15
qancha ixtirolar qilindi. 1735 yilda Abraham Derbi cho'yan eritish uchun
toshko'mirdan foydalanish usulini ochdi.1750 yilda Benjamin Xentsman mineral
yonilg'i bilan po'lat eritish usulini ixtiro qildi.Sanoatga mashinalarning joriy
qilinishi mehnat unumdorligini oshirdi. 1720 yilda Angliyada 18 ming tonna, 1802
yilda esa 250 ming tonna cho'yan ishlab chiqarilgan. Yirik fabrika sanoatining
rivojlanishi Angliyaning iqtisodiy geografiyasini keskin o'zgartirib yubordi. Agar
ilgari mamlakalning aholisi zich va savdo-sotiq eng rivojlangan qismi janubi-
sharq bo'lgan bo'lsa, sanoat to'ntaruvi jatumanida ishlab chiqaruvchi kuchlarning
ko'p qismi u yerdan shimoli-g'arb tomonga ko'chib o'tdi. Manchester, Birmingem,
Liverpul, Glazgo kabi shaharlar asosiy sanoat markazlariga aylandi.Fabrikalarda
mehnat og'ir bo'lib, ish vaqti sutkasiga 14-18 soalni tashkil qilar edi. Yangi
mashinalarning ixtiro qilinishi koplab ishi kuchlarini keraksiz qilib qo'ydi, o'rtacha
ish haqining kamaytirilishiga, ayollar va bolalarning arzon mehnatidan
foydalanishni esa kengaytirilishiga olib keldi. Ularning hammasi ishchilar
o'rtasida norozilikni keltirib chiqardi.Bu norozilik masinalarni buzish, mehnat
qurollarini sindirish ko'rinishida ro'y berdi.1769 yilda parlament mashinalarni
buzganlar uchun o'lim jazosi berish to'g'risida maxsus qonun qabul qildi.
Mashinalarni buzuvchilar - ludchilar - deb ( birinchi stanokni buzgan afsonaviy
Hed Lud nomi bilan) ataldi. Dastlabki paytlarda ishchilarning mashinalarga qarshi
keskin kurashi tabiiy hol edi. Sanoat to'ntarishi davrida mashinalarni sindirish va
majaqlab tashlash, ishchi g'alayonlarining o'ziga xos shakllaridan biri bo'lib, bu
davrda ishchilar o'z kulfatlarining haqiqiy sababi kapitalistik munosabatlarning
o'zida ekanligini hali tushinib etmagan edi. Ludchilar harakati keyinchalik, XV111
asrning 2-yarmidan ishchilarning ish tashlash harakati shaklini oldi.Sanoat
inqilobi 1825 yilda J.Stefenson tomonidan paravozning ixtiro qilinishi bilan
nihoyasiga etdi. Mamlakatda temiryo'l qurilishi avj olib, 1850 yilda butun
mamlakat temiryo'l to'ri bilan o'rab tashlandi va ularning umumiy uzunligi 50
ming km.ga etdi. Temiryo'l qurulishi metallurgiya, mashinasozlik, tog'-kon
qurilishi ishlariga turtki berdi. 20 yil ichida cho'yan eritish 3 barobarga etib, 2
million tonnadan oshib ketdi.Temiryo'llar qurilishi paravoz va vagonsozlikka ham
keng yo'l ochdi. Sanoat to'ntarishi katta ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar keltirib
chiqardi.Yirik fabrika ishlab chiqarishning g'laba qilishi natijasida Angliyada
sanoat ishchilari paydo bo'ldi.Sanoat to'ntarishi oddiy, qo’l bilan harakatlanadigan
qurollarni mashinalarga, ustaxonalarni fabrikalarga, hunarmandlarni ishchilarga,
sobiq yirik savdogarlarni fabrikantlarga aylantirdi.Sanoat to'ntarishi shunday qilib,
kapitalistik jamiyat taraqqiyotida muhim marra edi. Bu ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanishi borasidagi juda katta sakrash va ayni paytda kapitalizm
ishlab chiqarilishi munosabatlarining shakllanishida yangi bosqich edi.
Do'stlaringiz bilan baham: