3. Atmosferani ifloslovchi asosiy manbalar va birikmalami
ajrating.
4. Havo ifloslanishining zararli oqibatlarini misollar yordamida
tushuntiring.
5. «Ozon tuynuk»lari, «kislotali yomg’ir»lar, smog'ning xosil
bo’lish sabablari va oqibatlarini tushuntirib bering
6
. Atmosfera ifloslanishining oldini olish va kamaytirish uchun
qanday tadbirlar amalga oshiriladi ?
7. Atmosfera ifloslanishini normalashtirish.
8
. Sanitar-ximoya zonasi nima va qanday belgilanadi?
9. O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining o’ziga xos
xususiyatlarini ochib bering.
10. Iqlimning o’zgarishi va uning kutilayotgan oqibatlari.
11. Monitoring deganda nima tushuniladi ?
12. Ekologik ekspertiza nima ?
13.Yashash joyingizdagi havoni ifloslovchi asosiy manbalar
ro’yxatini tuzing va havo ifloslanishini kamaytirish tadbirlarini
belgilang.
62
8-Bob. GIDROSFERA EKOLOGIYASI
8.1 Gidrosfera xaqida tushuncha
Yer yuzidagi barcha mavjud suvlar gidrosferani tashkil qiladi.
Gidrosfera deganda okean, dengiz, ko’l , daryo, yerosti suvlari va
muzliklami o’z ichiga olgan Yeming suv qobig’i tushuniladi.
Sayyoramizda hayot dastlab suv muxitida paydo bo’lgan va tirik
organizmlar uchun suvning axamiyati beqiyosdir. Qur’oni Karimda
«Alloh xamma jonivomi suvdan yaratdi» («Nur», 45) deb ta’kidlangan.
Yer yuzida suv suyuq, qattiq va gazsimon xolatda mavjud bo’lib,
modda va energiya aylanma xarakatida katta rol o’ynaydi. Ayniqsa
atmosferadagi suv bulutlari va tuproq namligining ahamiyati katta.
Dunyo okeani isuvlari tugamaydigan resurslarga kiradi va aylanma
Do'stlaringiz bilan baham: |