FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1
uz.denemetr.
2
fayllar.org
3
hozir.or
4
https://cyberleninka.ru/
https:
5
//kompy.info/
360
ФИО автора:
Ergasheva Shahrinisa Ikromboy qizi
Toshkent shaxar Bektemir tumani
1- sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi
Название публикации:
«YOSH BADIIY GIMNASTIKACHI QIZLARNING
MASHG’ULOTLAR JARAYONIDA MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISH»
Annotatsiya:
Maqolada yosh badiiy gimnastikachi qizlarning mashg’ulotlar
jarayonida motivatsiyasini shakllantirish va sportchilarning mashg’ulotlar
jarayonida motivatsiyalashning usullari taxlil etildi
Kalit so‘zlar:
Sportchilar, motivatsiya, murabbiy, gimnastika, koordinatsiya
xarakatlari
KIRISH.
Barchamizga yahshi ma’lumki, sportdagi eng muhim narsa bu-
musobaqalardir. Musobaqabu sportchining tayyorgarliginning ko’rsatuvchi
imtihondir, tekshiruv yohud unga baho berish mezonidir. Bugungi zamonaviy
sportdagi yuqori natijalarga uzoq yillik muntazam mashg’ulotlar, hayotda ham,
sportda ham qa’tiy rejimga amal qilish evaziga erishiladi tayyorgarlik
mashg’ulotlar jarayonida doimiy va izchil ravishda rivojlanib boradi.Sportchining
mashg’ulotlar jarayoniga, o’zining sport majburiyatlariga nisbatan, munosabati,
asosan unda avvaldan shakllangan mashg’ulotlar va musobaqalarda ishtirok etish
motivlariga bog’liq bo’ladi.
Sportchinig mashg’ulotlardagi va sport chiqishlaridagi motivlarni bilish
murabbiy uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Ayni shu motivlar sportchining
mashg’ulotlarga, mavjud ish rejimiga munosabatiga ta’sir ko’rsatib, uning sport
bilan shug’ullanishining maqsadini belgilab beradi. Shu sababli ham, mashg’ulotlar
jarayonida badiiy gimnastikachi qizlar faolligini oshiradigan, ularning kuch-
quvvatini oldidagi qiyinchiliklarini yengib o’tishga yuqori darajada safarbar eta
oladigan motivlarni takomillashtirib borish o’ta muhimdir.
Sportchilarning mashg’ulotlar jarayonida motivatsiyalashning usullari bayon
etiladi. Quyida taniqli sport osihologi G.G Gorbunov (2002) tomonidan tavsiya
etilgan, sportchilarning mashg’ulotlar jarayonida motivatsiyalashning usullari
361
bayon etiladi.Uzoq maqsadlarni ko’zlash motivatsiyasi ya’ni bunda sportchi
sportning qaysi bosqichida bo’lmasin, uning oldiga doimo olis, uzoq yillik istiqbolni
ko’zlovchi maqsadlarni qo’yib borish zarur. Xatto bu maqsadlar eng yuqori
ro’yobga chiqishi noma’lum bo’lgan maqsadlar ham bo’lishi mumkin. Sportchi
qanday muvoffaqiyatga erishmasin, unga doimiy ravishda, erishilgan natija hali
uning imkoniyatlari oldinda bundan ham yuqoriroq va unga munosibroq maqsadlar,
ma’suliyatli vazifalar, judayam olis maqsadlar kutib turganligi singdirib boriladi.
Keyingisi esa jamoada psihologik muhitni shakllantirish. Ushbu muhitni
shakllantirishda yaxlit, birikkan umumiy intilishlar juda kata kuchni tashkil etadi,
kishidagi teran kuch-quvvat resruslari ochib berib, har bir sportning o’z orzu
umidlariga birgalikdagi harakatlar vositasida yetishish ishtiyoqini kuchaytiradi.
Bundan tashqari umumiy maqsadlarga, orzu-intilishlarga sadoqat, ana shu
kozga ko’rinmas, ulug’ tuyg’u-jamoa ichki dunyosini xosil qiladi. Jamoaning har
bir a’zosi tomonidan yagona maqsad sari intilish, ularning individual rejalarining
amalga oshirishga ham xizmat qiladi. Sportning jamoaviy turimi yoki yakka
tartibdagi turimi, bundan qatiy nazar, jamoaviy ruhni shakllantirishga intilgan va
bunga alohida e’tibor qaratgan murabbiy yakuniy natijalarda ancha yutuqlarga
erishadi. Bunda har qanday umumiy maqsad va rejalar ham har-bir sportchi
uchun shahsi ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim.
Keyingi fikrimizning muvaffaqiyatga erishish ko’rsatmasini shakllantirish
va da’vat etish bilan davom etirar ekanmiz yuqori natijalarni bosqichma-bosqich
qo’lga kirita borish, sportchida mashg’ulotlar jarayonidagi g’ayrat-shijoat va
faollikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda sportchidagi
erishilgan yutuqlardan qoniqish hissi, yangi marralarni zabt etish ishtiyoqi bilan
almashtirish lozim.
Aks holda, muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritishga intilish o’rnini, mag’lubiyatdan
qochish maqsadi egallashi mumkin. Bunday paytda sportchi tashqi jihatdan
o’zining halloligi va faolligini saqlagan holda, erishilgan natijalarning yetarli
ekanligi to’g’risidagi noto’g’ri va o’zi ham hali to’liq anglab yetmagan tuyg’ular
ta’sirga tushib qolishi mumkin. Shu bilan birga sportga oid motivlarning ijobiy
362
jihatlarini o’stirishga sportchi erishgan yutuqlarni ko’z-ko’z qilish ham yordam
beradi.
Yahshi faoliyat yuritayotgan, namunali sport klublarida, jamiyatlarida sport
inshaotlarining devorlarida hamisha mazkur jamoadagi eng yahshi sportchilarning
fotosuratlarini, rekordlar jadvalini (jahon,Yevropa, O’zbekiston, shahar, viloyat,
jamiyat, klub, bolalar sport maktabi va hokazo) gazeta va jurnallardan olingan
maqolalarni, musobaqalar davridagi tabriklarni ifodalovchi tezkor plakatlarni
uchratish mumkin. Shu bilan birga rag’batlantirish va jazolashni samarali
muvofiqlashtirishga ham to’xtalib o’tsak.
Pedagogikaning an’anaviy tamoyillariga ko’ra rag’batlantirish va jazolashga
doimo katta ahamiyat berib kelingan. Bu usullar insonni biron-bir faoliyatga
da’vat etishdagi eng keng tarqalgan usullar hisoblanadi, ayniqsa bu, kishidan
o’zining bor imkoniyatlarini namoyon etishni talab qiluvchi sportda yanada
yaqqolroq namoyon bo’ladi. Rag’batlantirish va jazolashning samaradorligi ularning
adolatliligida, kuchi o’z voqtida amalga oshirilishi shaklida, shuningdek sportchi
hamda murabbiyning individual hususiyatlarida, boshqaruv usuli va hokazolarda
namoyon bo’ladi.
Rag’batlantirish va jazolashni samarali ravishda muvofiqlashtirish nihoyatda
muhim bo’lib, bunda albatta rag’batlantirishlar soni ko’proq bo’lishini talab
etadi. Jazolash ham yaxshi rag’bat, lekin sportda ko’pincha rag’batlantirishning
o’rni yuqoriroqdir, zero rag’batlantirish sportning qudratli motividir.
Rag’batlantirishning moddiyligiga e’tibor beradigan bo’lsak, sportchilarni
motivatsiyalashda moddiy rag’batlantirishning o’rni beqiyosir. Sportchilarda
motivlar ko’p bo’ladi ayni paytda ularni yetakchi motivlari, bosh motivlari va
asosiy motivlari farqlash mumkin. Ularning moddiy motivatsiysiga xaddan tashqari
ruju qo’yishi nihoyatda muhimdir musobaqalarda kuchli zo’riqishlarni keltirib
chiqarib, pand berib qo’yishi mumkin.
Kimdir muvoffaqiyatdan oladigan pulsni eslab, charchab turgan holatda ham,
hech kim bajara olmaydigan ajoyib usulni namoyish qilish mumkin. Ba’zan
moddiy rag’batning yo’qligi sportchilardagi kuch-g’ayratning to’laqonli sarf
363
etilishiga to’sqinlik qiladi. Albatta, uzoq yillik mashg’ulotlar jarayonida moddiy
rag’batning o’rni muhimdir. Gimnastikaning rivojidagi zamonaviy unga sport
mukamallashuvi, vositasi sifatida yondashib qarash harakterli bo’lib, xalqaro
o’rindagi yuqori yutuqlarga intilishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |