lgan maydon dengiz sathiga nisbatan 40 mm, janubi-g‘arbiy tarafi 10 
mm ga “o‘sdi”. Ayni vaqtda shimoliy qismi biroz cho‘kdi. 
Toshkentda birinchi marta seysmostansiya vositasida yozib olingan kuchli zilzila 1924 yil 7 
iyunda ro‘y bergan, undan keyin 6 balli silkinish 1938 yili 10 iyulda yuz berdi. Markaziy Toshkent 
seysmik stansiyasi arxivida 1914 yildan beri sezilgan turtkilar qayd qilingan ma’lumotlar saqlanadi. 
Bundan tashqari, “begona” zilzilalar ham Toshkent zaminini tebratib turgan. O‘rateppa (1987), 
Pskom (1937), Andijon (1902), Namangan (1942), Ashxobod (1948), Chotqol (1946), Burchmulla 
(1959), Qo‘shtepa (1965), Pskent (1967), Abaybozor (1971), Yangiyo‘l (1979), Chirchiq (1977), 
Nazarbek (1980) zilzilalarini bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin. 


842 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish