221
shug‘ullanadi,
loyihalarning
moliyaviy-iqtisodiy
asoslarini
tayyorlaydi,
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishga yordam beradi.
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan
mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o‘ynaydi. Uning doirasida ichki
iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga
ta’sirini, ularning to‘lov balansi holatini o‘rganish amalga oshiriladi,
milliy
iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta’minlash
maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi.
IHRT jahon xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli fuktsional aloqalarni o‘rganishni
amalga oshiradi, valyuta va byudjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar
bo‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi.
Sharqiy yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir
ko‘rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991
yil yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki (ETTB) tuzildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xaqaro tartibga
solish tizimida doimiy o‘zgarishlar ro‘y berib turadi.
80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy
vaziyatdagi o‘zgarishlar, jahon xo‘jalik aloqalari tizimini ko‘p tomonlama
tartibga solish shakllari evolyutsiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik
mamlakatlarda vaziyatning o‘zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil subyektlarni
tashkil qiluvchi davlatlar sonining keskin ko‘payishi hamda dunyo mamlakatlari
ichida ro‘y beradigan o‘zgarishlar muhim o‘rin tutadi.
80-yillarning o‘rtalarida dunyoda AQSH, G‘arbiy yevropa va YAponiyadan
iborat ancha qudratli raqobatlashuv
markaz vujudga keldiki, bu ham jahon
iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolar
tarkibidagi o‘zgarishlarning ham ta’siri bo‘ldi. XVF, XTRB, TSBKga Osiyo,
Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo‘lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq
sotsialistik
mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‘jaligi aloqalarini
tartibga solishda ma’lum o‘zgarishlarga olib keladi.
Evropa Ittifoqi (EI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat
tufayli yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta’sis
etiladi. Bu Ittifoqning SHartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir
qator yevropa muassasalari tuzildi.
Evropa Ittifoqining ijroiya organi yevropa
hamjamiyati Komissiyasi
(EHK)dir. Uning a’zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o‘z
faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir.
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi.
Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo‘jaligi kabi Vazirlar
Kengashi mavjud bo‘ladi.
Evropa hamjamiyati Komissiyasi
faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat
byudjeti va qonunlarini ma’qullash hamda ularga o‘zgartirish kiritish huquqi
yevropalament zimmasiga yuklatiladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
222
Evropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o‘tkazila
boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valyuta – EKYU, 2004 yildan boshlab
yevro joriy etildi va yangi muassasa – yevropa Markaziy banki tuzilib, u milliy
banklar bilan birga yevropa banklar tizimining asosini tashkil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: