Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

ФИО автора
Odiljonova Muslima Isroil qizi 
Andijon viloyati Yuridik texnikumi
111 - guruh talabasi
Название 
публикации:
«OMMAVIY 
AXBOROT 
VOSITALARINI 
O'ZBEKISTONDA QO'LLANISHI» 
Annotasiya:
ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari 
to‘g‘risida tegishli qonunlar va gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, bulletenlar, 
axborot agentliklari, televideniyalar to’g’risida yozilgan. 
Kalit so’zlar

ommaviy axborot vositalari, qonun, gazeta, jurnal, axborotnoma, 
bulleten, agentlik, televideniya. 
Ommaviy axborot vositalari (qisqartmasi: OAV) keng ommaga axborot 
yetkazuvchi vositalardir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy 
tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, 
axborotnoma, bulleten va boshqalar) va yoki elektron tarzda (tele-, radio-, video, 
kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb 
– saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli 
hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari OAV, deb 
koʻrsatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasida Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida tegishli 
qonunlar mavjud: 

Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, 
televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, 
elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, 
mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir. Ommaviy 
axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etishi mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bo‘lib, ular 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonun 
hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Ommaviy axborot vositalari axborotni izlash, 


332 
olish va tarqatish huquqidan foydalanadilar hamda o‘zlari e’lon qilayotgan axborotning 
to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar 
bo‘ladilar. 

Ommaviy axborot vositalaridan O‘zbekiston Respublikasining mavjud 
konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat 
qilish, urush va zo‘ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib 
etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan o‘zga sirni oshkor etish, jinoiy 
javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir qilish maqsadida 
foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning 
sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi. 
Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz dastlabki tergov 
materiallarini e’lon qilish, muayyan ish bo‘yicha sud qarori chiqmasdan turib yoki 
sudning hal qiluv qarori yoxud hukmi qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini 
taxmin qilish yoki sudga o‘zgacha yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish, nomini ko‘rsatmaslik 
sharti bilan ma’lumot bergan shaxsning nomini oshkor qilish (sud oshkor etishni talab 
qiladigan hollar bundan mustasno) taqiqlanadi. Ushbu modda talablarini buzganlikda 
aybdor shaxslar, shu jumladan muharrir (bosh muharrir), jurnalist, boshqa shaxslar 
qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 
Ommaviy axborot vositalarining shu va boshqa huquq, erkinliklari, 
majburiyatlari hamda amaldagi qonun hujjatlarida keng yoritilgan. (qo’shimcha va 
o’zgartirishlar bo’lishi mumkin). 
O‘zbekiston davlat idoralari OAV bilan faol hamkorlik qilish va ijtimoiy 
tarmoqlardan sahifa ochish majburiyatini oladi. 
Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar 
agentligi Vazirlar Mahkamasining davlat organlari faoliyatini yoritishda ijtimoiy 
tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni takomillashtirish 
to‘g‘risidagi qarori loyihasini muhokamaga taqdim etdi. 
Hujjatda ta’kidlanishicha, davlat idoralari matbuot xizmatlarini bevosita birinchi 
rahbarga bo‘ysunadigan mustaqil bo‘limlarga aylantirish rejalashtirilgan. 
Shu bilan birga, agentlik: 


333 

ikki oy muddatda davlat idoralarining ommaviy axborot vositalari va 
ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan tegishli tanqidiy-tahliliy materiallarga o‘z 
vaqtida munosabat bildirib borish, shuningdek media-rejalarni tayyorlash va ularning 
ijrosi bajarilishi hisobini yuritish imkoniyatiga ega bo‘lgan maxsus axborot tahliliy 
elektron tizimni ishga tushirsin hamda matbuot kotiblariga mazkur tizimdan 
foydalanishni o‘rgatish maqsadida qisqa muddatli seminarlarni tashkillashtiradi; 

davlat idoralarining ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari 
bilan ishlash natijalari bo‘yicha muntazam monitoring olib borsin va monitoring 
yakunlari asosida reyting tizimida baholash ishlarini tashkil etadi; 

har olti oyda reyting natijalariga ko‘ra shakllantirilgan tahliliy 
ma’lumotlar asosida past ko‘rsatkich qayd etgan mas’ullar hamda matbuot 
kotiblarining ochiqlik yo‘nalishidagi faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish, shuningdek 
ularga nisbatan mehnat qonunchiligiga muvofiq javobgarlik belgilash bo‘yicha tegishli 
chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi. 
Agentlik shuningdek, matbuot xizmatlari uchun qo‘llanmani ishlab chiqishni va 
nashr etishni rejalashtirmoqda, unda davlat idoralarining virtual auditoriya bilan 
ishlash tartibi, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni tekshirish va yuritish usullari, 
shuningdek uchrashuvlarning jonli translyatsiyasini tashkil etish kiradi. 
Shu bilan birga, u ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bilan onlayn muloqot 
madaniyati, savol-javob suhbati o‘tkazish va press-turlar va boshqa tadbirlarni tashkil 
etish talablarini o‘z ichiga oladi. Hududlarda “Yosh jurnalistlar va blogerlar klublari” 
paydo bo‘lishi mumkin, ularning tashkil etilishi uchun javobgarlik Yoshlar ishlari 
bo‘yicha agentlik, Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy 
kommunikatsiyalar universiteti tomonidan belgilanadi. 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish