4-mavzu. Motiv va motivasiya va hissiyotning namoyon bo‘lishi.
Reja:
4.1.
Inson
faolligi, uning shakllari va determinantlari. Ehtiyoj, motiv va motivasiyalarni
aniqlash.
4.2.
Emosional holatlar. Stress tushunchasi va psixik zo‘riqish, stressning tavsifi.
Kayfiyatning umumiy tavsifi va uning tuzilishi.
4.3.
Irodaviy xulq-atvorning ontogenetik xususiyatlari.
4.4.
Shaxsning irodaviy sifatlarini rivojlanishi.
Tayanch so
`
z va iboralar:
Motiv, ko`nikma, malaka, odat,motivatsiya, motiv turi: ichki, tashqi, motivatsiya
nazariyasi: bixeveorizm, neobixeveorizm, emotsiya, hissiyot, kechinma, hissiyot funksiyasi:
imprissiv, eksprissiv tomon, hissiyot shakli: hissiy ton, emotsiya, kayfiyat, affekt, stress, stenik
his, astenik his, yuksak hislar: intellectual, axloqiy, praksik, iroda, maqsad, tilak, istak, xohish,
irodaviy akt, irodaviy harakat, irodaviy zo`r berish, shaxs sifati: mustaqillik, dadillik, sabr,
bardosh.
4.1. Inson faolligi, uning shakllari va determinantlari. Ehtiyoj, motiv va
motivasiyalarni aniqlash.
Motiv
- bu harakatning nima sababdan amalga oshirilishi. «Biror bir sababdan» odam
ko`plab turli xarakatlami amalga oshiradi. Mana shu bir motiv
tomonidan chaqiriladigan
harakatlar yig`indisi
faoliyat, aniqroq aytiladigan bo`lsa,
alohida faoliyat
yoki
faotiyatning
alohida turi
deb ataladi. Bunday faoliyat turlari sifatida o`yin, o`quv, mehnat faoliyatlarini
keltirish mumkin.
Shuni ta`kidlab o`tish lozimki, bir motivning o`zi turli harakatlar to`plami bilan
qondirilishi mumkin,
va aksincha, bir harakatning o`zi turli motivlar tomonidan uyg`otilishi
mumkin.
Agar bir odam misolida ko`rib chiqadigan bo`lsak, odatda, uning amalga oshiradigan
harakatlariga birdaniga bir necha motiv sabab bo`ladi. Inson harakatlarining ko`pchilik motivlar
tomonidan uyg`otilishi - odatiy hodisa. Masalan, odam natijaning yuqori sifati uchun mehnat
qilish bilan birga, yo`l- yo`lakay o`zining boshqa motivlari - jamiyat e`tirofi, moddiy rag`bat
kabilami ham qondirishi mumkin.
Tutgan o`mi yoki bajaradigan vazifasiga ko`ra barcha motivlar ham bir day ahamiyat kasb
etmasligi mumkin.
Ulardan bin asosiy, qolganlari - ikkinchi darajali bo`lishi mumkin. Bosh
motiv yetakchi motiv, ikkinchi darajalilari -
rag`batlantiruvchilar
deb ataladi.
Endi
motivlar nisbati
va
ong
muammosini ko`rib chiqamiz. Yuqorida bildirilgan fikrlarga
ko`ra, motivlar harakatlami yuzaga keltiradi, ya`ni maqsadlaming hosil bo`lishiga olib keladi,
maqsadlar esa doim anglangan holatda bo`ladi. Motivlaming o`zi esa
anglanadigan
va
anglanmaydigan
turlarga bo`linadi.
Maqsad motivi
birinchi turdagi motivlarga misol bo`la oladi.
Agar motivlar anglanmaydigan bo`lsa, ulami ongda umuman ifodalanmaydi, deb hisoblash
mumkinmi? Yo`q, bunday hisoblanmaydi. Ular ongda alohida ikki shakl:
hissiyotlar
va
shaxsiy
mohiyatlarda
ifodalanadi.
Hissiyotlar motivlar bilan bog`liq bo`lgan hodisalar yoki harakatlar
natijalari bahonasida
paydo bo`ladi. Agar odam biror narsadan xavotirlanayotgan bo`lsa, demak, «o`sha narsa» uning
motivlariga dahldordir. Faoliyat nazariyasida
hissiyotlar
faoliyat natijasining uning motiviga
nisbatan munosabatining aks ta`siri sifatida ta`riflanadi. Agar motiv nuqtai nazaridan faoliyat
samarali
amalga oshirilsa, ijobiy hissiyotlar, agar samara bermasa, salbiy hissiyotlar yuzaga
keladi.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: hissiyotlar-juda muhim ko`rsatkich bo`iib, ulaming
yordamida inson motivlarini aniqlash mumkin.
Endi