Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №37 (том 4)



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/207
Sana13.05.2023
Hajmi8,66 Mb.
#938155
TuriСборник
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   207
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2023. Том 4

Annotation 
In this article, the main differences between the causes of the origin of
mentally retarded children, the correct definition of mental retardation, the correct
approach to them, the peculiarities of the educational process, the problems of their 
assimilation, the psychological features of the study of cognitive activity and the
normal development of children are covered. The author in this article put forward
the issue of how mentally retarded children can find their place in life when they
consistently organize the corrective 
actions that they are taking with them.
Har tomonlama yetuk barkamol shaxsni tarbiyalash bugungi kunning oldida
turgan muhim vazifalardan biridir. Hozirgi kunda ilm fan, ta’lim, texnika va
boshqa ko’pgina sohalarning 
kundan kunga rivojlanishi asnosida shu davr uchun 
kerak bo’ladigan yetuk, malakali, bilimli, tirishqoq, mustaqil fikrlaydigan kadrlarni 
tayyorlash ta’lim tizimining dolzarb vazifasidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
ning “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini 


186 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-
4860 sonli1qaroriga muvofiq alohida yordamga muxtoj bolalar uchun hayotda
o’z o’rnini topish, davlat va jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish uchun ham 
ularga ta’lim tarbiya berish maskanlari faoliyat yanada rivojlantirilmoqda. 
Alohida ta’limga muxtoj bolalarning, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar va norma 
lrivojlanayotgan bolalardan asosiy farqlarini ajratib olish va ularning 
imkoniyatlaridan kelib chiqib ta’lim tizimini joriy qilish maqsadga 
muvofiqdir.
Aqli zaif bolalarni to’g’ri aniqlash, ularning butun hayotini belgilab berishini
inobatga olib, juda ehtiyotkorlik bilan ishlash kerak[1]. Aqli zaiflikni to’g’ri
aniqlash maxsus metodlar yordamida kengroq amalga oshiriladi. Agar bola aqli
zaif bo’lmay, ma’lum xususiyatlari bilan ularga o’xshasa ham ularni aqli zaif deya
olmaymiz. Bu yerda bolaning turli analizatorlarining nuqsonlari asosida ham bilim
saviyalari pasaygan bo’lishi mumkin. Ayniqsa, aqliy normal bolani yanglishib aqli
zaif deb xulosalash asosida ota-onalarga, bolaga, atrofdagi qarindoshlarga juda
katta ma’naviy jarohat yetkazishimiz mumkin[2]. Aqli zaiflik sabablari turli-tuman
bo’lishi mumkin. Bosh miyaning turli kasalliklar bilan kasallanishi, turli jarohatlar 
bilan birga miyaning yaxshi rivojlanmasligi asosida ham aqli zaiflik kelib chiqishi
mumkin. Buning uchun 2 ta omilning birga kelishi muhimdir. Bular markaziy asab 
tizimining organik buzilishi hamda shuning oqibatida bola bilish faoliyatining
turg’un pasayishi yuz bergan bo’lsagina aqli zaif deb e’tirof etish mumkin.
Hayotda aqli zaiflarga o’xshagan bolalarni uchratish mumkin. Ammo, ularda bilish 
darajasi past bo’lsada, bosh miyada organik jarohatning yo’qligi bolaga aqli zaif
deyishimizga imkon bermaydi[3]. Aqli zaif bolalarda muloqot va harakatning
buzilganligini butun rivojlanishi davomida ko’rishimiz mumkin.
A.V.Zaporojyetsning 2 ilmiy tadqiqot ishlari xulosalarida ta’kidlanishicha,
maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida faqatgina aniq ko‘rgazmali
tasavvurlarga tayangan holdagina so‘zli ko‘rsatmalar bo‘yicha harakatlarni
bajarish, tushuntirishlar asosida bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyati yuzaga keladi.
Aqli zaif bolalar uchun maktabgacha yosh davri pertseptiv, yani bular shunday
harakatlarni, ularning oqibatida atrofdagi predmet va hodisalar to’g’risida yaxlit


187 
obraz shakllanadi. Bolada predmet, o‘yinchoqlarga bo‘lgan qiziqishining
uyg‘onishi asosida ularning va munosabatlari bilan tanishishi ham yuzaga keladi.
Bolalik davrining beshinchi yili aqli zaif bolaning idrok qilishi rivojlanishida
keskin burilish kuzatiladi. Bolalar namunaga ko‘ra tanlay oladi (rangi, shakli,
kattaligi bo‘yicha)[4]. Ayrim bolalarda, shuningdek, butunligicha idrok qilish
rivojlanishida siljish ham mavjud bo‘ladi. Bolalar berilgan topshiriqni bajarganida
ko‘rish orqali o‘zaro bog‘lashdan foydalanadi. Biroq bu, aniqrog‘i, rivojlanish
tendensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yoshni oxiriga kelib aqli zaif
bolalarning faqatgina yarim idrok qilishi rivojlanish darajasiga yetadi. Aytish
kerakki, normal rivojlanayotgan bolalar bu darajaga maktabgacha bo‘lgan
yoshning boshida erishadi, biroq aqli zaif bolalar topshiriqni tushunish usullariga
ko‘ra bu darajadan o‘zib ketadi. Pertseptiv tushunish ularda xususiyat va 
munosabatlarni bildiruvchi so‘zlarning o‘zlashtirilishi yordam beradigan ayrim 
etalonlarning (narsaning va predmetlarning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi) 
o‘zlashtirilishi asosidayuzaga keladi. Bir qator hollarda aqli zaif bolalarda
namunaga ko‘ra so‘z bo‘yicha tanlash yaxshiroq kechadi, chunki so‘z bola uchun 
idrok qilinishga qodir xususiyatni ajratib beradi. Aqli zaif bolalarning psixologik 
xususiyatlarida idrok qilishi bilan bir qatorda normal aql idrokka ega bolalar 
rivojlanishidan 
sezgilarli 
farqlar 
ham bor. 
Aqli zaif bolalar ko‘rish orqali tushunish asosida oddiy predmetlarni namunaga 
ko‘ra tanlashi mumkin, biroq ko‘p sonli predmet namunalarini tanlashni
D.A.Nurkeldiyeva, Ya.Ye. Chicherina, ILK maktabgacha va maktab yoshidagi 
bolalarni psixologik, pedagogik va logopediya amalga oshira olmaydi,  
ko’pgina xususiyatlarni faqrlashda qiynaladilar, bu xususiyatlarni didaktik 
o‘yinchoqlar bilan harakatlarda hisobga ololmaydilar. Ajratilgan belgilar
bo‘yicha umumlashtirish imkoniyati, muayyan belgi bo‘yicha predmetlar
qatorini buza olish, shu qatorda predmet joyini topishga maxsus o‘quvlarsiz erishib
bo‘lmaydi. Butun obrazning shakllanishi ancha orqada: bolalarning yarmida 
obraz – harakat asosi bo‘la olmaydi va hech qanday shaklda bola bilan
tiklana olmaydi (na predmetli tasvir shaklida, na qirqilgan rasmlarni yig‘ishda),


188 
boshqa yarmida esa buzilgan, noto‘liq obrazlar mavjud bo‘ladi. Aqli zaif bolalar
namunaga ko‘ra tanlashni amalga oshirsa ham, ya’ni qarash orqali tushunishdan
foydalansa ular qidirish usullarini (o‘lchab ko‘rish, sinab ko‘rish) qo‘llamaydi. 
Agar ular harakat qilishda qiynalsa, xato qilsa, uni to‘g‘irlay olmaydi, chunki, sinab 
ko‘rish amaliy tushunishga o‘tmaydi. Sinab ko‘rishlar «O‘lchab ko‘rish» kabi fikrlar 
aqli zaif bolalar harakatida yo‘q, faqatgina, ular bilan tashqi 
jihatdan o‘xshamaydigan rasmiy harakatlar mavjud. Bu aqli zaif bolalar
tomonidan ijtimoiy tajribaning o‘zlashtirilish xususiyatlari bilan izohlanadi.
Aqli zaif bolalarda idrok qilishning rivojlanishi bir xilda sodir bo‘lmaydi, bolalar bilan 
o‘zlashtirilgan 
etalonlar 
ko‘pincha 
nomutsahkam, 
noaniq 
bo‘lib chiqadi. Bolalarda o‘zlashtirilgan harakat usulini bir holatdan boshqasiga ko‘c
hira olmaydi. Ular uchun xususiyatni idrok qilish, nomini bilish, mazkur 
xususiyatni hisobga olgan holda harakat qilish imkoniyati va uning asosida oddiy
umumlashtirishni amalga oshirish imkoniyati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar o‘ta
murakkabdir.Mashg‘ulotlar vaqtida, masalan: pedagog bolalarga juft predmetlarni 
tanlab olishni taklif qilganida, xonada muayyan predmetni topish kerak bo‘lganda, ul
arni turmushda mustaqil faoliyatda umuman ajrata olmaydi. Shunday qilib, idrok qilis
h rivojlanishi muddatidan orqada qolish, sekin rivojlanish xususiyati aqli zaif
bolalarga xosdir. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda kechroq va ko‘pincha
to’liq bo’lmagan holda idrok qilish so‘z bilan qo‘shilib ketadi, bu esa o‘z
navbatida, atrofdagi predmet olami haqidagi tasavvurning shakllanishini to‘xtatib
qo‘yadi. Natijada, bolalar bog‘chasiga keluvchi aqli zaif bolalar o‘zlarining
normal rivojlanayotgan tengdoshlaridan ancha farq qiladi. Ular normal ko‘rish
qobilyatiga ega, biroq ko‘rishni bilmaydi, normal eshitish qobilyatiga ega, biroq
eshitishni bilmaydi[6]. 
Aynan shuning uchun atrofdagi predmetlarni yaxshi tasavvur qila olmaydi,
har doim ham kerakli predmetni boshqalari orasidan ajrata olmaydi, predmet
xususiyatlari (rangi, shakli, kattaligi)ni yaxshi farqlay olmaydi, makonda yetarli
darajada moslasha olmaydi. Idrok qilish bilan chambarchas bog‘langan
ko‘rgazmali fikrlash sezgi-idrokning boshqa bir jihati hisoblanadi. Normal


189 
rivojlanayotgan bolada yuzaga keladigan tafakkurning birinchi shakli ko‘rgazmali
harakat, tafakkur va fikrlashdir. Shunday qilib, bola oldida tafakkur qilish vazifasi
yuzaga keladi. Alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalarni qaysi jarayonida
kamchilik borligini aniqlab tashxis qo’yib ana shu jarayonlarning rivojlanishi
uchun alohida e’tibor beriladi. O’rganishlarim natijasida quyidagi tavsiyalarni
ishlab chiqdim
-Aqli zaiflkni to’gri va erta aniqlash ularga beriladigan ta’lim tarbiya
jarayoniga to’gri yondashishga 
zamin bo’ladi
-Aqli zaif bolalarning yosh davri xususiyatlari va psixologik jarayonlarini
inobatga olgan holda ta’lim tarbiya 
jarayonini amalga 
oshirish zarur.
-Aqli zaiflar bolalarga ta’lim tarbiya jarayonini uzluksiz va to’gri tashkil
qilinishi o’zining yaxshi natijalarini beradi.
Xulosa qilib aytganda aqli zaif bolalarning ta’lim tarbiya sifatini yaxshilash
uchun ularning yosh davri psixologiyasi 
va imkoniyatlarini inobatga olgan holda
izchillik asosida olib borish zarur. Pedagoglar uchun aqli zaif bolalarni erta
aniqlab ularning psixologik xususiyatlarini o’rganish, ta’lim tarbiyaning korreksion 
jihatlariga alohida etibor berish muhimdir. Aqli zaif bolalarni hayotga
moslashtirish, o’z-o’ziga xizmat qilish ko’nikmasini rivojlantirish va jismoniy
mehnatga yo’naltira olsak ularning jamiyatda o’z o’rnilarini topishga katta yordam
bergan bo’lamiz. 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish