Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №37 (том 4)



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/207
Sana13.05.2023
Hajmi8,66 Mb.
#938155
TuriСборник
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   207
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2023. Том 4

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. “Umumta`lim fanlar metodikasi” jurnali 2019- yil ,1-son 
2. Darsliklar. 1-4 sinf ona tili, o‘qish darsliklari
3.Internet saytlari: -ZiyoNet .uz, - kitob.uz, -bolajon.uz, - multimediya .uz
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


355 
ФИО автора: 
Uchqo`rg`on ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o`quvchisi
 
Saidortiqova Mohlaroy
Название публикации:
«MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATIDA TALMEH 
SAN’ATI» 
ANNOTATSIYA 
Bu maqolada O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga nazar tashlangan. 
Uning she’rlari o`rganib chiqilgan. Shoir she’rlarida qo`llanga she’riy san’atlar, 
xususan, talmeh san’atiga alohida e’tibor qaratilgan. Muhammad Yusuf ijodini 
o`rganishda foydalanish mumkin. 
She’riyat- misoli bir chamanzor. Unda gul ko`p, chechak. O`zbekiston xalq 
shoiri, sodda va ravon satrlari bilan yuraklar torini cherta olgan Muhammad Yusuf bu 
chamanzorning xassos bulbuli edi. 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatning Marhamat 
tumanidagi Qovunchi qishlog`ida tug`ilgan Muhammad Yusuf she’riyati milliy va 
umumbashariy qadriyatlar bilan sug`orilgan. Vataniga, xalqiga bo`lgan muhabbati 
takrorlanmas chizgilarda tasvirlangan. Ona siymosiga haykal qo`yolgan. Shoir 
ijodining shu qadar el qalbiga kirib borishining sabablaridan biri tilining xalqonaligi 
bo`lsa, yana biri she`riy san’at turlaridan mohirona foydalana olganidadir. Ayniqsa 
Muhammad Yusuf she’riyatida talmeh san’atining go`zal namunalari ko`zga 
tashlanadi. 
Talmeh arabcha so`z bo`lib, ma’nosi “chaqmoq chaqilishi”, “bir nazar 
tashlash” demakdir. Badiiy san’at sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, shaxs, mashhur 
asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir. 
Muhammad Yusufning mashhur “Vatanim” she’ri boshdan oyoq talmeh san’ati 
asosiga qurilgan. 
Men dunyoni nima qildim, 
O`zing yorug` jahonim, 
O`zim xoqon, o`zim sulton, 
Sen taxti Sulaymonim… 
Deya boshlangan she’rda dastlab Sulaymon- payg`ambar Dovud a.s. ning 12 
farzandidan kenjasi va valiahdi, ulkan va kuchli saltanatga ega afsonaviy qahramonni 
tilga olib talmeh san’atini qo`llagan. Adabiyotda “Taxti Sulaymon iborasi” keng 
qo`llanadi. Buning boisi Rabg`uziyning yozishicha “Taxti bir yig`och yer ichinda erdi. 
Ul taxtini oltun, kumush birla qilmish erdi”. Muhammad Yusuf Vatanni ana shunday 
bebaho taxtga qiyoslayapti. 


356 
Bundan tashqari ushbu she’rda xalqda tumor Mashrab, shoh yonida faqirni duo 
qilgan Navoiy, Butun dunyo meniki deb da’vo qilgan Yassaviy, Chingizlarga qarshi 
mardonavor kurashgan Temur Malik, qorachig`I olovlarga sachragan Muqanna, 
cho`pon Shiroq, Kurdistondagi Jaloliddin Manguberdi-yu, Hindistondagi Bobur, 
Alpomish, Ulug`bek, Abdulla Qodiriy va Usmon Nosirlar nomini tilga olib, talmeh 
san’atining o`lmas namunasini yaratish bilan birgalikda Vatanga bo`lgan muhabbat, 
boy tariximizga hurmat va vatanparvarlik tuyg`ularini tarannum etgan. 
“Mehr qolur” she’rida esa: 
Oqib ketdi suvlarda Tohir, 
Zuhro yig`lab qoldi qon bag`ir. 
Misralari bilan “Tohir va Zuhra” asri qahramonlari taqdiriga nazar tashlaydi. Bu holat 
shoirning “Bir qiz yug`lar” she’rida ham ko`zga tashlanadi: 
Ermak ekan endi Laylolar, 
Majnun g`arib kezgan sahrolar, 
Ertak ekan Tohir-Zuhrolar, 
Bevafo ko`p ekan dunyoda. 
Vafo va sadoqat, chin sevgining ramzi bo`lmish “Layli va Majnun” dostoni 
qahramonlari va Tohir- Zuhralar muhabbati bevafolar uchun ermak emas, o`rnak 
bo`lishini istagan shoir ular nomini tilga olib yana talmeh san’atiga murojaat etadi.
Yuraging siqilib borib shahardan, 
Sekin gapga solsang mo`min dehqonni, 
Qodiriyni eslar yozuvchilardan, 
Artistlardan esa- Shukur Burxonni… 
“Haqiqat” she’ridan olingan ushbu satrlarda o`zbek romanchiligining asoschisi 
Abdulla Qodiriy va buyuk san’atkor Shukur Burxonlar tilga olingan. Ular siymosi 
barhayot ekanligi aytib o`tilgan. Muhammad Yusuf, ayniqsa, Abdulla Qodiriy va uning 
“O`tgan kunlar” romani obrazlariga mehri o`zgacha edi. Juda ko`p she’rlarida ularni 
yodga oladi. “Muhabbat” she’rida: 
Bilmam, nima edi maqsading: 
Menga bir juft guling asrading, 
Birin otin Kumush atading, 
Birin ismin Zaynab qo`yding-ku. 
Degan bo`lsa, “Kundoshli uy” she’rida: 


357 
Xoh Kumush bo`l, xoh bo`l Zaynab, 
Baxtliman deb aytolmaysan. 
Kundoshli uyda sen yayrab
Yasholmaysan, yasholmaysan. 
Deb bu ikki qahramonning ayanchli, dillarni larzaga soluvchi taqdirini yodimizga 
soladi. “Bibi”, “Otabek qo`shig`i”, “Kumush” kabi bir turkum she’rlar nafaqat talmeh 
san’ati qo`llangan she’rlar balki “Otgan kunlar” romanini o`rganishdagi qo`shimcha 
manbaa sifatida ham biz adabiyotchilar uchun ulkan ahamiyatga ega. 
Muhammad Yusuf ajdodlarimizdan, ulug` ota-bobolarimizdan fahrlanib 
yashovchi, g`ururlanib kuylovchi shoir edi, shuning uchun ham Vatan haqidagi barcha 
she’rlarida bu o`lmas siymolar nomini tilga oladi. 
Balki, qaytmoq nasib etmas menga ham, 
Cho`lponi yodidan chiqmagan diyor….. 
Hattoki qalandar Mashrabi talosh, 
Boburi bag`riga sig`magan diyor….. 
Qo`qonga uzatib Mohlaroyini, 
Bog`ishamol bo`lib yug`lagan diyor….
Muhammad Yusuf chinakam so`z san’atkori edi. Uning qalamidan to`kilgan dur-u 
javohirlar she’riyat ixlosmandlari qalbiga ziyodek kirib bordi. Kuy-qo`shiq bo`lib 
tillardan-tillarga ko`chib yuribdi. Ijodida nafaqat talmeh san’ati, balki barcha lafziy va 
ma’naviy san’atlarni uchratishimiz mumkin. Shu bois ham shoir ijodi barhayotdir! 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1.
Muhammad Yusuf “Saylanma” Toshkent-2007. Sharq. 
2.
Yoqubjon Is’hoqov “So`z san’ati so`zligi” Toshkent-2014. O`zbekiston. 
3.
Adabiyot. 10-sinf darslik-majmua. I qism. Toshkent-2017. O`zbekiston milliy 
ensiklopediyasi. 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish